Kontent qismiga oʻtish

Dani Ceballos

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Dani Ceballos
Ceballos in 2022
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Daniel Ceballos Fernández[1]
Tavallud sanasi 7-avgust 1996-yil (1996-08-07) (28 yosh)[2]
Tavallud joyi Utrera, Spain
Boʻyi 1.79 m[3]
Ampluasi Yarim himoyachi[4]
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Real Madrid
Raqami 19
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2004–2009 Sevilla
2009–2011 Utrera
2011–2014 Real Betis

Daniel Ceballos Fernández (1996-yil 7-avgustda tugʻilgan) – ispaniyalik professional futbolchi, La Liga klubi Real Madrid va Ispaniya terma jamoasida markaziy hamda hujumkor yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.

Seballos oʻz faoliyatini Ispaniyaning „Real Betis“ klubida boshlagan va jamoasining Segunda divizionida gʻalaba qozonishga yordam bergan. U 2017-yilda „Real Madrid“ bilan shartnoma imzolab, ikki yildan soʻng Angliya Premyer-ligasining „Arsenal“ klubiga ijaraga berilgan.

Jamoalardagi faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Seballos „Real Betis“ mashgʻulot maydonida, 2015-yil

Ceballos Andalusiyaning Utrera shahrida tugʻilgan[5]. U 2004-yilda sakkiz yoshida „Sevilya“ning yoshlar jamoasi safiga qoʻshildi, ammo surunkali bronxit muammosi tufayli 2009-yilda safdan chiqdi[6]. Keyinchalik ona shahri „Utrera“ klubida oʻynadi va 2011-yilda shartnoma imzolaganidan soʻng „Real Betis“ bilan rivojlanishini davrini yakunladi[7]. 2014-yilning 22-fevralida hali yosh boʻlishiga qaramay, „Betis“ futbol klubi bilan professional shartnoma imzoladi[8].

2015-yilning 15-oktyabrida, uzoq davom etgan muzokaralardan soʻng Seballos „Betis“ klubi bilan shartnomasini 2020-yilning iyunigacha uzaytirdi[9]. U Ispaniya chempionatidagi ilk golini 2017-yil 16-aprelda oʻz uyida „Eibar“ga qarshi 2:0 hisobida gʻalaba qozonilgan oʻyinda kiritgan[10].

2017-yilning 14-iyulida Sebalos La Liganing „Real Madrid“ klubi bilan olti yillik shartnoma imzoladi[11], uning transfer narxi taxminan 18 million yevroni tashkil etgan edi[12]. U 16-avgust kuni Ispaniya Superkubogi-2017 javob uchrashuvining 80-daqiqasida Toni Kroos oʻrniga maydonga tushdi va jamoa oʻz maydonida "Barselona" ustidan 2:0 hisobida gʻalaba qozondi[13]. 23-sentabr kuni „Deportivo Alaves“ ustidan mehmonda 2:1 hisobida gʻalaba qozonilgan oʻyinda dubl qayd etishga muvaffaq boʻldi[14].

Arsenal (ijara)

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2019-yilning 25-iyulida Seballos Angliya Premer-ligasining „Arsenal“ klubiga bir mavsumga ijara asosida qoʻshildi[15]. 17-avgust kuni „Arsenal“ safida „Byornli“ ustidan 2:1 hisobida gʻalaba qozonib, oʻyindagi ikkita golli uzatmani amalga oshirdi[16]. 3-oktyabr kuni Sebalos UEFA Yevropa ligasining 2019-20 yilgi mavsumi guruh bosqichida „Standart Liej“ga qarshi uy uchrashuvida 4:0 hisobida gʻalaba qozonib, „Arsenal“ libosidagi debyut golini kiritdi[17]. 2020-yilning 28-iyunida u Angliya kubogi 2019-20 chorak finalida 1:2 hisobida gʻalaba qozonilgan bahsda qoʻshib berilgan vaqtda Sheffild Yunayted darvozasiga hal qiluvchi ikkinchi golini urdi[18]. U finalda toʻliq 90 daqiqa oʻynadi, „Arsenal“ "Uembli" stadionida „Chelsi“ni 2:1 hisobida magʻlub etdi[19].

