Lucas Hernandez
colspan="4" class="infobox-header" style="background-color:
| |||||||||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Toʻliq ismi |
Lucas François Bernard Hernandez[1] | ||||||||||||||||||
Tu’gʻilgan yili | 14 February 1996 | ||||||||||||||||||
Tu’gʻilgan joyi |
Marsel, Fransiya | ||||||||||||||||||
Boʻyi |
1.84 m (6 ft)[3] | ||||||||||||||||||
Pozitsiyasi | |||||||||||||||||||
colspan="4" class="infobox-header" style="background-color:
| |||||||||||||||||||
Hozirgi jamoasi
|
|||||||||||||||||||
Raqami |
21 | ||||||||||||||||||
colspan="4" class="infobox-header" style="background-color:
| |||||||||||||||||||
2002-2007 | |||||||||||||||||||
2007-2014 | |||||||||||||||||||
colspan="4" class="infobox-header" style="background-color:
| |||||||||||||||||||
Yillari |
Jamoalar |
Oʻyinlar |
(Gollar) | ||||||||||||||||
2014-2015 |
21 |
(1) | |||||||||||||||||
2014-2019 |
67 |
(1) | |||||||||||||||||
2019- |
74 |
(1) | |||||||||||||||||
colspan="4" class="infobox-header" style="background-color:
| |||||||||||||||||||
2012 |
1 |
(0) | |||||||||||||||||
2014 |
2 |
(0) | |||||||||||||||||
2014-2015 |
13 |
(0) | |||||||||||||||||
2015 |
3 |
(0) | |||||||||||||||||
2016-2017 |
9 |
(0) | |||||||||||||||||
2018- |
33 |
(0) | |||||||||||||||||
colspan="4" class="infobox-header" style="background-color:
Yutuqlari
| |||||||||||||||||||
*Club domestic league appearances and goals, correct as of 19:22, 12 November 2022 (UTC) |
Lucas Fransua Bernard Hernandez (fransuzcha: [lukas ɛʁnɑ̃dɛz, - ɛʁnandɛs][4][5] 1996-yil 14-fevralda tugʻilgan) — fransuz professional futbolchisi, Bundesliganing „Bavariya“ klubi va Fransiya terma jamoasida chap qanot va markaziy himoyachi ampulasida oʻynaydi[6].
Ernandes oʻz faoliyatini "Atletiko Madrid" klubida boshlagan, u yerda u 100 dan ortiq oʻyinlarda maydonga tushib, 2016-yilda UEFA Chempionlar Ligasi finaliga qadar yetib borgan. Shuningdek, 2018-yilgi Yevropa ligasi va Superkubogi sohibi bo‘lgan. U 2019-yilda „Bavariya“ bilan shartnoma imzoladi va oʻzining birinchi mavsumidayoq Bundesliga, DFB-Pokal va Chempionlar ligasida gʻolib chiqdi. Ernandes 2018-yildan beri fransuz termasi futbolchisi, 2018-yilgi FIFA Jahon chempionatida ham gʻolib bo‘lgan va UEFA Yevro-2020da ham ishtirok etgan.
Klubdagi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Atletiko Madrid
[tahrir | manbasini tahrirlash]Otasi Jan-Fransua Ernandes „Olimpik Marsel“da oʻynab yurgan paytida Ernandes toʻrt yoshida Ispaniyaga koʻchib oʻtdi (u fransuz tilida biroz ispancha aksent bilan gapiradi)[7] va „ Atletiko Madrid“ jamoasiga kelib qoʻshildi[8][9]. 2013-yilning 9-noyabrida murabbiy Diego Simeone tomonidan Ernandes La Liganing „Vilyarreal“ klubiga qarshi oʻyinda maydonga tushirildi[10], ammo ertasi kuni mehmondagi 1:1 hisobidagi oʻyinda unga imkon berilmadi[11].
Ernandes asosiy tarkibdagi debyutini 2014-yil 26-aprelda o‘tkazdi va Segunda B divizionida „Real Sosedad B“ga qarshi safarda 0:1 hisobida mag‘lubiyatga uchragan oʻyinda zaxiradan maydonga tushdi[12]. Mavsum davomida u yana uchta oʻyinda maydonga tushdi, chunki ularda quyi ligaga tushib ketish xavfi deyarli yoʻq edi. Natijada Lukas klub bilan 2018-yilgacha amal qiladigan yangi shartnoma imzoladi[13].
