Abatbay Daniyarov
Abatbay Daniyarov | |
---|---|
Abatbay Saparbayevich Daniyarov | |
Nukus shahar hokimi | |
Mansab davri 2020-yil | |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
7-avgust 1987-yil Nukus, Qoraqalpogʻiston Respublikasi |
Siyosiy partiyasi | Oʻzbekiston Liberal demokratik partiyasi |
Kasbi | ingliz tili oʻqituvchisi |
Maʼlumoti | Nukus davlat pedagogika instituti |
Mukofotlari |
Abatbay Saparbayevich Daniyarov (1987-yil 7-avgust, Nukus) — ingliz tili oʻqituvchisi, davlat arbobi va siyosatchi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi oʻrinbosari. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi kengesi deputati.
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1987-yil 7-avgustda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Nukus shahrida tugʻilgan. 2008-yil Nukus davlat pedagogika institutini tamomlagan. Ingliz tili oʻqituvchisi.
Mehnat faoliyatini Kamolot yoshlar ijtimoiy harakati Qoraqalpogʻiston Kengashida yetakchi mutaxassis lavozimida boshlagan. Ushbu tashkilotda bir necha yil davomida turli lavozimlarda ishlagan. 2022-yildan buyon Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari lavozimida faoliyat yuritgan[1].
2023-yil 26-iyulda Nukus shahri hokimi etib tayinlandi[2].
2016-yilda „Shuhrat“ medali, 2021-yilda „Doʻstlik“ ordeni bilan taqdirlangan.
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Alisher Saʼdullayev
- Dilnozaxon Kattaxonova
- Jamshid Xoʻjayev (pedagog)
- Behzod Toʻxtamurodov
- Qobuljon Ahmedov
- Mehrinoz Abbosova