Kontent qismiga oʻtish

Wayne Rooney

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Wayne Mark Rooney 1985-yil 24-oktabrda tugʻilgan Angliyalik professional futbol murabbiyi va sobiq futbolchisi. U AQShning „Major League Soccer“ klubi „DC United“ning hozirgi murabbiyi. U ilgari Angliyaning „Derbi Kaunti“ klubida murabbiylik qilgan[1].

Wayne Rooney
Rooney with Manchester United in 2016
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Wayne Mark Rooney[2]
Tavallud sanasi 24-oktyabr 1985-yil (1985-10-24) (39 yosh)
Tavallud joyi Liverpool, Angliya
Boʻyi 5 fut 9 inches (1.76 m)[3]
Ampluasi Hujumchi (assotsiatsiya futboli)|Hujumchi, [[yarim himoyachi[4]
Klub maʼlumoti
Joriy klub
D.C. United (bosh murabbiy)
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1996-2002 Everton
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2002-2004 Everton 67 (15)
2004-2017 Manchester United 393 (183)
2017-2018 Everton 31 (10)
2018-2020 D.C. United 48 (23)
2020-2021 Derby County 30 (6)
Milliy terma jamoa
2000-2001 Angliya U15 4 (2)
2001-2002 Angliya U17 12 (7)
2002-2003 Angliya U19 1 (0)
2003-2018 Angliya 120 (53)
Boshqargan klublari
2020-2022 Derby County
2022- D.C. United
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Rooney avvalroq oʻyinchi-menejer boʻlib faoliyat yuritgan[5]. U futbolchilik faoliyatining koʻp qismini hujumchi sifatida oʻtkazgan, shu bilan birga turli yarim himoya rollarida ham maydonga tushgan. Oʻz avlodining eng yaxshi oʻyinchilaridan biri hisoblangan Rooney Angliya terma jamoasi va „Manchester United“ uchun eng koʻp gol urgan futbolchi, shuningdek, Angliya terma jamoasida eng koʻp oʻyin oʻtkazish boʻyicha rekord natija qayd etgan futbolchi sanaladi[6].

Rooney „Manchester United“ning Premer-liga doirasidagi derbida "Manchester Siti" ustidan qozonilgan 3:1 hisobidagi gʻalabasi paytida, oʻyindagi birinchi golni urgan.
Rooney 2009-yilgi UEFA Chempionlar Ligasi finalida "Barselona" dan Andres Inyesta va Serxio Busketsga qarshi maydonga tushadi.

Runi 9 yoshida „Everton“ yoshlar jamoasiga qoʻshilgan va 2002-yilda 16 yoshida klubda professional debyut qilgan. U „Merseyside“ klubida ikki mavsum toʻp surgan, undan oldin 2004-yil yozgi transfer oynasida 25,6 million funt sterling evaziga „Manchester United“ jamoasi safiga qoʻshilgan. Rooney 16 ta sovringa munosib koʻrilib, jamoadoshi Maykl Kerrik bilan birga Premer-liga, Angliya kubogi, UEFA Chempionlar ligasi, Liga kubogi, UEFA Yevropa ligasi va FIFA klublar oʻrtasidagi jahon chempionatida gʻalaba qozongan yagona ingliz futbolchisiga boʻlgan[7][8][9]. U „United“ safida barcha musobaqalarda 253 ta gol urib, uni barcha davrlarning eng yaxshi toʻpurari boʻlishiga olib kelgan. 183 ta gol bilan Premer-ligada Serxio Aguerodan keyin („Manchester Siti“ uchun 184 ta gol) har qanday klub uchun eng koʻp oʻyinchi urgan ikkinchi oʻrinni egalladi. Rooney Premer-ligada 208 ta gol urib, uni Premer-liganing barcha vaqtlardagi ikkinchi toʻpurariga aylantirgan. Shuningdek, u 103 ta golli uzatma bilan Premer-ligada uchinchi o‘rinni band qilib turgan[10].