Ernandes 2014-yil 3-dekabrda jamoadagi birinchi debyutini o‘tkazdi va Ispaniya Kubogida CE L’Hospitalet ustidan 3:0 hisobida muvaffaqiyat qozonib, to‘liq 90 daqiqa davomida o‘ynadi[14]. Uning Ispaniya yuqori ligasidagi ilk uchrashuvi Bilbaoning „Atletik''iga qarshi safarda 4:1 hisobida gʻalaba qozongan oʻyinda roʻy berdi. U oʻsha oʻyinda Guilherme Siqueiraning oʻrniga kechroq maydonga tushirildi[15].
2015-16-yilgi mavsum
[tahrir | manbasini tahrirlash]2015-yilning 10-avgustida Ernandes shartnomasini 2019-yilgacha uzaytirdi va yakunda asosiy tarkibga ko‘tarildi[16]. Uning UEFA Chempionlar Ligasidagi ilk uchrashuvi 2016-yilning 15-martida bo‘lib o‘tdi. PSV Eyndxovenga qarshi 1/8 final uchrashuvining qo‘shimcha bo‘limida jarohat olgan Diego Godin oʻrniga aynan u tushirildi (120 daqiqadan so‘ng 0:0, penaltilar seriyasida 8:7 hisobida g‘alaba qozondi)[17]. 28-may kuni San-Siroda “Real Madrid" ga magʻlub boʻlgan finalda ham ishtirok etdi[18].
2016-17-yilgi mavsum
[tahrir | manbasini tahrirlash]2016-yilning 6-avgustida, Ernandes „Atletiko“ bilan shartnomasini 2020-yilning 30-iyuniga qadar uzaytirdi[19]. U 2016-17 yilgi mavsumda Atletiko safida kerakli oʻyinchilardan biri edi va mavsum davomida barcha musobaqalarda 22 uchrashuvda maydonga tushgan boʻlsa, shularning 20tasini asosiy tarkibda boshladi.
2017-18-yilgi mavsum
[tahrir | manbasini tahrirlash]2017-18-yilgi mavsumda Ernandes jamoaning asosiy aʼzosi boʻldi, chunki u barcha musobaqalarda 44 ta oʻyinda maydonga tushdi. „Atletiko“ 2018-yilgi UEFA Yevropa ligasi finaliga chiqib, Fransiyaning Marsel klubiga qarshi oʻynadi va yakunda 3:0 hisobida gʻalabaga erishdi, bu, oʻz navbatida, Ernandes uchun birinchi xalqaro sovrin edi[20].
2018-19-yilgi mavsum
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ernandes professional futbolchi sifatida ilk golini 2019-yilning 19- yanvarida „SD Huesca“ga qarshi o‘yinda (3:0) kiritdi[21].
2019-yilning 27-martida, „Atletiko“ Lukas Ernandes 2019-yil yozida klubni tark etishini tasdiqladi. „Atletiko“ Ernandesga shartnomani uzaytirishni taklif qildi, ammo u Bundesliganing „Bavariya“ klubi bilan shartnoma imzolashga qaror qildi. „Atletiko“ nemis klubi Ernandesning tovon pulini 80 million yevroga faollashtirganini aytdi[22]. Myunxenning „Bavariya“ klubi tibbiyot xodimlari tomonidan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilganda, Ernandesning o‘ng tizzasidagi medial tanglay bog‘lamining shikastlanishi aniqlangan. 2019-yil 28-mart kuni Ernandes o‘ng tizzasini muvaffaqiyatli operatsiya qildi. Operatsiya Ernandesning „Atletiko“dagi mavsumini yakunlashiga olib keldi[23].
Ernandes La Ligada 14 ta, barcha musobaqalarda 22 ta uchrashuvda maydonga tushib, bitta gol urgan.
