Kontent qismiga oʻtish

Dauletmurat Tajimuratov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Tajimuratov Dauletmurat Mirzamuratovich (qoraqalpoqcha: Tájimuratov Dáwletmurat Mırzamuratovich) – qoraqalpoq huquqshunosi, jurnalisti va jamoat arbobi. Tajimuratov 2022-yili Qoraqalpogʻistonda oʻtkazilgan norozilik namoyishiga rahbarlik qilgan.

Tajimuratov Dauletmurat Nukus shahrida qoraqalpoq tilida chiqadigan „El xızmetinde“ („Xalq xizmatida“) gazetasi tahririyatida faoliyat koʻrsatib kelgan.

Dauletmurat Qoraqalpogʻiston Respublikasining chekka hududlariga gaz olib kirishda yordam berganligi, muhtojlarga bepul advokatlik qilgani va Qoraqalpogʻistondagi mehribonlik uylariga yordam berganligi borasida maʼlumotlar mavjud[1][2]. Bu kabi faoliyatlari ortidan Qoraqalpogʻistonda jurnalist va bloger sifatida shuhrat qozongani aytiladi. Dauletmurat sudga bergan daʼvolari ham uning xalq ommasi orasida tanilishiga sabab boʻlgan. 2019-yil yanvar oyida Tojimuratov „ZoʻrTV“ telekanalini bolalar uchun jinsiy tarbiya haqidagi koʻrsatuvi uchun sudga berish niyatida ekanligini maʼlum qilgan[3], 2021-yilda esa xonanda Yulduz Usmonova ustidan qoraqalpoqlar „oʻzbeklar choponi ostida yashayotgan xalq“ degan soʻzlari tufayli sudga bergan[4]. Tajimuratov 2022-yili oʻz telegram kanaliga asos solib, „mustaqil jurnalist“ sifatida faoliyat koʻrsata boshlagan.

2022-yil iyun oyi oxirida Oʻzbekiston hukumati Qoraqalpogʻiston suveren respublika maqomidan mahrum etadigan konstitutsiyani yangilash toʻgʻrisida qaror qabul qilganida, Tajimuratov oʻz tarafdorlarini 5-iyul kuni oʻtkaziladigan tinch mitingga taklif qildi va bu harakatidan soʻng hukumat organlari bilan kelishib olindi[5]. Keyinchalik, Tajimuratovning soʻzlariga koʻra, xavfsizlik kuchlari tomonidan shantajga uchragan; u YeXHT, BMT, AQSh, Buyuk Britaniya va Germaniya elchixonalari hamda Nyu-Yorkdagi Jurnalistlar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasiga shikoyatlar yuborgan[6]. Keyinroq blogger hibsga olindi va namoyishchilar uni ozod qilishini talab qila boshladilar. Tajimuratov namoyishchilar talabi bilan ozodlikka chiqarildi. 1-iyul kuni u Joʻqorgʻi Kengesi (parlamenti) raisi Murod Kamolov bilan birga namoyishchilar oldida soʻzga chiqdi. Tajimuratov olib borgan miting hali davom etishi eʼlon qilindi[7]. Keyinroq Oʻzbekiston markaziy hokimiyati noroziliklarni bostirdi va Tajimuratov ishga asosiy gumondor sifatida ayblanib 16 yilga ozodlikdan mahrum etildi[8][9].

  1. „Адвокат Тажимуратова подал апелляцию в Верховный суд“ (ru). gazeta.uz (2023-yil 28-fevral).
  2. „События в Нукусе: адвокат осуждённого активиста Тажимуратова подал апелляцию в Верховный суд“ (ru). Радио Азаттық (2023-yil 1-mart).
  3. „Журналист хочет подать в суд на телеканал «Zo’rTV»“. 2022-yil 3-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 3-iyul.
  4. „Каракалпаки, живущие «под чапаном узбеков»“. 2022-yil 11-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 3-iyul.
  5. The Moscow Times на русском. „В Узбекистане вспыхнули протесты накануне «обнуления» сроков президента“ (ru). The Moscow Times на русском (2022-yil 1-iyul). 2022-yil 1-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 2-iyul.
  6. „Узбекистан затрещал от поправок Конституции. Каракалпакия захотела отделиться“. 2022-yil 11-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 3-iyul.
  7. „В Каракалпакстане прошли протесты против поправок о статусе автономной республики“. 2022-yil 11-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 3-iyul.
  8. uz, Kun „Davletmurat Tajimuratov 16 yilga ozodlikdan mahrum qilindi“ (uz). Kun.uz. Qaraldi: 2023-yil 14-oktyabr.
  9. „Тажимуратов рассказал, что предшествовало его призыву к митингу“ (ru). Газета.uz (2022-yil 3-dekabr). Qaraldi: 2022-yil 3-dekabr.