Julián Álvarez
Julian Alvares (ispancha: Julián Álvarez) — argentinalik futbolchi, Angliyaning „Manchester City“ klubi va Argentina terma jamoasi hujumchisi. Amerika Kubogi 2021 gʻolibi. Oʻsha yili u Janubiy Amerikada yilning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Julián Álvarez | |
---|---|
Umumiy maʼlumotlari | |
Tugʻilgan | 31-yanvar 2000-yil(22 yosh) Argentina |
Fuqaroligi | |
Boʻyi | 170 sm |
Pozitsiyasi | hujumchi |
Hozirgi jamoasi | |
Klub | Manchester City |
Raqami | 19 |
Wikimedia Commonsdagi media fayllar |
Jamoalardagi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Alvares Kordova provinsiyasidagi Kalsin kichik shaharchasida tugʻilgan. U yoshligidan futbol oʻynashni boshlagan va 11 yoshida oʻta havaskor futbolchi boʻlib ulgʻaygan. Oʻsha yoshida u Argentinaning yetakchi klublari „Boka Xuniors“ va „River Pleyt“ maktablarida koʻrikdan muvaffaqiyatli oʻtdi, Ispaniyaga tashrif buyurdi, u yerda „Real Madrid“da koʻrikdan oʻtdi va "Barcelona" klubiga taklif qilindi. Biroq, Julian oilasi bilan xayrlashishni istamay, koʻchib oʻtishdan bosh tortdi[2]. 2016-yilning yanvarida u „River Pleyt“ning yoshlar jamoasiga qoʻshildi[3].
2018-yil 27-oktyabr kuni „Aldosivi“ga qarshi o‘yinda Argentina Primer ligasida Rodrigo Mora o‘rniga ikkinchi bo‘limda debyut qildi[4]. „Independiente“ga qarshi bahsda Julian „River Pleyt“ safidagi ilk golini urdi. Oʻsha yili Alvares 5 ta oʻyinda maydonga tushib, Braziliyaning „Internasional“ klubiga qarshi oʻyinda gol urib, klubga Libertadores kubogini yutishda yordam berdi[5].
2020-yilda Libertadores kubogida Alvares Ekvadorning „LDU Kito“, Peruning „Deportivo Binacional“ va „San-Paulu“ jamoalariga qarshi oʻyinlarda 5 ta gol urdi[6][7][8].
2021-yilda Alvares 18 ta gol bilan Argentina ligasining eng yaxshi toʻpurariga aylandi. „River Pleyt“ 36-marta chempionlikni qoʻlga kiritdi. Jamoa Libertadores kubogining 1/8 finaliga ham chiqdi. Argentina terma jamoasida ham hujumchi Amerika kubogi gʻolibiga aylandi. Urugvayning „El Pais“ gazetasi tomonidan oʻtkazilgan soʻrovnomada Julian Alvares 2021-yil Janubiy Amerikaning eng yaxshi futbolchisi deb topildi[9].
Xalqaro faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]2019-yilda Argentina yoshlar terma jamoasi tarkibida Alvares Chilida boʻlib oʻtgan Janubiy Amerika yoshlar chempionatining kumush medali sovrindori boʻldi, u yerda Julian ramziy „turnir jamoasi“ga kiritildi[10]. Turnirda u Paragvay, Peru, Venesuela, Kolumbiya, Braziliya va ikki marta Ekvador va Urugvayga qarshi oʻyinlarda maydonga tushgan[11][12][13][14][15][16][17][18][19][20]. Kolumbiyaliklarga qarshi bahsda Julian gol urgan.
Oʻsha yili Alvares Polshada boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida ishtirok etdi. Afrikaliklarga qarshi kechgan duelda Julian gol urdi.
2021-yilning 4-iyun kuni JCh-2022 saralashida Chiliga qarshi oʻyinda Alvares Argentina terma jamoasi safida debyut qildi[21]. Oʻsha yili Julian terma jamoa bilan Braziliyada boʻlib oʻtgan Amerika kubogida gʻolib chiqdi. Turnirda u Boliviya terma jamoasiga qarshi oʻyinda maydonga tushdi[22]. 2022 yili Qatarda boʻlib oʻtgan Jahon Chempionati finalida Argentina jamoasi safida jahon kubogiga ega chiqdi.