2019-yil 12-oktabr kuni Ernandesning „Atletiko“dagi sobiq bosh murabbiyi Diego Simeone Marca nashriga bergan intervyusida chap qanot himoyachisining „Bavariya“ga ketishi „Atletiko“ga katta zarar yetkazganini aytdi: "Bizni eng ko‘p xafa qilgan narsa bu Lukas edi. „Atletiko“ni bir vaqtning o‘zida tark etib, „Barselona“ga o‘tgan Antuan Grizmanndan ham ko‘proq u muhim oʻyinchi edi[24].
Bavariya
[tahrir | manbasini tahrirlash]2019-yilning 27-martida „Bavariya“ Ernandes 2019-yilning 1-iyulida 80 million yevro evaziga klubga o‘tishini eʼlon qildi va u bilan 2024-yilgacha amal qiladigan shartnoma imzoladi[25][26]. U 10-avgust kuni DFB-Pokalda Energie Kottbusga qarshi birinchi davra oʻyinida „Bavariya“ safida 89-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi[27]. 2020-yil 23-avgust kuni „Bavariya“ jamoadoshlari bilan Ernandes Chempionlar ligasi g‘olibiga aylandi[28].
2020-yil 3-noyabrda Ernandes UEFA Chempionlar ligasining 2020-21 -yilgi mavsumida „Red Bull Zalsburg“ ustidan 6:2 hisobida g‘alaba qozongan o‘yinda „Bavariya“ safidagi ilk golini kiritdi[29].
Xalqaro faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ernandes 2012-yilning 6-martida Fransiya terma jamoasi safida ilk bor maydonga tushdi va 16 yoshgacha bo‘lganlar jamoasi tarkibida Covercianoda Italiyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida (1:1) to‘liq 90 daqiqa o‘ynadi. 2014-yilda u 18 va 19 yoshgacha boʻlgan jamoalar safida ham maydonga tushdi. Keyingi yili u oʻz oʻyinlari bilan 2015-yilgi UEFA 19 yoshgacha boʻlgan yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatining eng yaxshi oʻyinchilaridan biri boʻldi[30].
2018-yilning mart oyida Ernandes murabbiy Dide Desham tomonidan Kolumbiya va Rossiya bilan oʻrtoqlik oʻyinlari uchun terma jamoaga chaqirildi[31]. U Parijdagi 2:3 hisobidagi magʻlubiyatning soʻnggi 14 daqiqasida Lukas Digne oʻrniga maydonga tushib, oʻz debyutini amalga oshirdi[32].
Ernandes 2018-yilgi FIFA Jahon chempionati uchun terma jamoa tarkibidan joy oldi[33]. U musobaqadagi debyutini 16-iyun kuni Avstraliyaga qarshi (2:1) oʻtkazdi[34] va Fransiyaning turnir davomidagi yettita oʻyinidan oltitasida toʻliq 90 daqiqa maydonda harakat qildi[35][36].
2021-yil oktabr oyida Belgiyaga qarshi UEFA Millatlar ligasi yarim finali oldidan Lukas birinchi marta ukasii Teo bilan Dide Deshamdan milliy terma jamoaga chaqiruv oldi. Keyinroq ikkalasi 3-4-1-2 sxemasida mos ravishda chap qanot yarim himoyachi va chap qanot himoyachisi sifatida maydonga tushishdi. Teo 90-daqiqada gʻalaba toʻpini kiritdi[37]. Ernandes 2022-yilgi Jahon chempionati oldidan Fransiya terma jamoasiga chaqirildi, biroq Avstraliyaga qarshi guruhdagi birinchi o‘yin boshida tizzasidan jarohat oldi va turnirda ishtirok eta olmaydigan boʻldi[38].
Shaxsiy hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ernandesning otasi Jan-Fransua ham markaziy himoyachi edi. U asli ispan[39] va Atletiko Madrid safida ham oʻynagan[40]. Ernandesning ukasi Teo ham shu klubda tarbiyalangan va xuddi shu pozitsiyada oʻynagan[41]. 2018-yil oktabr oyida Marca nashriga bergan intervyusida u oilasi otasidan 12 yoki 13 yil davomida xabar olmaganini aytdi[42]. 2022-yilda fransuzning L'Équipe gazetasi 2004-yilda bedarak yo‘qolgan Jan-Fransua Tailandda yashayotganini va uning sobiq sherigi tomonidan bolalarini ko‘rishga qonuniy ravishda to‘siq qo‘ygani aniqlangan[43].
