Kylian Mbappé

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kylian Mbappé
Mbappé
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Kylian Mbappé Lottin[1]
Tavallud sanasi 20-dekabr 1998-yil (1998-12-20) (25 yosh)[2]
Tavallud joyi Paris, France
Boʻyi 1.78 m[3]
Ampluasi Hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Paris Saint-Germain
Raqami 7
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2004-2013 Bondy
2013-2015 Monaco
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2015-2016 Monaco II 12 (4)
2015-2018 Monaco 41 (16)
2017-2018Paris Saint-Germain (loan) 27 (13)
2018- Paris Saint-Germain 176 (161)
Milliy terma jamoa
2014 France U17 2 (0)
2016 France U19 11 (7)
2017- France 57 (27)
Xalqaro medallar
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(21-may uchun)

Kylian Mbappé Lottin (fransuzcha talaffuzi: ​[kiljan (ɛ)mbape lɔtɛ̃] ; 1998-yil 20-dekabrda tugʻilgan) — fransuz professional futbolchisi, Liga 1 klubi Parij Sen-Jermen va Fransiya terma jamoasi forvardi sifatida toʻp suradi. U dunyoning eng yaxshi va eng koʻp maosh oluvchi futbolchilaridan biri sanaladi[4]. U oʻzining dribling qobiliyati, ajoyib tezligi va vaziyatlarni hal qilish qobiliyati bilan nom qozongan.

Mbappe oʻzining katta futboldagi faoliyatini 2015-yilda 16 yoshida professional debyut bilan Liga 1ning „Monako“ klubida boshlagan. U jamoa bilan Liga 1 chempioni, Liga 1da yilning eng yaxshi yosh oʻyinchisi va Golden Boy mukofotini qoʻlga kiritdi. 2017-yilda u ligadagi raqibi Parij Sen-Jermen (PSJ) bilan dastlabki ijara shartnomasini imzoladi, u 2018-yilda 180 million yevro va bonuslar evaziga PSJga transfer qilindi, ushbu transfer uni ikkinchi eng qimmat futbolchi va eng qimmat o‘smirga aylantirdi[5]. PSJ Mbappening katta mehnati evaziga toʻrt marotaba Ligue 1 va uch karra Coupe de France chempionligini qoʻlga kiritdi; u, shuningdek, klubning 2020-yilda UEFA Chempionlar Ligasi finaliga chiqishida muhim ahamiyat kasb etgan oʻyinchisi edi. Hozirda u PSJ tarixidagi eng koʻp gol urgan ikkinchi futbolchi boʻlib turibdi.

Xalqaro miqyosda Mbappe 2017-yili 18 yoshida Fransiya terma jamoasi safida debyut qilgan. 2018 yilgi FIFA Jahon chempionatida Mbappe jahon chempionatida gol urgan eng yosh franssuz futbolchisiga aylandi va Peledan keyin Jahon chempionati finalida gol urgan ikkinchi oʻsmirga aylandi. Fransiya zafar quchgan turnirda u toʻpurarlar roʻyxatida ikkinchi oʻrinni egalladi va ushbu harakatlari uchun eng yaxshi yosh oʻyinchi va Fransiyada yilning eng yaxshi futbolchisi mukofotlarini oldi.

Mbappening nomi 2018- va 2019-yillarda FIFA FIFPro World11, 2018-yilda UEFA yilning eng yaxshi jamoasi va 2016-17, 2019-20, 2020-21 va 2021-22-yillarda UEFA Chempionlar Ligasining eng yaxshi tarkibiga kiritilgan. U 2021-yilda Globe Soccer tomonidan yilning eng yaxshi futbolchisi unvoniga sazovor boʻldi. PSJda uch marta Liga 1ning eng yaxshi oʻyinchisi deb topildi va ketma-ket toʻrt mavsum davomida Liga 1ning eng yaxshi toʻpurari boʻldi.

