Dabusqal’a mahallasi
Dobusiya mahallasi | |
---|---|
Mahalla | |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
{{{mintaqa_turi}}} | Samarqand |
Aholisi | 2 382 |
Dabusqal’a mahallasi – Samarqand viloyati Paxtachi tumani hududida joylashgan boʻlib, Samarqanddagi qadimiy guzarlarlardan biridir. Dabusqal’a mahallasi 1997-yilda tashkil topgan.
„Dabusqal’a“ nomi tarixiy manbaalarda „Dabusiy“ shaklida uchratuah mumkin. Dabus—temir shahar maʼnosini bildiradi, shahar mustahkam bunyod etilganligi uchun shu nom bilan atalgan. Dabusiy qal’asi katta hududni oʻz ichiga olgan, rabot taxminan 70 gektarni, shahriston esa 22—23 gektarni tashkil etadi[1]. Buyuk ipak yoʻlidagi koʻhna shahar Zarafshon daryosidan 30 metr yuqorida bunyod etilgan. Tabariyning fikricha, Dabusiyada 10 ming arab piyoda askari istiqomat qilgan. Bu dalil VIII asrdagi shahar haqidagi fikrni ancha kengaytiradi. Arablar fathiga qadar Dabusiy qal’asi Fay (Pan) saltanatining boshkenti boʻlgan. Tarixiy manbalardagi dalillarga qaraganda Dabusiy VI asrda Oʻrta Osiyodagi mustaqil shahardardan biri hisoblangan. Miyonqoldagi bu feodal hukumatning poytaxti Dabusiy qal’asi boʻlgan, sardorni dabusshoh deb nomlashganlar. Dabusiy qal’asi bir qancha asrlar viloyat markazi sifatida xizmat qilgan. Shaharda oltin, kumush, mis tangalar bosib chiqarilgan. Vaqt oʻtishi bilan qal’a vayrona holiga kelib, xarobaga aylangan. Qadim zamonda butun dunyoga mashhur boʻlgan shahardan faqatgina Imom Bahra ota maqbarasi saqlanib qolgan. Arxitektura jihatidan oʻziga xos tomonlari bilan faqrlanib turadigan maqbara binosi XVI asrning soʻnggida bunyod etilgan. Dabusiy shahrida bir necha masjidlar qad koʻtargan boʻlgan. Qadimda koʻplab ilimli kishilar shu hududdan yetishib chiqib, dunyoga dongʻi ketgan. Dabusqal’a mahallasi shimoldan Xatirchi tumani, Sharqdan „Nayman mahallasi“, Gʻarbdan „Qaynarbuloq“, Janubdan „Jona“ mahalla fuqarolar yigʻinlari bilan chegaralangan. Mahallada 5 ta koʻcha mavjud. Ular: Nurli zamin, Karvon, Xalqlar doʻstligi, Isteʼdod, Ahil koʻchalaridir[2]. Dobusiya mahallasi hududida 35-sonli umumtaʼlim maktab, 15- maktabgacha taʼlim tashkiloti, 5 ta savdo doʻkoni, 1 ta qabriston joylashgan. Mahalla tashkil etilgan 1997-yilda raislikka T.Elmurodov saylangan. Elmurodov mahallani 2013-yilgacha bosjhqargan. 2013-yildan 2016-yilga qadar N.Sharipov, 2016-yildan buyon Sharipov Alisher Sadriddinovich MFY raisi sifatida faoliyat koʻrsatmoqda.
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Xudoyberganov R. O‘zbеkiston joy nomlarining izohli lug‘ati. Toshkent: Donishmand ziyosi, 2022 — 95-bet. ISBN 978-9943-7673-7-9.
- ↑ „Paxtachi tumani Dabusqal'a MFY“. Qaraldi: 30-sentabr 2023-yil.