Kontent qismiga oʻtish

Damin Sohibov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Damin Nazarovich Sohibov (1907-yil 5-may, Kattaqoʻrgʻon shahri – 1990-yil 1-oktabr, Toshkent) – biokimyogar olim. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1973), tibbiyot fanlari doktori (1949), professor (1949). Oʻrta Osiyo universitetini tugatgach (1933), biokimyo kafedrasida assistent (1937-1939), dotsent (1939), ayni vaqtda Toshkent farmatsevtika institutida ilmiy oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari, direktori (1944—1952) va biokimyo kafedrasi mudiri. Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi (1941—1944). Toshkent tibbiyot akademiyasi biokimyo kafedrasi (1954—1962) va Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Oʻlka tibbiyoti instituti professor (1962—1964), Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Biokimyo institutida laboratoriya mudiri (1964—1969; maslahatchi). 1969-yildan Toshkent Davlat Universiteti biologiya fakultetida professor Ilmiy ishlari, asosan, ilon zaharidan turli biologik faol moddalar ajratib olish, ularning organizmga taʼsirini oʻrganishga oid[1].

  • Ximiya i bioximiya zmeynix yadov (v soavtorstve), T., 1972.
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil