Kontent qismiga oʻtish

Dai Lin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Dai Lin
戴琳
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Dai Lin
Tavallud sanasi 28-noyabr 1987-yil (1987-11-28) (37 yosh)
Tavallud joyi Dalian, Liaoning, Xitoy
Boʻyi 1.91 m (6 ft 3 in)
Ampluasi Himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Shandong Luneng
Raqami 35
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2003—2004 Dalian Yiteng
2004—2005 Liaoning FC
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2005—2008 Liaoning FC 72 (1)
2009 Slavija Sarajevo 0 (0)
2009—2013 Shanghai Shenhua 110 (4)
2014- Shandong Luneng 137 (4)
Milliy terma jamoa
2007—2008 Xitoy U-23 7 (0)
2010- Xitoy 2 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(31-dekabr 2020-yil uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (22-mart 2015-yil uchun)

Dai Lin (xitoycha: 戴琳 1987-yil 28-noyabrda tugʻilgan) — xitoylik futbolchi, hozirda Xitoy Superligasining „Shandong Lunen“ jamoasida oʻynaydi.

Klubdagi faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Dai Lin futbolchilik faoliyatini 2005-yilda „Liaoning“ futbol klubida boshlagan va 2005-yilning 14-aprelida Changsha Gindega qarshi oʻyinda 2:0 hisobida gʻalaba qozongan[1]. Koʻp qirrali oʻyinchi sifatida Dai 2005-yilgi liga mavsumi davomida tezda jamoada oʻzini namoyon qilgan va oʻzining birinchi golini 2005-yilning 16-iyulida Tyanjin Tedaga qarshi oʻyinda kiritgan[2]. U Liaoningga 2008-yilgi mavsumgacha bir necha oʻrta oʻrinlarni egallashga yordam bergan[3]. „Lyaoning“ bilan shartnomasini uzaytirmaslikka qaror qilganidan soʻng, transfer vaqti tugashi bilanoq, „Slaviya“ jamoasi bilan shartnoma imzolagan[4]. U 2009-yilgi mavsumning yarmida Slaviya FC bilan atigi ikki oy oʻtgach, „Shanhai Shenhua“ bilan shartnoma imzolash uchun Xitoyga qaytib kelgan va u atigi 44,000 funt sterling evaziga shartnoma imzolagan[4].a

Dai tezda jamoaga qoʻshilgan va 2009-yil 2-avgustda „Jiangsu Sainty“ga qarshi liga oʻyinida debyut qilgan[5]. Oʻsha oʻyindan soʻng u jamoaning asosiy aʼzosiga aylangan va 2009-yilning 20-sentyabrida 4:0 hisobida gʻalaba qozongan liga oʻyinida „Tyanjin Teda“ga qarshi klub uchun birinchi golini urgan[6].

2014-yilning 1-yanvarida Dai Xitoy Superligasining Shandong Lunenga oʻtgan. U klubdagi debyutini 2014-yil 7-mart kuni Harbin Yitengga qarshi oʻyinda (1:0) oʻtkazgan. U oʻzini jamoaning ajralmas aʼzosi sifatida koʻrsatishni davom ettirgan va „Jiangsu Suning FC“ga qarshi 2014-yilgi Xitoy FA kubogi va 2020-yilgi Xitoy kubogini qoʻlga kiritgan[7].

Xalqaro faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Liaoning FC bilan oʻynaganidan soʻng, Dai tez orada Xitoyning 23 yoshgacha boʻlgan terma jamoasiga chaqirilgan. 2007-yilgi Yangi yil kubogi va 2007-yil Tulon turnirida qatnashgan hamda u ikki marta finalda oʻz jamoasi magʻlubiyatli oʻyinlarida ishtirok etgan[8]. U „Shanhai Shenhua“ himoyasining ajralmas aʼzosiga aylanganidan soʻng Xitoy milliy futbol jamoasiga chaqirilgan va 2010-yilning 11-noyabrida Latviyaga qarshi oʻyinda debyut qilgan va u yerda 1:0 hisobida zaxiradan maydonga tushgan[9].

Faoliyat statistikasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Klub Mavsum Liga Mamlakat Kubogi Liga Kubogi Qitʼa Boshqa Jami
Divizion Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Liaoning 2005 Xitoy Super Ligasi 23 1 3 0 4 0 - - 30 1
2006 19 0 1 0 - - - 20 0
2007 10 0 - - - - 10 0
2008 20 0 - - - - 20 0
Jami 72 1 4 0 4 0 0 0 0 0 80 1
Slavija Sarajevo 2008-09 Premier Liga 0 0 0 0 - 0 0 - 0 0
Shanghai Shenhua 2009 Xitoy Super Ligasi 12 1 - - 0 0 - 12 1
2010 23 1 - - - - 23 1
2011 23 1 2 0 - 5 0 - 30 1
2012 23 1 2 0 - - - 25 1
2013 29 0 0 0 - - - 29 0
Jami 110 4 4 0 0 0 5 0 0 0 119 4
Shandong Luneng 2014 Xitoy Super ligasi 27 1 3 0 - 4 0 - 34 1
2015 14 0 2 0 - 5 0 1 0 22 0
2016 21 2 1 0 - 12 0 - 34 2
2017 28 0 4 0 - - - 32 0
2018 24 0 6 0 - - - 30 0
2019 20 1 3 0 - 8 0 - 31 1
2020 3 0 4 0 - - - 7 0
Jami 137 4 23 0 0 0 29 0 1 0 190 4
Karyerada jami 319 9 31 0 4 0 34 0 1 0 389 9

Shandong Luneng

  • Xitoy Superligasi : 2021
  • Xitoy FA kubogi : 2014, 2020[10] 2021
  • Xitoy FA Superkubogi : 2015-yil
  1. „比赛结果 沈阳金德0-2辽宁“. Csldata.sports.sohu.com. Qaraldi: 9-aprel 2012-yil.
  2. „比赛结果 辽宁1-0天津康师傅“. Csldata.sports.sohu.com. Qaraldi: 9-aprel 2012-yil.
  3. „China 2008“. Rsssf.com (3-aprel 2009-yil). Qaraldi: 9-aprel 2012-yil.
  4. 4,0 4,1 „Chinese clubs at war over "fishy" Dai Lin transfer“. ESPNsoccernet (21-iyul 2009-yil). 24-oktabr 2012-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 9-aprel 2012-yil.
  5. „比赛结果 江苏舜天2-2上海申花“. Csldata.sports.sohu.com. Qaraldi: 9-aprel 2012-yil.
  6. „球员资料 戴琳 2009“. Csldata.sports.sohu.com. Qaraldi: 9-aprel 2012-yil.
  7. „足协杯-王彤惊天内切佩莱头球 鲁能2-0胜江苏夺冠“. sports.sina.com.cn (19-dekabr 2020-yil). Qaraldi: 29-yanvar 2021-yil.
  8. „Tournoi Espoirs de Toulon 2007“. Festival-foot-espoirs.com. 2013-yil 4-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-iyul 2012-yil.
  9. „China 1-0 Latvia“. Teamchina.freehostia.com (11-noyabr 2010-yil). Qaraldi: 9-aprel 2012-yil.
  10. „足协杯-王彤惊天内切佩莱头球 鲁能2-0胜江苏夺冠“. sports.sina.com.cn (19-dekabr 2020-yil). Qaraldi: 29-yanvar 2021-yil.„足协杯-王彤惊天内切佩莱头球 鲁能2-0胜江苏夺冠“. sports.sina.com.cn. 2020-12-19. Retrieved 2021-01-29.