Rooney 2003-yilning fevral oyida 17 yoshida Angliya terma jamoasi safida debyut qilgan va Angliya terma jamoasi tarixidagi eng yosh gol muallifiga aylangan[11]. U UEFA Yevro-2004 da ishtirok etib, toʻrtta gol urgan hamda qisqa vaqt ichida Yevropa chempionati tarixidagi eng yosh toʻpurarga aylangan. Keyinchalik Rooney 2006, 2010 va 2014-yilgi jahon chempionatlarida maydonga tushib, mamlakatning eng yaxshi futbolchisi sifatida eʼtirof etilgan[12][13]. U toʻrt marta, 2008, 2009, 2014 va 2015-yillarda Angliyada yilning eng yaxshi futbolchisi sovriniga munosib koʻrilgan. 120 ta xalqaro oʻyinda 53 ta gol urgan Rooney Angliyaning eng koʻp oʻyin oʻtkazgan ikkinchi oʻyinchisi (Piter Shiltondan keyin) va barcha vaqtlar rekordchisiga aylangan.

Rooney 2009-2010-yilgi mavsumda PFA tomonidan yilning eng yaxshi oʻyinchisi va FWA tomonidan yilning eng yaxshi futbolchisi mukofotlariga munosib koʻrilgan. Futbolchilik faoliyati davomida besh marta Premer-ligada oyning eng yaxshi futbolchisi sovrinini qoʻlga kiritgan hamda 2011-yilgi FIFA „Oltin toʻp“ mukofoti uchun ovoz berishda beshinchi oʻrinni qayd etgan. 2011-yil uchun FIFA FIFPro World XI roʻyxatiga kiritilgan. U BBCning „Kunning eng yaxshi goli“ soʻrovi boʻyicha uch marta „Mavsum goli“ sovrinini qoʻlga kiritgan hamda 2011-yil fevral oyida shahardagi raqiblari „Manchester Citi“ga velosiped zarbasi bilan Premer-liganing 20 faslidagi eng yaxshi gol sovrinini gʻolibiga aylangan[14]. Rooney Derbi Kauntiga sodiq qolgani hamda moliyaviy qiyinchiliklar va maʼmuriyatda klubga yordam bergani uchun „Freedom of Derby“ mukofotini olishga tayyor turgan[15].

Rooney „Manchester United“ uchun UEFA Chempionlar Ligasi doirasida Rossiyada CSKA Moskvaga qarshi oʻyinda, 2015-yil 21-oktabr.

Yoshlik yillari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Rooney Liverpulning Croxteth shahrida Jeanette Marie va Tomas Ueyn Runi oilasida dunyoga kelgan[16]. U otasi va buvisi orqali irlandiyalik boʻlib, Rim-katolik sifatida kichik ukalari Graham va Jon bilan birga tarbiyalangan[17][18][19][20][21]. Uchalasi ham „Our Lady“ va „St Swithin“ boshlangʻich maktabida hamda „De La Salle“ maktabida taʼlim olgan[22][23]. Rooney „Everton“ jamoasini qoʻllab-quvvatlab voyaga yetgan[24]. U braziliyalik hujumchi Ronaldoni hayratda qoldirgan futbolchi sanaladi[25].

Manchester United: Qizil iblislarga moslashish (2004-2007)

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Iyul oyida „Everton“ Rooneyga haftasiga 50 000 funt sterlingga teng boʻlgan yangi besh yillik shartnoma tuzish taklifini bergan[26][27]. Futbolchi „Nyukasl“dan 20 million funtlik taklifni rad etgan[28]. 20 million funt sterlinglik kelishuv natijasida futbolchi „Manchester United“ bilan shartnoma tuzishga rozi boʻlgan. Qoʻshimcha 7 million funt sterling favqulodda toʻlovlar uchun Rooneyga ajratilgan. Shundan soʻng futbolchi rasman besh yillik shartnomaga imzo chekdi[29][30]. Bu 20 yoshgacha boʻlgan oʻyinchi uchun toʻlangan eng yuqori toʻlov hisoblangan boʻlib, Rooney „Everton“ni tark etganida hali 18 yoshli oʻsmir boʻlgan[31]. „United“ning oʻsha paytdagi bosh murabbiyi Ser Aleks Fergyuson hisoblangan.

