Kontent qismiga oʻtish

Adriano (futbolchi)

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Adriano
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Adriano Correia Claro
Tavallud sanasi 26-oktyabr 1984-yil (1984-10-26) (40 yosh)
Tavallud joyi Curitiba, Brazilya
Boʻyi 1.73 m
Ampluasi Yarimhimoyachi
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1997—2002 Coritiba
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2002—2004 Coritiba 44 (2)
2005—2010 Sevilla 157 (11)
2010—2016 Barcelona 114 (9)
2016—2019 Beşiktaş 78 (3)
2019—2020 Athletico Paranaense 15 (1)
2020—2021 Eupen 24 (0)
Milliy terma jamoa
2003 Brazilya U20 4 (0)
2003—2013 Brazilya 17 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(9-aprel uchun)

Adriano Correia Claro (talaffuzi: Adriano Korreya Klaro) (1984-yil 26-oktyabrda tugʻilgan), oddiygina Adriano nomi bilan tanilgan, braziliyalik professional futbolchi. Soʻngi bora Belgiyaning Eupen klubida oʻynagan[1][2].

Faoliyatini Coritiba jamosi bilan boshlaganidan soʻng, u 2005-yilda Ispaniyaga koʻchib oʻtgan va La Ligada bir necha mavsumni "Sevilya" va „ Barselona“ safida oʻtkazgan. Ikkala klub bilan bir nechta yirik chempionliklarni qoʻlga kiritgan.

Oʻn yil davomida Adriano oʻz mamlakatini ikkita Copa America turnirida himoya qilib, 2004-yilgi musobaqda gʻolib chiqgan.

Klubdagi faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yoshlik yillari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Adriano (oʻrtada, № 21) 2012-yilda "Barselona" oʻrtada sifatida

Parananing Kuritiba shahrida tugʻilgan Adriano oʻzining tugʻilgan shahri „Coritiba“ klubida professional faoliyatni boshlagan. 2005-yilning yanvarida u Ispaniyaning "Sevilya" klubiga toʻrt yarim yillik shartnoma asosida qoʻshilgan. La Ligadagi debyutini "Barselona" jamosiga qarshi oʻtkazgan[3].

Keyingi mavsumlarda Adriano „Sevilya“ bilan ketma-ket UEFA kuboklarida gʻalaba qozongan. Oxirgi kubok finalida u RCD Espanyolga qarshi penaltilar seriyasida gʻalaba toʻpini kiritgan[4]..

Mamlakatda uch yil yashagandan soʻng, Adrianoga Ispaniya fuqaroligi berilgan[5]. U 2009—2010-yilgi mavsumda juda koʻp jarohat olgan, ammo baribir 27 ta oʻyinda (golsiz) maydonga tushgan.

2010-yil 16-iyulda Adriano „Barselona“ bilan 9,5 million yevroga 4+1 koʻrinishida shartnoma imzolagan[6]. Unga 21-raqamli libos berilgan[7].

Adriano (chapdan ikkinchi) vatandoshlari Rafinya, Dani Alves va Duglas bilan 2015-yilgi UEFA Superkubogi bilan suratga tushmoqda.

Adriano oʻzining birinchi mavsumining katta qismini "Barsa"da zaxirada oʻtkazgan. 2011-yilning 2-fevralida, asosiy tarkibda Ispaniya kubogi doirasidagi UD Almeriyaga qarshi yarim final mehmonda 3:0 hisobida g‘alaba qozongan o‘yinda (umumiy hisobda 8:0) kataloniyaliklar uchun birinchi golini kiritgan. Chap qanot himoyachisi Erik Abidalning kasalligi tufayli u mart oyidan boshlab asosiy tarkib oʻyinchiga aylangan[8].

2011—2012-yillarda Adriano yana Pep Gvardiola boshchiligidagi jamoa uchun zaxira oʻyinchisiga aylangan. 2011-yil 15-dekabrda, 2011-yilgi klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida u yarim finalda "Sadd Sports Club"ga qarshi o‘yinda (4:0) dastlabki ikkita golni urgan.

2013-yilning 28-mayida Adriano „Barselona“ bilan yangi shartnoma imzolagan. Bu shartnoma uni 2017-yilgacha klubda qolishiga sabab boʻlgan[9].

Adriano 2015—2016-yilgi mavsumdagi ilk golini 2015-yilning 24-noyabrida Neymarning penaltidan bergan zarbasi darvozabondan qaytgach raqib darvozasiga kiritgan.

2016-yilning 29-iyulida „Barselona“ safida 189 ta bellashuvda maydonga tushib, 17 ta gol urgan Adriano Turkiyaning „Beşiktaş“ klubi bilan shartnoma imzolagan[10][11]. U oʻzining birinchi mavsumida 31 oʻyinda bir marta[12] gol urib, klubga 15-Super Liga chempionligini qoʻlga kiritishiga yordam bergan[13].

Atletico Paranaense

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Adriano 2019-yil 23-iyulda Braziliyaga qaytgan, 34 yoshli futbolchi bir yarim yillik shartnoma asosida "Atletico Paranaense"ga o‘tgan[14].

2020-yil avgust oyida Adriano Belgiya birinchi divizioni A jamoasi Eupen bilan yangi shartnoma imzolagan. U 2020—2021-yilgi mavsum oxirida klubni tark etgan[15].