Real Madridga qaytish

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2022-yilning 28-mayida Sebalos 2022-yilgi UEFA Chempionlar Ligasi finalida 90-daqiqada Luka Modrich oʻrniga maydonga tushdi, bu oʻyinda „Real Madrid“ "Liverpul" ustidan 1:0 hisobida gʻalaba qozondi[20].

Sebalos Ispaniya terma jamoasi libosida, 2019

2014-yil 5-noyabrda Sebalos Ispaniyaning 19 yoshgacha boʻlgan yoshlar terma jamoasiga chaqirildi[21] va Germaniya, Fransiya[22] hamda Gretsiyaga qarshi oʻyinlarda terma jamoa sharafini himoya qildi[23]. 2015-yilning 26-martida 21 yoshgacha boʻlganlar jamoasi safida debyut oʻyinini oʻtkazdi, Kartagenada Norvegiyaga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida 2:0 hisobida gʻalaba qozonilgan bahsda Samu Castillejoning oʻrniga maydonga tushdi[24]; toʻrt kundan soʻng, Leonda u Belarus ustidan 4:0 hisobida gʻalaba qozonilgan uchrashuvda birinchi startini amalga oshirdi[25].

Seballos 2018-yilning 11-sentyabr kuni UEFA Millatlar Ligasi doirasida Xorvatiya ustidan 6:0 hisobida gʻalaba qozonilgan bahsda kattalar jamoasidagi ilk oʻyinini oʻtkazdi[26]. Mamlakat terma jamoasi libosidagi ilk golini 15-noyabr kuni Zagrebda ayni raqibga qarshi va ayni oʻsha musobaqa doirasidagi 3:2 hisobida magʻlubiyatga uchralgan oʻyinda kiritishga muvaffaq boʻldi[27].

Karyera statistikasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
2022-yil 10-avgust holatiga ko'ra
Klub, mavsum va musobaqalardagi ishtiroki va gollari
Klub Mavsum Liga Mamlakat kubogi Liga Kubogi Yevropa Boshqa Umumiy
Divizion Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar
Real Betis 2013-14[28] La Liga 1 0 0 0 1 0
2014-15[29] Segunda División 33 5 2 0 35 5
2015-16[30] La Liga 34 0 4 0 38 0
2016-17[31] La Liga 30 2 1 0 31 2
Jami 98 7 7 0 105 7
Real Betis B 2014-15[29] Segunda División B 4 0 4 0
Real Madrid 2017-18[32] La Liga 12 2 5 0 4 0 1 0 22 2
2018-19[33] La Liga 23 3 6 0 3 0 2 0 34 3
2021-22 La Liga 11 0 2 0 5 0 0 0 18 0
2022-23 La Liga 0 0 0 0 0 0 1 0 1 0
Jami 46 5 13 0 12 0 4 0 75 5
Arsenal (ijara) 2019-20 Premier League 24 0 5 1 2 0 6 1 37 2
2020-21 Premier League 25 0 0 0 3 0 12 0 40 0
Jami 49 0 5 1 5 0 18 1 77 2
Karyera boʻyicha jami 197 12 25 1 5 0 30 1 4 0 261 14
2020-yil 13-oktyabr holatiga ko'ra[34]
Terma jamoa va yil boʻyicha oʻyinlardagi ishtiroki va gollari
Milliy terma jamoa Yil Ishtirok Gollar
Ispaniya 2018 5 1
2019 4 0
2020 2 0
Jami 11 1

Real Betis

  • Segunda divizioni: 2014-15[35]

Real Madrid

Arsenal

  • Angliya kubogi: 2019-20[44]

Ispaniya U19

  • 19 yoshgacha boʻlganlar oʻrtasidagi Yevropa chempionati: 2015[45]

Ispaniya U21

  • 21 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Yevropa chempionati: 2019-yil[46]; ikkinchi oʻrin: 2017[47]

