Kontent qismiga oʻtish

Cupertino effekti

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Cupertino effekti imlo tekshirgich lugʻatida boʻlmagan toʻgʻri yozilgan soʻzlarni notoʻgʻrisiga almashtirganda yuzaga keladigan holat.

Kelib chiqishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bu atama eski imlo tekshirgichlar tomonidan koʻpincha defissiz inglizcha „cooperation (hamkorlik)“ soʻzini „Cupertino“ ga oʻzgartirdan kelib chiqqan, lugʻatlarda faqat „co-operation“ koʻrinishdagi defisli varianti mavjud[1]. Cupertino — Kaliforniyadagi shahar boʻlib, uning nomi koʻpincha Apple Inc. ning metonimi sifatida ishlatiladi, chunki firmaning korporativ shtab-kvartirasi shu shaharda joylashgan.

„Cupertino“ kamida 1989-yildan buyon Microsoft Word tomonidan qoʻllaniladigan lugʻatlarda mavjud[2]. Imlo tekshiruvidan keyingi tahrirlarda hushyorlikni yoʻqotishlari sababli hatto „Mintaqaviy Cupertino uchun Janubiy Osiyo assotsiatsiyasi“ va „Afrika-Germaniya Kupertinosi haqida taqdimot“ kabi iboralarni rasmiy hujjatlarda qoʻllanilinishiga sabab boʻlgan[3].

Boshqa misollar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Pensilvaniya universitetida tahsil olgan Benjamin Zimmer shunga oʻxshash xatolarning koʻplab misollarini toʻpladi, jumladan, „ definately“ („definitely“ ning notoʻgʻri imlosi) soʻzini „defiantly“ bilan, „ DeMeco Rayans“ ni „Demerol“ soʻzi bilan almashtirish (The New York Times gazetasida), „Voldemort“ bilan „Voltmetr“ (Denver Post) hamda „Muttahida Qaumi Harakati“ jumlasini „Muttonhead quail Movement (Qoʻy boshidagi bedana harakati)“ bilan almashtirilish holatlari shular jumlasidandur(Reyter)[3].

Hujjatda ajralib turishi uchun foydalanuvchi har doim notoʻgʻri soʻzni tanlashi shart emas. Standart zavod sozlamalari bilan WordPerfect 9 da aniq bir maʼlum soʻzga yaqin boʻlgan har qanday tan olinmagan soʻz avtomatik ravishda shu soʻz bilan almashtirildi. Hozirgi Microsoft Word ning versiyalari foydalanuvchi yozayotganda notoʻgʻri yozilgan soʻzlarni „avtomatik tuzatish“ ga sozlangan. Lugʻat tomonidan qoʻllab-quvvatlanadigan virtual klaviaturali smartfonlar mumkin boʻlgan xatolarni avtomatik ravishda lugʻat soʻzlari bilan almashtiradi[4]. (Avtomatik tuzatish foydalanuvchi tomonidan oʻchirib qoʻyilishi mumki)

  • Tekstonimlar — bir xil klaviatura ketma-ketligiga ega boʻlgan soʻzlar SMS matnida chalkashliklarga sabab boʻlishi mumkin.
  • Skuntorp muammosi — odobsizlik filtrlarida qoʻllaniladigan notoʻgʻri pozitivlar