2017-yil 3-fevralda Ernandes qiz doʻstiga[44] zoʻravonlikda ayblanib, hibsga olingan[45]. Ernandes va uning qiz doʻsti Ameliya Llorente ham 31 kunlik jamoat ishlariga joʻnatildi[46][47].
Ernandes oʻsha yilning iyun oyida Llorente bilan asal oyidan qaytib, Madridga birga qoʻnganidan soʻng, cheklov tartibini buzgani uchun yana hibsga olingan. Ushbu qoidabuzarlik uchun 2021-yil 13-oktabrda Ernandes Ispaniya sudi tomonidan olti oylik qamoq jazosiga hukm qilindi, biroq u apellyatsiya berdi va uning oʻrniga toʻrt yillik shartli qamoq jazosiga hukm qilindi va 96 000 yevro jarima toʻlashga majbur boʻldi[48][49][50].
Faoliyatidagi statistikasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Klub
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 2022-yilning 12-noyabrigacha boʻlgan o'yinlar [51]
Klub | Mavsumlar | Liga | Musobaqa | Yevropa | Boshqa | Umumiy | ||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Divizionlar | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | ||
Atlético Madrid | 2014-15 | La Liga | 1 | 0 | 3 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 4 | 0 |
2015-16 | La Liga | 10 | 0 | 2 | 0 | 4[izoh 1] | 0 | — | 16 | 0 | ||
2016-17 | La Liga | 15 | 0 | 5 | 0 | 4[izoh 1] | 0 | — | 24 | 0 | ||
2017-18 | La Liga | 27 | 0 | 6 | 0 | 11[lower-alpha 1] | 0 | — | 44 | 0 | ||
2018-19 | La Liga | 14 | 1 | 2 | 0 | 5[izoh 1] | 0 | 1[lower-alpha 2] | 0 | 22 | 1 | |
Umumiy | 67 | 1 | 18 | 0 | 24 | 0 | 1 | 0 | 110 | 1 | ||
Bayern Munich | 2019-20 | Bundesliga | 19 | 0 | 3 | 0 | 3[izoh 1] | 0 | 0 | 0 | 25 | 0 |
2020-21 | Bundesliga | 23 | 0 | 1 | 0 | 8[izoh 1] | 1 | 5[lower-alpha 3] | 0 | 37 | 1 | |
2021-22 | Bundesliga | 25 | 0 | 1 | 0 | 8[izoh 1] | 0 | 0 | 0 | 34 | 0 | |
2022-23 | Bundesliga | 7 | 0 | 1 | 0 | 2[izoh 1] | 1 | 1[lower-alpha 4] | 0 | 11 | 1 | |
Umumiy | 74 | 0 | 6 | 0 | 23 | 2 | 4 | 0 | 107 | 2 | ||
Umumiy koʻrsatkich | 141 | 1 | 24 | 0 | 47 | 2 | 5 | 0 | 217 | 3 |
- ↑ Three appearances in UEFA Champions League, eight appearances in UEFA Europa League
- ↑ Appearance in UEFA Super Cup
- ↑ One appearance in UEFA Super Cup, one appearance in DFL-Supercup, one appearance in FIFA Club World Cup
- ↑ Appearance in DFL-Supercup
Xalqaro
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 2022-yilning 22-noyabrigacha boʻlgan o'yinlar[52]
Milliy terma jamoa | Yillar | Oʻyinlar | Gollar |
---|---|---|---|
Fransiya | 2018 | 15 | 0 |
2019 | 2 | 0 | |
2020 | 5 | 0 | |
2021 yil | 8 | 0 | |
2022 | 3 | 0 | |
Jami | 33 | 0 |
Yutuqlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Atletiko Madrid
- UEFA Europa League: 2017-18[53]
- UEFA Super Cup: 2018[54]
- UEFA Champions League runner-up: 2015-16[55]
Bavariya
- Bundesliga: 2019-20[56], 2020-21[57], 2021-22
- DFB-Pokal: 2019-20
- DFL-Supercup: 2020, 2022
- UEFA Champions League: 2019-20[58]
- UEFA Super Cup: 2020[59]
- FIFA Club World Cup: 2020[60]
Fransiya
- FIFA Jahon chempionati : 2018[61]
- UEFA Millatlar ligasi : 2020-2021[62]
Shaxsiy sovrinlar
- 19 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatining eng yaxshi oʻyinchisi (2015)[63].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Décret du 31 décembre 2018 portant promotion et nomination“ [Decree of 31 December 2018 on promotion and appointment]. Official Journal of the French Republic (in French). 2019 (1). 1 January 2019. PRER1835394D. Retrieved 28 November 2020.