Ispaniya Olimpiya jamoasi

Individual

  • 21 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Yevropa chempionatining eng yaxshi oʻyinchisi: 2017[49]
  • 21 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Yevropa chempionatining eng yaxshi jamoasi: 2017[50]
  1. „Acta del Partido celebrado el 30 August 2014, en Sevilla“ [Minutes of the Match held on 30 August 2014, in Seville] (es). Royal Spanish Football Federation. 2014-yil 24-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 15-iyun.
  2. „FIFA Club World Cup UAE 2017: List of Players: Real Madrid CF“. FIFA (2017-yil 30-noyabr). 2019-yil 18-iyulda asl nusxadan arxivlangan.
  3. „Dani Ceballos: Overview“. Premier League. Qaraldi: 2020-yil 20-iyun.
  4. „Dani Ceballos: Profile“. worldfootball.net. HEIM:SPIEL. Qaraldi: 2021-yil 1-iyul.
  5. „Ceballos turns 22“. Real Madrid CF (7-avgust 2018-yil). Qaraldi: 20-iyun 2020-yil.
  6. Aguado. „'Dani Nike', la perla que brilla en el Betis y dejó escapar el Sevilla“ (ispancha). El Desmarque (4-noyabr 2014-yil). Qaraldi: 2-dekabr 2014-yil.
  7. González, M.. „Dani Ceballos, las lágrimas de una madre por un sueño“ (ispancha). ABC (28-aprel 2014-yil). Qaraldi: 26-may 2014-yil.
  8. „El Betis ata a una joya con alma de entrenador“ (ispancha). Cuenta con la Cantera (22-fevral 2014-yil). 2014-yil 7-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 26-may 2014-yil.
  9. „El bético Dani Ceballos renueva hasta 2020“ (ispancha). Mundo Deportivo (15-oktabr 2015-yil). Qaraldi: 19-yanvar 2016-yil.
  10. Espina, José A.. „Joaquín, Adán y Ceballos salvan al Betis y también a Víctor“ (ispancha). Diario AS (16-aprel 2017-yil). Qaraldi: 18-avgust 2017-yil.
  11. „Comunicado oficial: Dani Ceballos“ (ispancha). Real Madrid CF (14-iyul 2017-yil). Qaraldi: 14-iyul 2017-yil.
  12. „Ceballos rejects Barcelona to agree six-year Real Madrid contract“. Marca (8-iyul 2017-yil). Qaraldi: 17-sentabr 2017-yil.
  13. Bull, JJ. „Real Madrid 2 Barcelona 0 (5–1 on aggregate): Woeful Barca dismissed as Zinedine Zidane's unstoppable side win Super Cup“. The Daily Telegraph (16-avgust 2017-yil). Qaraldi: 17-avgust 2017-yil.
  14. Sánchez, Jesús. „Tomen nota de Ceballos“ (ispancha). Marca (23-sentabr 2017-yil). Qaraldi: 23-sentabr 2017-yil.
  15. „Dani Ceballos and William Saliba sign for Arsenal“. BBC Sport (25-iyul 2019-yil). Qaraldi: 6-sentabr 2020-yil.
  16. Aarons, Ed. „Lacazette and Aubameyang give Arsenal the edge over sturdy Burnley“. The Observer (17-avgust 2019-yil). Qaraldi: 17-avgust 2019-yil.
  17. Doyle, Tom. „Arsenal vs Standard Liege highlights: Watch Europa League goals – Martinelli, Willock, Ceballos“. London Evening Standard (3-oktabr 2019-yil). Qaraldi: 19-iyul 2020-yil.
  18. „FA Cup: Arsenal's Dani Ceballos scores late winner against Sheffield United“. BBC Sport (28-iyun 2020-yil). Qaraldi: 1-may 2021-yil.
  19. Hytner, David. „Aubameyang at the double as Arsenal turn tables on Chelsea to win FA Cup“. The Guardian (1-avgust 2020-yil). Qaraldi: 6-sentabr 2020-yil.
  20. „Liverpool 0–1 Real Madrid“. UEFA (28-may 2022-yil).
  21. González, N.. „Dani Ceballos tampoco estará en el duelo del Betis en Zaragoza“ (ispancha). Marca (5-noyabr 2014-yil). Qaraldi: 2-dekabr 2014-yil.
  22. „Dani Ceballos, titular en el triunfo de España sub 19“ (ispancha). ABC (15-noyabr 2014-yil). 2014-yil 2-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2-dekabr 2014-yil.
