Daniya bayrogʻi
Daniya bayrogʻi | |
---|---|
Mamlakat | Daniya |
Mutanosibligi | 28:37 |
Qabul qilindi | 1-may, 1893-yil |
Daniya bayrogʻi, daniyaliklar uni Dunnebrog deb atashadi (dat. Dannebrog) — qizil toʻgri toʻrtburchakli matoda oq toʻgʻri xoch tasvurlangan. 1748-yilda qirol Frederik V tomonidan bayroq hajmini — 14:17, zamonaviy nisbatda (1926-yildan beri amal qiladi) — 28:37 nisbatda oʻrnatdi[1].
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Dunnebrog — bu eng qadimgi davlat bayrogʻi boʻlib, uning hujjatlashtirilgan tarixi XIV-asrlarga toʻgʻri keladi.
Paydo boʻlish afsonasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1219-yilda Rim Papasining nasroniylashtirishi va duosi bahonasida Daniya qiroli Valdemar II ning keyinchalik Gʻolib deb atalgan qoʻshini Kolivan (Dan. Lyndanisse) yaqiniga qoʻndi va aholi punktini egallab, tepalik yaqinida joylashdi.
Estoniyalik otryadlar 1219-yil 15-iyunda qirol va yepiskoplar boshchiligidagi Daniya armiyasiga hujum qilishdi. Ushbu hujum shunchalik kutilmagan ediki, oqibatda Daniya otryadlarining bir qismi chekinishni boshladi. Shundan soʻng yepiskoplar tepaga koʻtarilib, yordam uchun Xudoga murojaat qilishdi. Toʻsatdan osmondan tekis oq xochli katta qizil mato tushdi. Xudoning belgisiga ishongan daniyaliklar butparastlarni magʻlubiyatga uchratishdi.
Valdemar jangi deb nomlanuvchi Kolyvaniy jangidagi gʻalaba kuni Dunnebrogning tugʻilgan kuni sifatida nishonlana boshladi.
Har yozda Daniya qirolining Tallindagi bogʻida Daniya sayyohlari bilan ulkan muvaffaqiyatlarga ega boʻlgan Dunnebrog sharafiga bayram oʻtkaziladi. Afsonaga koʻra, bogʻdagi temir ritsar yerga tushgan bayroq joyini koʻrsatadi.
Bayroqning kelib chiqishi haqidagi boshqa nazariyalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ehtimol, Dunnebrog bayrogʻi namunalari uchun XIII—XIV asrlardagi Muqaddas Rim imperiyasining bayrogʻi xizmat qilgan[2].
Adabiyotda
[tahrir | manbasini tahrirlash]Astrid Lingrenning „ Lyonneberglik Emil“ kitobida Emil opasi Idaga qizil-oq rangli koʻylak osilgan bayroq tayoqchasini koʻtaradi:
Ayni shu paytda Emilning otasi molxonadan chiqayotganida miss Petrel unga baqirdi:
— Buni qanday tushunish mumkin, Anton? Nega siz bizning Shvetsiya bayrogʻini emas „datchanin“ bayrogʻini koʻtarib qoʻydingiz?
— Emil uning yonida turardi. Anton „datchanin“ buyumi neligini bilmas edi. „Datchanin“, daniyaliklar yashaydigan mamlakatning qizil va oq bayrogʻining nomi ekanligini u xayoliga ham keltirmagan edi. Lekin u bayroq ustunining tepasidagi qizil-oq dogʻ „datchanin“ emasligini juda yaxshi bilardi.
— Ha-ha-ha! Emil kulib yubordi. — Axir bu shunchaki Ida opa-ku!
Yuqorida turgan Ida ham kulib yubordi
— Xi-xi-xi, bu shunchaki men! baqirdi u. — Men butun Lyonnebergni koʻryapman.
Oʻxshash bayroqlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]-
Muqaddas Rim Imperiyasi bayrog`i
XIII-XIV asrlarda.
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ https://flagof.ru/flagi_stran/daniya/ flag of dania
- ↑ https://mnogoflagov.ru/yuzhnaya-amerika/92-flag-danii istoriya flag danii