- ↑ <templatestyles="Module:></templatestyles>„FIFA World Cup Russia 2018: List of Players: France“ (PDF).
- ↑ <templatestyles="Module:></templatestyles>„Lucas Hernández“ (Wayback Machine saytida 2020-03-07 sanasida arxivlangan).
- ↑ „Equipe de France – Lucas Hernandez: "Une année incroyable"“ (fr). YouTube. Qaraldi: 2018-yil 13-iyul.
- ↑ „Suivez la conférence de presse avec N'Golo Kanté et Lucas Hernandez“ (fr). YouTube. Qaraldi: 2018-yil 13-iyul.
- ↑ „Atlético-Bayern: de la Youth League au dernier carré de la C1, la folle ascension de Lucas Hernandez“ (fr). Eurosport (2016-yil 26-aprel). Qaraldi: 2018-yil 29-mart.
- ↑ Benson. „My home country is France – Lucas defends Spain snub“. Goal (2018-yil 25-mart). Qaraldi: 2018-yil 21-iyun.
- ↑ „Lucas Hernández: el 'jefazo' de la cantera“ (es). Mundo Deportivo (2013-yil 14-iyun). Qaraldi: 2014-yil 6-dekabr.
- ↑ „Fútbol: el nuevo fichaje "Rodri" (At. Madrid) y Lucas jugaron juntos en Majadahonda“ (es). Majadahonda Magazin (2017-yil 22-dekabr). Qaraldi: 2018-yil 31-iyul.
- ↑ Lechuga. „Lucas Hernández: "Es un sueño poder estar en la convocatoria del primer equipo"“ (es). Vavel (2013-yil 9-noyabr). Qaraldi: 2014-yil 6-dekabr.
- ↑ Liceras, Ángel. „El Atlético saca provecho de su manual de supervivencia“ (es). Marca (2013-yil 10-noyabr). Qaraldi: 2014-yil 6-dekabr.
- ↑ „El Atlético B cayó de penalti en Zubieta“ (es). Atlético Madrid (2014-yil 26-aprel). 2014-yil 11-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 6-dekabr.
- ↑ Aznar, Luis. „Lucas, primer 'fichaje'“ (es). Marca (2014-yil 11-oktyabr). Qaraldi: 2014-yil 6-dekabr.
- ↑ „L'Hospitalet 0–3 Atletico Madrid: Griezmann and Gabi grind out the win“. Goal (2014-yil 3-dekabr). Qaraldi: 2014-yil 6-dekabr.
- ↑ Malagón, Manuel. „Griezmann fue Diego Costa“ (es). Marca (2014-yil 21-dekabr). Qaraldi: 2014-yil 21-dekabr.
- ↑ „Lucas Hernández renueva hasta el 2019“ (es). Atlético Madrid (2015-yil 10-avgust). 2016-yil 5-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 10-avgust.
- ↑ „Atlético Madrid overcome PSV in lengthy shoot-out“. UEFA (2016-yil 15-mart). Qaraldi: 2016-yil 15-mart.
- ↑ „Spot-on Real Madrid defeat Atlético in final again“. UEFA (2016-yil 28-may). Qaraldi: 2016-yil 30-may.
- ↑ „Lucas Hernández renews until 2020“. Atlético Madrid. Qaraldi: 2019-yil 5-aprel.
- ↑ „Atlético win the 2018 Europa League title“. UEFA. Qaraldi: 2019-yil 5-aprel.
- ↑ „El Atleti se repone en Huesca“ (es). Europa Press (2019-yil 19-yanvar). Qaraldi: 2019-yil 19-yanvar.