  23. „Dani Ceballos participa en otra victoria de España sub 19“ (ispancha). ABC (17-noyabr 2014-yil). 2014-yil 2-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2-dekabr 2014-yil.
  24. Muñoz. „REPORT – Spain beats Norway and strengthens the team (2–0)“. Royal Spanish Football Federation (26-mart 2015-yil). 7-aprel 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 30-mart 2015-yil.
  25. „España 4–0 Bielorrusia: Bienvenidos al show de Gerard Deulofeu“ (ispancha). Goal.com. Perform Group (30-mart 2015-yil). Qaraldi: 30-mart 2015-yil.
  26. Dunne, Robbie. „Spain – Croatia match report: UEFA Nations League“. Diario AS (11-sentabr 2018-yil). 2018-yil 12-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 11-sentabr 2018-yil.
  27. „Croatia 3–2 Spain“. UEFA (15-noyabr 2018-yil). Qaraldi: 15-noyabr 2018-yil.
  28. „Dani Ceballos: Matches: 2013–14“. BDFutbol. Qaraldi: 6-sentabr 2020-yil.
  29. 29,0 29,1 „Dani Ceballos: Matches: 2014–15“. BDFutbol. Qaraldi: 6-sentabr 2020-yil.
  30. „Dani Ceballos: Matches: 2015–16“. BDFutbol. Qaraldi: 6-sentabr 2020-yil.
  31. „Dani Ceballos: Matches: 2016–17“. BDFutbol. Qaraldi: 6-sentabr 2020-yil.
  32. „Dani Ceballos: Matches: 2017–18“. BDFutbol. Qaraldi: 6-sentabr 2020-yil.
  33. „Dani Ceballos: Matches: 2018–19“. BDFutbol. Qaraldi: 6-sentabr 2020-yil.
  34. „Ceballos, Dani“. National Football Teams. Benjamin Strack-Zimmermann. Qaraldi: 6-sentabr 2020-yil.
  35. Pineda, Rafael. „Las siete claves del ascenso del Betis“ (ispancha). El País (25-may 2015-yil). Qaraldi: 21-avgust 2018-yil.
  36. Westwood. „Real Madrid clinch 35th La Liga title with four games to spare after victory over Espanyol“. Goal.com (30-aprel 2022-yil). Qaraldi: 30-aprel 2022-yil.
  37. „Acta del Partido celebrado el 13 de agosto de 2017, en Barcelona“ (ispancha). Royal Spanish Football Federation. 2017-yil 18-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 20-iyun 2020-yil.
  38. Mctear, Euan. „Modric and Benzema fire Real Madrid to the Supercopa title“. Marca (16-yanvar 2022-yil). Qaraldi: 16-yanvar 2022-yil.
  39. „Dani Ceballos“. Real Madrid.
  40. „Champions League final: Vinícius Júnior scores only goal as Real Madrid deny Liverpool again“. UEFA.com. Union of European Football Associations (28-may 2022-yil). Qaraldi: 28-may 2022-yil.
  41. „Real Madrid 2–0 Eintracht Frankfurt: Five-star Madrid triumph in Helsinki“. UEFA.com. Union of European Football Associations (10-avgust 2022-yil). Qaraldi: 11-avgust 2022-yil.
  42. „Match report: Real Madrid Club de Fútbol – Grêmio Foot-Ball Porto Alegrense“. FIFA. 2018-yil 18-iyulda asl nusxadan arxivlangan.
  43. „Club World Cup 2018: Final: Real Madrid – Al Ain FC 4:1: Match details“. worldfootball.net. HEIM:SPIEL. Qaraldi: 20-iyun 2020-yil.
  44. McNulty, Phil. „Arsenal 2–1 Chelsea“. BBC Sport (1-avgust 2020-yil). Qaraldi: 1-avgust 2020-yil.
  45. „Final: Spain 2–0 Russia: Line-ups“. UEFA. Qaraldi: 6-sentabr 2020-yil.
  46. „Final: Spain 2–1 Germany: Line-ups“. UEFA. Qaraldi: 6-sentabr 2020-yil.
  47. „Final: Germany 1–0 Spain: Line-ups“. UEFA. Qaraldi: 6-sentabr 2020-yil.
  48. „Tokyo Olympics: Brazil defend gold medal, down Spain in extra time of men's soccer final“. cbssports.com (7-avgust 2021-yil). Qaraldi: 7-avgust 2021-yil.
  49. „Spain's Dani Ceballos named Player of the Tournament“. UEFA (30-iyun 2017-yil). Qaraldi: 30-iyun 2017-yil.
  50. „Official Under-21 Team of the Tournament“. UEFA (1-iyul 2017-yil). Qaraldi: 1-iyul 2017-yil.