Yoshlik[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mbappe Parijda tugʻilgan[6] va Parij markazidan 10.9 km uzoqlikdagi Bondi, Sen-Sent-Denis kommunasida voyaga yetgan[7]. Uning otasi Uilfrid asli kamerunlik boʻlib, Mbappening agenti va futbol boʻyicha ilk ustozi, onasi Fayza Lamari esa asli jazoirlik Kabiledan boʻlib, sobiq gandbolchi hisoblanadi[8][9]. Uning Itan ismli ukasi bor, u 2018-yilda Parijning U-12 jamoasida oʻynagan[10][11]. Mbappening asrab olingan akasi Jirès Kembo Ekoko ham professional futbolchi[12]. Kilian Mbappe bolaligida Bondidagi xususiy katolik maktabiga boradi, u qobiliyatli, ammo quloqsiz edi[13]. Uning bolalikdagi kumirlari Zinedin Zidan, Ronaldu Nazario va Krishtianu Ronaldu edi[14][15]. Bolaligida bir muddat uning butun oilasi bilan "Milan"ga muxlislik qilgan enagasi boʻlgan, enaga Mbappega Robinyoning 70-raqamli futbolkasini sovgʻa qiladi[16][17]. Biroq, uning sevimli jamoasi har doim "Real Madrid" boʻlgan[18].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Kylian Mbappé: Profile“. worldfootball.net. HEIM:SPIEL. Qaraldi: 2020-yil 28-noyabr.
  2. „Kylian Mbappé: Overview“. ESPN. 2020-yil 21-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 23-avgust.
  3. „Kylian Mbappé“. Paris Saint-Germain F.C.. 2020-yil 23-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 23-avgust.
  4. „Kylian Mbappe: LaLiga criticises 'scandalous' deal to make PSG star world's highest paid footballer“.
  5. „PSG trigger Kylian Mbappe's permanent transfer from Monaco“. ESPN (2018-yil 19-fevral). 2019-yil 1-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 19-fevral.
  6. „Kylian Mbappé“ (fr). L'Équipe. 2020-yil 23-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 23-avgust.
  7. Laurens. „Ready to take over from Messi and Ronaldo? Why Kylian Mbappe could define the next era of football“. FourFourTwo. Future (2020-yil 15-aprel). 2020-yil 23-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 23-avgust.
  8. „Qui est la mère de Mbappé ? L'Algérienne originaire de Kabylie ?“ (fr). Dzair Daily (2020-yil 26-dekabr). Qaraldi: 2022-yil 23-fevral.
  9. Kindzeka, Moki Edwin. „Cameroon Football Fans Cheer for French Player with Ties to Africa“. Voice of America. 2018-yil 16-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 16-iyul.
  10. „Brother of PSG star scores on his debut“. Pulse. 2018-yil 16-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 15-iyul.
  11. „Coupe de la Ligue: Un joueur avec des origines Algériennes marque un triplé“. Dzballon (15-dekabr). 2017-yil 29-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 29-mart.
  12. JDD. „Le jeune monégasque Mbappé sur les traces de Thierry Henry“ (2015-yil 20-dekabr). 2018-yil 1-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 2-iyul.
  13. Patrelle. „10 trucs que l'on a appris sur Kylian Mbappé dans le docu "Kylian, hors normes" de L'Équipe“ (fr-FR). GQ France (2017-yil 7-noyabr). Qaraldi: 2021-yil 19-may.
  14. Garcia. „PSG's Kylian Mbappe: Real Madrid's Cristiano Ronaldo was childhood 'idol'“. ESPN (2017-yil 27-dekabr). 2017-yil 27-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 27-dekabr.
  15. „Why Young Kylian Mbappe Spurned Chelsea and Real Madrid“. Bleacher Report. Turner. 2018-yil 15-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 15-iyul.
  16. „Mbappe: When I was young I supported AC Milan“. Marca (2022-yil 24-may). Qaraldi: 2022-yil 7-iyun.
  17. „Ligue 1: Mbappé: "De pequeño animaba al Milan"“. Marca (2022-yil 24-may). Qaraldi: 2022-yil 7-iyun.
  18. „L'infanzia rossonera di Mbappé: 'Gli regalammo una maglia di Robinho, ma diceva che avrebbe giocato nel Real'“ (it). calciomercato.com (2022-yil 5-iyun).