Kontent qismiga oʻtish

Salvatore Schillaci

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Salvatore Schillaci[1]
Schillaci 2009-yilda
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Salvatore Schillaci
Tavallud sanasi 1-dekabr 1964-yil
Tavallud joyi Palermo, Italiya
Vafot sanasi 18-sentyabr 2024-yil(2024-09-18)
(59 yoshda)
Vafot joyi Palermo, Italiya
Boʻyi 1.73 m (5 ft 8 in)
Ampluasi Hujumchi
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1981 AMAT Palermo
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1982–1989 Messina 219 (61)
1989–1992 Juventus 90 (26)
1992–1994 Internazionale 30 (11)
1994–1997 Júbilo Iwata 78 (56)
Total 417 (154)
Milliy terma jamoa
1989 Italiya U21 1 (0)
1989 Italy B[2] 1 (0)
1990–1991 Italiya 16 (7)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Salvatore Schillaci (italyancha: Salvatore Schillaci; 1-dekabr 1964-yilda tugʻilgan — 18-sentyabr 2024) – odatda Totò Schillaci nomi bilan tanilgan[3][4], italiyalik professional futbolchi, hujumchi sifatida oʻynagan. Klublardagi faoliyati davomida Schillaci Messina (1982—1989), „Juventus“ (1989—1992), „Internasionale“ (1992—1994) va Jubilo Ivata (1994—1997) klublarida oʻynagan[5].

Terma jamoa miqyosda Schillaci 1990-yilgi FIFA Jahon chempionatining kutilmagan yulduzi boʻlgan. Salvatore turnir davomida Italiya terma jamoasiga oʻz mezbonligada oʻtgan mundialda uchinchi oʻrinni egallashida katta xizmat qilgan. Italiyaning birinchi oʻyinida zahiradan tushgan Shillaci jahon chempionati davomida oltita gol urgan va turnirning eng yaxshi toʻpurariga beriladigan „Oltin butsa“ qoʻlga kiritgan. Musoboqaning eng yaxshi futbolchisiga beriladigan „Oltin toʻp“ tanlovida birinchi egallagan bo'lsa, Lothar Matthäus ikkinchi va Diego Maradona uchinchi oʻrinni egallagan[6]. Oʻsha yili Salvatore 1990-yilgi „Oltin toʻp“ sovrinida ham Matteusdan keyin ikkinchi oʻrinni egallagan.

Terma jamoadagi faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Milliy terma jamoadagi ilk debyut uchrashuvini 1990-yili oʻtkazgan. Shu vaqtga qadar u milliy terma jamoa safida 16ta oʻyinda ishtirok etib kelgan.[7] 1990-yilgi Jahon chempionati musobaqalari ishtirokchisi hisoblanadi.

Shaxsiy hayot va oʻlim

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shillasining jiyani Francesco Di Mariano va amakivachchasi Antonio Maurizio Schillaci ham professional futbol oʻynashgan[8][9]. Ikki marta uylangan va uch farzandi bor edi[10]. Salvatore oʻzini Rim-katolik deb hisoblagan[11].

Schillaciga 2022-yilda yoʻgʻon ichak saratoni tashxisi qoʻyilgan[12]. 2024-yil sentyabr oyida u atriyal aritmiya bilan kasalxonaga yotqizilgan[13]. Schillaci 2024-yil 18-sentyabr kuni ertalab 59 yoshida vafot etdi. Milanning „Inter“ klubi Schillaciga hurmat koʻrsatib: „U 90-yillarda Italiyaning Sehrli kechalarida butun xalqni orzu qilishga majbur qilgan“ degan bayonot bergan[14].

Terma jamoa va yil boʻyicha koʻrinish va gollar[15]
Terma jamoa Yillar Oʻyinlar Gollar
Italiya 1990 12 6
1991 4 1
Jami 16 7
Hisob va natijalar birinchi navbatda Italiyaning gollari roʻyxatini koʻrsatadi.
Sana Joy Raqib Hisob Natija Musoboqa
1 1990-yil 9-iyun Stadio Olimpico, Rim  Avstriya 1–0 1–0 FIFA Jahon chempionati 1990
2 1990-yil 19-iyun Stadio Olimpico, Rim  Chexoslovakiya 1–0 2–0 FIFA Jahon chempionati 1990
3 1990-yil 25-iyun Stadio Olimpico, Rim  Urugvay 1–0 2–0 FIFA Jahon chempionati 1990
4 1990-yil 30-iyun Stadio Olimpico, Rim  Irlandiya 1–0 1–0 FIFA Jahon chempionati 1990
5 1990-yil 3-iyul Stadio San Paolo, Naples  Argentina 1–0 1–1 (q.v, 3–4 pen.) FIFA Jahon chempionati 1990
6 1990-yil 3-iyul Stadio San Nicola, Bari  Angliya 2–1 2–1 FIFA Jahon chempionati 1990
7 1991-yil 5-iyun Ullevaal Stadion, Oslo  Norvegiya 1–2 1–2 UEFA Yevro-1992 saralashi
  1. „Schillaci Sig. Salvatore“ [Schillaci Mr. Salvatore] (it). Quirinale. Presidenza della Repubblica Italiana. Qaraldi: 2020-yil 13-dekabr.
  2. Courtney, Barrie „England – International Results B-Team – Details“. Rec.Sport.Soccer Statistics Foundation (2014-yil 22-may). Qaraldi: 2017-yil 21-aprel.
  3. Bedeschi, Stefano „Gli eroi in bianconero: Salvatore SCHILLACI“ (it). Tutto Juve (2013-yil 1-dekabr). Qaraldi: 2015-yil 23-iyul.
  4. „Salvatore Schillaci: A story that will burn forever in memory of those who experienced it“. BBC Sport (2024-yil 18-sentyabr).
  5. „Salvatore Schillaci“. 2014-yil 12-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 12-noyabr.
  6. Salvatore Schillaci Statistics FIFA. Retrieved 25 January 2010.
  7. Salvatore Schillaci National-Football-Teams.com saytida Buni Vikimaʼlumotlarda tahrirlash
  8. „Semi-finalist profile: Roma“ (2015-yil 8-aprel).
  9. „Salvatore Schillaci cousin became a beggar - both have major health problems“. Tribuna.com (2024-yil 14-sentyabr).
  10. „Totò Schillaci: età, moglie, figli e carriera dell'ex calciatore“ (it). tag24.it (2023-yil 5-mart).
  11. Giordano, Lucio (11 August 2023). „Ho ricominciato a credere in Dio quando ho avuto paura di morire“. Dipiù (italyan). № 32. 86–89-bet.
  12. „Italy great Schillaci hospitalized in Palermo“. TSN.ca (2024-yil 10-sentyabr). Qaraldi: 2024-yil 18-sentyabr.
  13. „Salvatore Schillaci: Italy's World Cup icon dies aged 59“. BBC Sport (2024-yil 18-sentyabr). Qaraldi: 2024-yil 18-sentyabr.
  14. „Totò Schillaci, Italy's goalscoring hero of 1990 World Cup, dies aged 59“. The Guardian (2024-yil 18-sentyabr). Qaraldi: 2024-yil 18-sentyabr.
  15. Salvatore Schillaci National-Football-Teams.com saytida