- ↑ „Agreement with Bayern Munich over the transfer of Lucas Hernandez for the amount of his buyout clause“. Atlético Madrid. Qaraldi: 2019-yil 5-aprel.
- ↑ „Lucas Hernández operation successful“. FC Bayern Munich. Qaraldi: 2019-yil 5-aprel.
- ↑ „Simeone: Lucas' departure was more painful than Griezmann's“ (2019-yil 11-oktyabr). Qaraldi: 2019-yil 13-oktyabr.
- ↑ „FC Bayern sign Lucas Hernandez“. FC Bayern Munich (2019-yil 27-mart). Qaraldi: 2019-yil 27-mart.
- ↑ „Lucas Hernandez: Bayern Munich sign Atletico Madrid's World Cup-winning defender“. BBC Sport (2019-yil 27-mart). Qaraldi: 2019-yil 27-mart.
- ↑ „Energie Cottbus vs FC Bayern match report“. FC Bayern Munich. Qaraldi: 2019-yil 19-avgust.
- ↑ McNulty. „Paris St-Germain 0-1 Bayern Munich“. BBC Sport (2020-yil 23-avgust). Qaraldi: 2020-yil 23-avgust.
- ↑ „Salzburg 2–6 Bayern“. UEFA (2020-yil 3-noyabr).
- ↑ „Under-19 - Technical report - Team of the Tournament“. UEFA (2015-yil 20-iyul). Qaraldi: 2019-yil 2-aprel.
- ↑ „Wissam Ben Yedder and Lucas Hernandez handed France call-ups“. Kwesé Sports (2018-yil 15-mart). Qaraldi: 2018-yil 16-mart.
- ↑ „Lucas Hernández hizo su debut con Francia“ (es). El Economista (2018-yil 23-mart). Qaraldi: 2018-yil 24-mart.
- ↑ Charles. „Alexandre Lacazette and Anthony Martial on standby for France World Cup squad and Dimitri Payet out“. Sky Sports (2018-yil 17-may). Qaraldi: 2018-yil 17-may.
- ↑ Sutcliffe. „France 2–1 Australia“. BBC Sport (2018-yil 16-iyun). Qaraldi: 2018-yil 16-iyun.
- ↑ Nabet. „Coupe du monde 2018: Lucas Hernandez, le combattant“ (fr). Le Point (2018-yil 15-iyul). Qaraldi: 2018-yil 15-iyul.
- ↑ McNulty. „France 4–2 Croatia“. BBC Sport (2018-yil 15-iyul). Qaraldi: 2018-yil 15-iyul.
- ↑ Onrubia. „El sueño de los Hernández“ (es). as.com (2021-yil 5-oktyabr). Qaraldi: 2021-yil 23-dekabr.
- ↑ Reuters. „France's Hernandez out of World Cup with knee injury“ (en). Reuters (2022-yil 23-noyabr). Qaraldi: 2022-yil 23-noyabr.
- ↑ Barrère, Sébastien. „Lucas Hernandez, l'Espagnol à l'accent français“ (fr). La Dépêche du Midi (2018-yil 21-mart). Qaraldi: 2018-yil 1-aprel.
- ↑ „Lucas, el futuro jefe de la defensa“ (es). ABC (2014-yil 5-dekabr). Qaraldi: 2014-yil 6-dekabr.
- ↑ G. Fuente, Chema. „Theo y Lucas, dos hermanos del Atlético sobre el campo 60 años después“ (es). Mundo Deportivo (2016-yil 6-fevral). Qaraldi: 2016-yil 21-iyul.
- ↑ „Lucas Hernandez speaks about his father: We've not heard from him for 12 years“. Marca (2018-yil 17-oktyabr). Qaraldi: 2018-yil 17-oktyabr.
- ↑ „Father of Lucas and Theo Hernandez 'turns up' 18 years later: He's waiting for his children to call him“. Marca (2022-yil 12-noyabr). Qaraldi: 2022-yil 12-noyabr.
- ↑ „Atletico Madrid defender Lucas Hernandez arrested“. BBC Sport (2017-yil 3-fevral). Qaraldi: 2017-yil 3-fevral.