Rooney 2017-yilning yanvarida avvalgi rekordchi Ser Bobbi Charltondan „Manchester United“ning rekord toʻpurari boʻlgani uchun mukofotlanishi

2010-yil 23-yanvarda Rooney „Manchester United“ning „Hull“ga qarshi o‘yinida (4:0) to‘rtta gol kiritib, jamoani yirik hisobda gʻalaba qozonishiga hissa qoʻshgan. Eʼtiborlisi, gollardan uchtasi oʻyinning soʻnggi oʻn daqiqasida kiritilgan. Bu uning faoliyatida birinchi marta bitta oʻyinda toʻrtta gol urishi boʻlgan[32]. 2010-yilning 27-yanvarida u derbi raqibi „Manchester Siti“ bilan bahsda qo‘shib berilgan daqiqaning ikkinchi daqiqasida gol kiritib, „United“ga umumiy 4:3 hisobida gʻalaba qozonishiga hamda finalga chiqishiga sababchi boʻlgan. Bu uning 2006-yilgi finalda ikkita gol urganidan keyin Liga Kubogidagi birinchi goli boʻlgan[33]. 2010-yilning 31-yanvarida futbolchi Premer-ligadagi 100-golini „Emiratesstadionida ligada birinchi marta „Arsenal“ga qarshi 3:1 hisobidagi gʻalabada kiritgan. Undan tashqari, Premer-ligadagi birinchi goli ham „Arsenal“ darvozasiga kiritilgan boʻlgan[34]. 2010-yil 16-fevralda Rooney oʻzining Yevropadagi mavsumdagi ilk golini kiritgan. „Milan“ga qarshi safar oʻyinida 3:2 hisobida gʻalaba qozongan „Manchester United“ning „San-Siro“ da ikkita golni bosh orqali kiritgan[35]. 2010-yil 28-fevralda u „Aston Villa“ darvozasiga navbatdagi boshi bilan gol toʻpni darvozaga joylab, (ketma-ket beshinchi boshi bilan gol) buning natijasida „Manchester United“ Liga kubogi finalida 2:1 hisobida chempionlikni qoʻlga kiritishida asosiy qahramon boʻlgan[36]. „United“ning „Milan“ga qarshi Yevropa o‘rtasidagi javob uchrashuvida Rooney o‘z uyida 4:0 hisobida g‘alaba qozonib, dubl qayd etgan. Hamda shu orqali futbolchi o‘sha mavsumdagi gollari sonini 30 taga yetkazgan[37]. Besh kundan soʻng, u „Old Trafford“da „Fulxem“ ustidan 3:0 hisobida gʻalaba qozongan oʻyinda yana ikkita gol urish orqali gollari sonini 32 taga yetkazgan[38].