Xalqaro faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Braziliyalik 20 yoshgacha boʻlgan yoshlarga 2003-yilgi FIFA yoshlar oʻrtasidagi Jahon chempionatida gʻalaba qozonishga yordam berganidan koʻp oʻtmay, Adriano terma jamoadan chaqiruv olgan. 2004-yilda u Peruda boʻlib oʻtgan Amerika Kubogida gʻolib chiqqan jamoaning asosiy oʻyinchilaridan biri boʻlgan[16].

Faoliyat statistikasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Klub Mavsum Liga Liga Kubogi Kubok Qitʼa Boshqa Jami
Divizion Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Sevilla 2004—2005 La Liga 16 2 0 0 4 1 20 3
2005—2006 32 3 0 0 13 3 45 6
2006—2007 26 2 3 0 11 1 1 0 41 3
2007—2008 27 1 0 0 6 0 0 0 33 1
2008—2009 29 3 6 1 5 1 40 5
2009—2010 27 0 4 0 4 1 35 1
Jami 157 11 13 1 43 7 1 0 214 19
Barcelona 2010—2011 La Liga 15 0 8 1 6 0 2 0 31 1
2011—2012 26 1 3 0 7 0 4 2 40 3
2012—2013 23 5 3 1 6 0 2 0 34 6
2013—2014 26 3 7 1 5 0 0 0 38 4
2014—2015 16 0 4 2 7 0 27 2
2015—2016 8 0 6 0 3 1 2 0 19 1
Jami 114 9 31 5 34 1 10 2 189 17
Beşiktaş 2016—2017 Süper Lig 31 1 3 0 10 1 1 0 45 2
2017—2018 25 2 4 0 6 0 1 0 36 2
2018—2019 22 0 0 0 7 0 0 0 29 0
Jami 78 3 7 0 23 1 2 0 110 4
Athletico Paranaense 2019 Série A 11 1 0 0 0 0 0 0 11 1
2020 0 0 4 0 0 0 2 0 0 0 6 0
Jami 11 1 4 0 0 0 2 0 0 0 17 1
Eupen 2020—2021 Belgiya Pro Ligasi 24 0 2 0 26 0
Karyerada jami 384 25 4 0 53 6 102 9 13 2 556 41
Terma jamoada yil boʻyicha oʻyin va gollar[17]
Milliy terma jamoa Yil Oʻyin Gol
Braziliya 2003-yil 5 0
2004-yil 1 0
2006-yil 2 0
2010-yil 1 0
2011-yil 4 0
2012-yil 3 0
2013-yil 1 0
Jami 17 0
  1. Ambidextrous talent adds to Barça versatility; FC Barcelona, 22 July 2010
  2. Adriano: el „relevo“ de Luis Enrique (Adriano: Luis Enriqueʼs „replacement“) (Wayback Machine saytida 2014-04-07 sanasida arxivlangan); FC Barcelona, 22 July 2010 (ispancha)
  3. Llamas, Fernando. „El puñetazo del Barça al Sevilla duele en Madrid“ (es). El Mundo (2005-yil 29-yanvar). Qaraldi: 2015-yil 20-noyabr.
  4. 2006/07: Sevilla defend their honour; UEFA, 1 June 2007
  5. „Adriano ya es español“ (es). UEFA (2007-yil 25-iyul). Qaraldi: 2015-yil 20-noyabr.
  6. Barça and Sevilla agree Adriano deal; FC Barcelona, 16 July 2010
  7. Adriano signs four year deal; FC Barcelona, 17 July 2010
  8. Castro. „FC Barcelona: Adriano, de transferible a imprescindible“ (es). Fichajes (2012-yil 8-dekabr). Qaraldi: 2019-yil 6-oktyabr.
  9. „Adriano inks new contract with FC Barcelona, to remain at the club through 2017“. FC Barcelona (2013-yil 28-may). Qaraldi: 2013-yil 28-may.
  10. „Beşiktaş Ailesine Hoşgeldin Adriano Correia!“ (tr). Beşiktaş J.K. (2016-yil 29-iyul). Qaraldi: 2016-yil 29-iyul.
  11. „Adriano Correia leaves FC Barcelona to join Besiktas“. FC Barcelona (2016-yil 29-iyul). Qaraldi: 2016-yil 29-iyul.
  12. „Çaykur Rizespor 0–1 Beşiktaş / MAÇIN ÖZETİ“ (tr). Hürriyet (2016-yil 1-oktyabr). Qaraldi: 2018-yil 30-noyabr.
  13. „ŞAMPİYON BEŞİKTAŞ! 3. yıldızlı şampiyonluk!“ (tr). Sabah (2017-yil 28-may). Qaraldi: 2018-yil 30-noyabr.
  14. „Experiência na lateral: Adriano é do Furacão!“ (pt). Athletico Paranaense (2019-yil 23-iyul). Qaraldi: 2019-yil 23-iyul.
  15. Brandão, João. „Ex-lateral do Barcelona, Adriano não descarta novo retorno ao Brasil“ (pt). Lance (2021-yil 2-sentyabr). Qaraldi: 2022-yil 31-may.
  16. „Copa América 2004“. RSSSF. Qaraldi: 2015-yil 20-noyabr.
  17. Strack-Zimmermann. „Adriano Correia“. National Football Teams. Qaraldi: 2021-yil 12-aprel.