Statistika
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 2022-yil 27-sentabr holatiga ko`ra[23]
Milliy jamoa | Yil | Oʻyinlar | Gollar |
---|---|---|---|
Argentina terma jamaosi | 2021 | 5 | 0 |
2022 | 6 | 2 | |
Jami | 11 | 2 |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ FIFA World Cup 2022 Sticker Album — 80 s. — ISBN 978-65-5516-143-4
- ↑ „Quién es Julián Álvarez, la joya de River que quiere explotar en el 2019“ (es). Goal.com (2018-yil 29-dekabr). 2019-yil 29-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 20-mart.
- ↑ „Álvarez: "Llego al gol por consecuencia del juego"“ (es). Club Atletico River Plate (2017-yil 25-oktyabr). 2019-yil 20-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 20-mart.
- ↑ „Ривер Плейт VS. Альдосиви 1:0“ (en). soccerway.com (2018-yil 27-oktyabr).
- ↑ „Ривер Плейт VS. Интернасьонал 2:2“ (en). soccerway.com (2019-yil 8-may). 2021-yil 18-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 18-noyabr.
- ↑ „Ривер Плейт VS. ЛДУ Кито 3:0“ (en). soccerway.com (2020-yil 21-oktyabr). 2021-yil 18-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 18-noyabr.
- ↑ „Сан-Паулу VS. Ривер Плейт 2:2“ (en). soccerway.com (2020-yil 18-sentyabr). 2021-yil 18-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 18-noyabr.
- ↑ „Ривер Плейт VS. Сан-Паулу 2:1“ (en). soccerway.com (2020-yil 1-oktyabr). 2021-yil 18-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 18-noyabr.
- ↑ „Julián Álvarez, do River Plate, desbanca Gabigol e Gómez e é eleito Rei da América de 2021“ (pt). Globo (2021-yil 31-dekabr). 2022-yil 3-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 3-yanvar.
- ↑ „El 11 ideal del Sudamericano Sub 20 – Chile 2019“ (es). CONMEBOL.com (2019-yil 12-fevral). 2020-yil 22-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 30-may.
- ↑ „Аргентина (до 20) VS. Уругвай (до 20) 2:1“ (en). soccerway.com (2019-yil 7-fevral). 2019-yil 18-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 18-noyabr.
- ↑ „Уругвай (до 20) VS. Аргентина (до 20) 0:1“ (en). soccerway.com (2019-yil 25-yanvar). 2020-yil 12-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 18-noyabr.
- ↑ „Эквадор (до 20) VS. Аргентина (до 20) 2:1“ (en). soccerway.com (2019-yil 29-yanvar). 2019-yil 17-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 18-noyabr.
- ↑ „Аргентина (до 20) VS. Эквадор (до 20) 0:1“ (en). soccerway.com (2019-yil 22-yanvar). 2021-yil 18-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 18-noyabr.
- ↑ „Аргентина (до 20) VS. Бразилия (до 20) 1:0“ (en). soccerway.com (2019-yil 11-fevral). 2020-yil 9-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 18-noyabr.
- ↑ „Аргентина (до 20) VS. Колумбия (до 20) 1:0“ (en). soccerway.com (2019-yil 1-fevral). 2019-yil 19-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 18-noyabr.
- ↑ „Венесуэла (до 20) VS. Аргентина (до 20) 0:3“ (en). soccerway.com (2019-yil 5-fevral). 2019-yil 18-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 18-noyabr.
- ↑ „Аргентина (до 20) VS. Перу (до 20) 1:0“ (en). soccerway.com (2019-yil 26-yanvar). 2021-yil 18-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 18-noyabr.
- ↑ „Парагвай (до 20) VS. Аргентина (до 20) 1:1“ (en). soccerway.com (2019-yil 20-yanvar). 2021-yil 18-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 18-noyabr.
- ↑ „Аргентина (до 20) VS. Уругвай (до 20) 2:1“ (en). soccerway.com (2019-yil 7-fevral). 2019-yil 18-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 18-noyabr.
- ↑ „Аргентина VS. Чили 1:1“ (en). soccerway.com (2021-yil 4-iyun). 2021-yil 18-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 18-noyabr.
- ↑ „Боливия VS. Аргентина 1:4“ (en). soccerway.com (2021-yil 29-iyun). 2021-yil 18-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 18-noyabr.
- ↑ „Julián Álvarez“. National Football Teams. Benjamin Strack-Zimmermann. Qaraldi: 2021-yil 16-noyabr.