- ↑ „Así fue la pelea entre Lucas Hernández y su pareja“ (es). Sport (2017-yil 7-fevral). Qaraldi: 2017-yil 9-fevral.
- ↑ Garcia. „Bayern Munich's Lucas Hernandez avoids jail time for disobeying restraining order“. ESPN (2021-yil 27-oktyabr). Qaraldi: 2021-yil 23-dekabr.
- ↑ „Lucas Hernandez: Bayern Munich and France defender appeals six-month jail sentence for breaking restraining order“. Sky Sports (2021-yil 14-oktyabr). Qaraldi: 2021-yil 23-dekabr.
- ↑ Garcia. „Bayern Munich's Lucas Hernandez avoids jail time for disobeying restraining order“. ESPN (2021-yil 27-oktyabr). Qaraldi: 2021-yil 23-dekabr.
- ↑ „Lucas Hernandez: Bayern Munich and France defender appeals six-month jail sentence for breaking restraining order“. Sky Sports (2021-yil 14-oktyabr). Qaraldi: 2021-yil 23-dekabr.
- ↑ „Lucas Hernandez: France defender gets six-month jail term“ (en-GB). BBC News (2021-yil 13-oktyabr). Qaraldi: 2021-yil 13-oktyabr.
- ↑ „L. Hernández“. Soccerway. Qaraldi: 2017-yil 1-may.
- ↑ „Lucas Hernández“. EU-Football.info. Qaraldi: 2018-yil 29-mart.
- ↑ Hafez. „Marseille 0–0 Atlético Madrid“. BBC Sport (2018-yil 16-may). Qaraldi: 2018-yil 17-may.
- ↑ Sanders. „Real Madrid 2–4 Atlético Madrid“. BBC Sport (2018-yil 15-avgust). Qaraldi: 2018-yil 16-avgust.
- ↑ „Spot-on Real Madrid defeat Atlético in final again“. UEFA (2016-yil 28-may). Qaraldi: 2016-yil 30-may.
- ↑ „Bayern Munich secure eighth successive Bundesliga title with win at Werder Bremen“. bundesliga.com (2020-yil 16-iyun). Qaraldi: 2020-yil 16-iyun.
- ↑ „Bayern Munich crowned Bundesliga champions“. bundesliga.com (2021-yil 8-may). Qaraldi: 2021-yil 8-may.
- ↑ „Bayern win the Champions League“. ESPN (2020-yil 23-iyul). Qaraldi: 2020-yil 23-iyul.
- ↑ „Joker Javi Martinez köpft Bayern zum Supercup“ (de). kicker.de (2020-yil 24-sentyabr). Qaraldi: 2020-yil 24-sentyabr.
- ↑ „Pavard completes sextuple for dominant Bayern“. FIFA.com (2021-yil 11-fevral). 2021-yil 11-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 11-fevral.
- ↑ „France 4–2 Croatia: Line-ups“. FIFA. 2018-yil 12-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 17-iyun.
- ↑ „France beat Spain to win Nations League“. UEFA (2021-yil 10-oktyabr). Qaraldi: 2021-yil 10-oktyabr.
- ↑ „Under-19 - Technical report - Team of the Tournament“. UEFA (2015-yil 20-iyul). Qaraldi: 2019-yil 2-aprel.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Atletiko Madridning rasmiy profili
- Lucas Hernandez
- Lucas Hernandez
- Lucas Hernandez
- Lucas Hernandez
Manba xatosi: <ref>
tags exist for a group named "izoh", but no corresponding <references group="izoh"/>
tag was found
- UEFA Millatlar ligasida gʻolib boʻlgan oʻyinchilar
- UEFA Yevro 2020 oʻyinchilari
- FIFA Jahon chempionati 2018 oʻyinchilari
- UEFA Chempionlar Ligasida gʻolib boʻlgan futbolchilar
- La Liga oʻyinchilari
- Fransiya futbolchilari
- Futbol boʻyicha jahon chempionlari
- Erkak futbolchilar
- 2020-yil Oltin toʻp sovrini nomzodlari
- 2019-yil Oltin toʻp sovrini nomzodlari
- 2018-yil Oltin toʻp sovrini nomzodlari
- Pages with reference errors that trigger visual diffs