Dedalionning qizi Xiona

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Xiona (qadimgi yunoncha: Χιόνη) — qadimgi yunon mifologiyasidagi personaj. U bir vaqtning oʻzida ikkita Olimpiya xudolari Germes va Apollonni oʻziga jalb qilgan goʻzalligi bilan mashhur boʻlgan. Germes Xionani uyquga yotqizib u bilan kunduzi uchrashardi, kechasi esa Apollon uning oldiga tashrif buyurgan. Har bir xudodan Xiona oʻgʻil tugʻdi — Germesdan mashhur oʻgʻri va ayyor Avtolikni va Apollondan buyuk musiqachi Filamonni. U oʻzidan magʻrurlanib, Artemidani haqorat qildi, buning uchun uni kamondan otib oʻldirishdi. Dedalion yolgʻiz qizini yoʻqotgandan keyin, oʻz joniga qasd qilishni xohlab baland togʻdan sakradi. Apollon unga rahmi kelib, uni qirgʻiyga aylantirdi.

Ovidiy, „Metamorfozlarda“ Xiona afsonasini sheʼriyatda tasvirlab bergan. Afsona syujeti Yangi davr rassomlarining bir qator rasmlariga asos hisoblanadi.

Miflar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Psevdo-Gigin va Ovidiy tomonidan tasvirlangan mifning klassik talqiniga koʻra, Xiona Dedalionningqizi boʻlib, u oʻz navbatida Fosfor yoki Gesperning oʻgʻli boʻlgan. Ferekid, Gesiodva Konon, Xionani hayotini takrorlagan qizni, Filonida deb atashadi. Gesiod uning yashash joyini Attikadagi Fokis, Ferekid- Parnas, Konon — Forik deb atytishadi. Ferekid aytishi boʻyicha Filonidaning otasi Daedalion emas Deion, Kononda — Fosfor va Kleoboya[1][2][3].

Qiz oʻzining goʻzalligi bilan mashhur edi. „U oʻn toʻrt yoshida oʻzining ajoyib qiyofasi bilan minglab daʼvogarlarni oʻziga jalb qilgan“[4].

Qizning goʻzalligi bir vaqtning oʻzida ikkita xudoni, Apollon va Germes, oʻziga jalb qildi. Apollon Xionni Delfidan qaytayotgnida, Germes — Killena togʻi hududidan oʻtganida koʻrdi. Ikkala Olimpiya xudolari ham Xionaga boʻlgan ehtiros bilan alangalangan. Apollon kechgacha kutishga qaror qildi. Germes uxlatish qobiliyatidan foydalangan va uxlab yotgan qiz bilan birga boʻlgan. Xuddi shu kechada Apollon ham Xionanikiga tashrif buyurdi. Xiona har bir xudodan bir bola tugʻdi. Germes va Xionaning oʻgʻli mashhur oʻgʻri va ayyor Avtolik edi, Apollonning oʻgʻli esa buyuk musiqachi Filamon[5][4][5].

Miletlik Gekateyning soʻzlariga koʻra, Klavdiy Elianning bayonida, Xiona va Boreyaning bolalari — uchta oʻgʻli, Apollonning ruhoniylari boʻlgan[6].

Aql bovar qilmas goʻzallikka ega boʻlgan va bir vaqtning oʻzida ikkita Olimpiya xudolarining suyuklisi boʻlgan Xiona bu bilan magʻrurlanardi. U afsonaning turli xil talqiniga koʻra, Artemidani xafa qilishga, yoki u maʼbudadan ham goʻzalroq ekanligi bilan maqtanishga, yoki u haqida takabburlik bilan gapirishga oʻzini haqli deb hisobladi. Bu Artemidaga yoqmadi va u Xionani kamon bilan ogʻziga otib oʻldirdi. Xionaning otasi Dedalion yolgʻiz qizini yoʻqotgandan keyin, oʻz joniga qasd qilishni xohlab Parnas togʻidan sakrab oʻldi. Apollonning unga rahmi kelib, uni qirgʻiyga aylantirdi[3][7][4][5].

Sanʼatda[tahrir | manbasini tahrirlash]

Artemida tomonidan oʻzining shafqatsizligi uchun oʻldirilgan Xiona haqidagi afsonalarga Yangi davr rassomlari murojaat qilishgan. Tegishli mavzudagi rasmlar, xususan, fransuz rassomi Nikola Pussen (1594-1665), italiyalik Julio Karpioni (1613-1678), daniyalik Lyudvig Abelin Shu (1838-1867) va boshqalar tomonidan yaratilgan. Xionaga qoʻshimcha ravishda ularda ikkita oʻgʻil bolaning tasvirlari boʻlishi mumkin — Xiona oʻgʻillari Avtolik va Filamon, otasi Dedalion, Olimpiya xudolari. Ovidiyning „Metamorfoz“ asarlarini Xionaning tasviri bilan bezatilgan bir qator gravyuralar ham maʼshhur[8].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Sybel & 1884—1890.
  2. Гесиод 2001.
  3. 3,0 3,1 Псевдо-Гигин Мифы 2000.
  4. 4,0 4,1 4,2 Овидий Метаморфозы 1977.
  5. 5,0 5,1 5,2 Ботвинник 1990.
  6. Лосев 1996.
  7. Escher 1899.
  8. „Chione“ (en). Проект «База иконографии» Института Варбурга Лондонского университета. Qaraldi: 2019-yil 11-dekabr.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]