Daler Xonzoda
Daler Xonzoda | ||
---|---|---|
| ||
Maʼlumot | ||
Taxallusi | Daler Xonzoda | |
Tavallud topgan sanasi va joyi | 1-aprel 1989-yil Tursunzoda (shahar), Tojikiston | |
Kasbi | qoʻshiqchi | |
Faoliyat yillari | 2010 — Hozirgi vaqtgacha | |
Veb-sahifasi | dalerxonzoda.uz |
Daler Xonzoda (Xonov Xusniddinovich) (1-Aprel, 1989 tugʻilgan), (asl ismi: Xonov Daler Husniddinovich) — istedodli o'zbek qoʻshiqchisi oʻzbek, fors, rus, ingliz va qoraqalpoq tillarida qoʻshiqlar kuylaydi.
Hayoti va ijod faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Daler 1989-yil 1-aprel kuni oʻzbek oilasida tavallud topgan. 1993-yil Oʻzbekistonning Samarqand viloyatiga koʻchib keldi. 1996-yil Samarqand shahar Abu Ali Ibn Sino nomidagi № 1 oʻrta maktabga bordi. 2004-yildan Daler musiqa sanʼatini oʻrgana boshladi. 2005-yil Samarqand Davlat Universiteti qoshidagi Akademik Litseyga oʻqishga qabul qilindi. Daler 2006-yil gitara va fortapianoni oʻzi chalishni oʻrgana boshladi hozirda u ushbu cholgʻu asboblarini proffesional tarzda chala oladi. Yosh qoʻshiqchi 2009-yil oʻz shaxshiy studiyasini ochdi va oʻzi qoʻshiq yoza boshladi. 2011-yil 5-avgust kuni Daler „Pan Terra“ studiyasi bilan shartnoma imzoladi va „Sahro“ guruhining solisti boʻldi[1] va shu yili „M&TVA-2011“ loyihasining „Yil kashfiyoti“ nomanatsiyasini qoʻlga kiritdi.[2]. 2012-yil „Biz bir jamoa, biz bir oila“ aktsiyasida ishtirok etdi va oʻzining kontsert chiqishlari bilan butun republikada gastrol safarda boʻldi[3]. 2012-yil „M&TVA-2012“ loyihasining „Video klip syomkasi uchun grand“ni qoʻlga kiritdi[4]. 2013-yil „Zoʻr Zoʻr Star“ loyihasida Daler Xonzoda jyuri aʼzosi boʻlib ishtirok etdi[5][6]. Shu yili „Pan Terra“ studiyasi bilan kontrakt shartnomalari tugallandi va „Sahro“ guruhini tark etib yolgʻiz ijod qilishni boshladi. 2014-yil Daler Xonzoda Qoraqalpog'iston respublikasiga kontsert berishni rejalashtirmoqda.
Mukofotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- „M&TVA-2011“ „Yil kashfiyoti“ (2011)
- „M&TVA-2012“ „Video klip syomkasi uchun grand qoʻlga kiritdi“ (2012)
Qoʻshiqlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- „Bez menya“
- „Odinok“
- „Sahroingman“
- „Time is gone“
- „Salomaleykum“
- „Crazy for you“
- „Begu“
- „Sensiz“
- „Skazka“
- „Angel“
- „Ayyor yorim“
- „Esleme“ (Qoraqalpoq tilida)
- „Eslama“
- „Help me“
- „Mariya“
- „Ya s toboy“
- „Yod kardam“
- „Lyubov vostochnaya“
- „Vspominay“
- „Dardlarim aytay“
- „Turo mexom didan“ (Fors tilida)
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Sahro guruhi Haqida
- ↑ „M&TVA-2011“ „Yil kashfiyoti“ nominatsiya gʻolibi boʻldi, 2014-08-12da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2014-07-21
- ↑ „Biz bir jamoa, biz bir oila“ aktsiyasida ishtiroki, 2014-08-12da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2014-07-21
- ↑ „M&TVA-2012“ „Video klip syomkasi uchun grand qoʻlga kiritdi“
- ↑ Daler Xonzoda „Zoʻr Zoʻr Star“ jyuri aʼzosi
- ↑ „Sahro“ guruhi: Zoʻr-Zoʻr STAR da ijro, ishtirokchi va yangicha talqin haqida, 2014-08-31da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2014-07-21
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Rasmiy sayti (Wayback Machine saytida 2018-04-19 sanasida arxivlangan)
- Facebookdagi rasmiy sahifasi
- Yotubedagi rasmiy kanali