Kontent qismiga oʻtish

Davlat takyasi

Koordinatalari: 35°40′42.65″N 51°25′15.93″E / 35.6785139°N 51.4210917°E / 35.6785139; 51.4210917
Vikipediya, erkin ensiklopediya

Davlat takyasi (forscha: تکیه دولت) – Tehron shahrida qurilgan Eron takyalaridan biri. Bu Muharram motamiga bagʻishlangan taʼziyalarni amalga oshiruvchi eng mashhur joylardan biri boʻlgan. U 4000 dan ortiq kishiga moʻljallangan. 1868-yilda[1] Nosiriddin Shoh Qojar tomonidan Guliston saroyining janubi-sharqida Síyah-Chál oʻrnida qurilgan qirollik teatri koʻplab gʻarblik mehmonlarning fikriga koʻra, Yevropadagi eng yirik opera teatrlarinikidan ham hashamatliroq tarzda qurilgan[2]. Buni Verona Arena bilan solishtirish mumkin, degan Samuel Greene Wheeler Benjamin oʻzining birinchi tashrifi chogʻida.

Karim Pirniyo Husayn-Ali Mehrinni ushbu binoning meʼmori sifatida qayd etgan.

Muhim voqealar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Aynan shu yerda Rizo Shoh Qojarlar sulolasining qulaganini eʼlon qilgan[3]. Takya 1947-yilda vayron qilingan va uning oʻrnida bank binosi qurilgan[4].

  1. Abbas Amanat. Pivot of the universe: Nasir al-Din Shah Qajar and the Iranian Monarchy, p. 435.
  2. "TA'ZIA". Encyclopedia of Iranica. http://www.iranicaonline.org/articles/tazia. Qaraldi: 2010-06-15. 
  3. Saeed Alizadeh, Alireza Pahlavani, Ali Sadrnia. Iran: a chronological history . p. 197.
  4. The world encyclopedia of contemporary theatre, Volume 3 edited by Don Rubin, p. 215.

35°40′42.65″N 51°25′15.93″E / 35.6785139°N 51.4210917°E / 35.6785139; 51.4210917