  1. „Derby County Confirm Wayne Rooney As New Manager“. DCFC.co.uk (2020-yil 15-yanvar). Qaraldi: 2021-yil 15-yanvar.
  2. „Premier League clubs submit squad lists“. Premier League (2012-yil 2-fevral). 2012-yil 27-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 2-fevral.
  3. „Wayne Rooney“. ManUtd.com. Manchester United. 2011-yil 4-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 7-iyul.
  4. „Eye on England: Wayne Rooney is rewriting his legacy at Derby“. The Score. Qaraldi: 2020-yil 1-iyul.
  5. „Phillip Cocu: Derby part company with manager with club bottom of Championship“. BBC Sport (2020-yil 14-noyabr).
  6. Fisher. „Wayne Rooney: The Best of His Generation“. All Out Football (2017-yil 12-iyul). 2017-yil 20-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 21-dekabr.
  7. „Michael Carrick: Man Utd midfielder agrees new one-year deal“. BBC Sport (2017-yil 27-may).
  8. „Wayne Rooney: Manchester United great or unfairly unloved?“ (en-GB). BBC Sport (2017-yil 9-iyul). Qaraldi: 2020-yil 17-yanvar.
  9. „Wayne Rooney news: I knew I would succeed at Man Utd“. Goal.com (2018-yil 22-oktyabr). Qaraldi: 2020-yil 8-aprel.
  10. O'Keeffe. „Everton 3–1 Swansea City“. BBC Sport (2017-yil 18-dekabr). Qaraldi: 2017-yil 20-dekabr.
  11. „Rooney sparks England win“. BBC News (2003-yil 6-sentyabr).
  12. Wilson, Paul. „Fabio Capello accepts he must take rough and smooth with Wayne Rooney“. The Guardian (2011-yil 8-oktyabr).
  13. McNulty. „Reckless Rooney overshadows England's 2012 qualification“. BBC Sport (2011-yil 8-oktyabr). Qaraldi: 2014-yil 30-mart.
  14. „Wayne Rooney wins Premier League Goal of the 20 Seasons award“. BBC Sport. Qaraldi: 2012-yil 5-may.
  15. Sonia Katarina. „Green light for Wayne Rooney to receive Freedom of Derby honour“. BBC News (2022-yil 26-may). Qaraldi: 2022-yil 30-may.
  16. „Wayne Rooney“. HarperCollins. 2012-yil 11-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 14-sentyabr.
  17. Hirst. „Wayne Rooney: I never even considered playing for Ireland“. independent.ie (2015-yil 7-iyun). Qaraldi: 2020-yil 28-avgust.
  18. „Wayne Rooney Britain's Backstreet Boy“. Der Spiegel (2006-yil 23-may). Qaraldi: 2010-yil 9-iyul.
  19. Davies, Hunter. „Some have celebrity thrust upon them“. The Times (2006-yil 17-dekabr). 2011-yil 10-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 9-iyul.
  20. Hamilton, Fiona. „Show of faith earns praise for Wayne Rooney“. The Times (2010-yil 12-iyun). 2010-yil 15-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 12-iyun.
  21. „The battle of Wayne“. Financial Times (2010-yil 30-oktyabr). Qaraldi: 2010-yil 30-oktyabr.
  22. Bartlett, David. „Anger over plans to relocate Wayne Rooney's former school Our Lady and St Swithin's in Croxteth“. Liverpool Echo (2012-yil 17-dekabr). Qaraldi: 2014-yil 6-mart.
  23. „Liverpool schools Cardinal Heenan and De La Salle in BBC World Cup launch“. Liverpool Echo (2010-yil 5-iyun). Qaraldi: 2010-yil 5-iyun.
  24. „Wayne Rooney Interview“. FourFourTwo (2008-yil 13-iyun). Qaraldi: 2008-yil 13-iyun.
  25. „World Cup 2014: England's Wayne Rooney looks to the 'original' Ronaldo for inspiration“. The Telegraph. 2022-yil 10-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 8-sentyabr.
  26. McNulty. „Should Rooney stay or go?“. BBC Sport (2004-yil 7-iyul). Qaraldi: 2021-yil 24-iyun.
  27. Fifield. „Rooney may reject £50k a week“. The Guardian (2004-yil 7-iyul). Qaraldi: 2021-yil 24-iyun.
  28. Fifield, Dominic; Walker, Michael. „Everton reject £20m bid for Rooney“. The Guardian (2004-yil 24-avgust).
  29. „Man Utd sign Rooney“. BBC Sport (2004-yil 31-avgust). Qaraldi: 2021-yil 24-iyun.
  30. „Rooney signs for United“. The Guardian (2004-yil 31-avgust). Qaraldi: 2021-yil 24-iyun.
  31. McNulty, Phil. „Rooney worth the fight“. BBC Sport (2004-yil 14-avgust). Qaraldi: 2007-yil 14-fevral.
  32. Hughes, Ian. „Man Utd 4–0 Hull“. BBC Sport (2010-yil 23-yanvar). Qaraldi: 2010-yil 23-yanvar.
  33. McNulty, Phil. „Man Utd 3–1 Man City“. BBC Sport (2010-yil 27-yanvar). Qaraldi: 2010-yil 27-yanvar.
  34. McNulty, Phil. „Arsenal 1–3 Man Utd“. BBC Sport (2010-yil 31-yanvar). Qaraldi: 2010-yil 31-yanvar.
  35. Lyon, Sam. „AC Milan 2–3 Man Utd“. BBC Sport (2010-yil 16-fevral). Qaraldi: 2010-yil 16-fevral.
  36. „Rooney gives United Carling Cup victory“. The Hindu (2010-yil 28-fevral). Qaraldi: 2010-yil 28-fevral.
  37. McNulty, Phil. „Man Utd 4 – 0 AC Milan (agg 7 – 2)“. BBC Sport (2010-yil 10-mart). Qaraldi: 2010-yil 19-aprel.
  38. „Man Utd 3 – 0 Fulham“. BBC Sport (2010-yil 14-mart). Qaraldi: 2010-yil 17-mart.