Dehi baland masjidi
Dehi baland masjidi | |
---|---|
Muqobil nomlari |
Dehi baland masjidi |
Umumiy maʼlumot | |
Turi | masjid |
Shahar | Navoiy |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Qurilishi boshlangan | XVI asr |
Texnik holati | |
Material | pishgan gʻisht, yogʻoch, ganch |
Dehi baland masjidi (Imom Hasan imom Husayn jomeʼ masjidi) — Navoiy viloyati, Nurota tumani, Dehibaland qishlogʻida joylashgan yodgorlik. Masjid XVI asrda Buxoro xonligida hukmronlik qilgan Shayboniylar sulolasi davrida joʻyboriy Xoja Saʼd tomonidan qurdirilgan. Masjid Oʻzbekiston moddiy va madaniy meʼrosining koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan. Dehi baland masjidi yer sathidan 2 metr balandlikda marmar bilan qoplangan yirik supa ustida joylashgan. Masjid xonaqoh sifatida ham ishlatilgan boʻlib, sharq va junun tomonlari ayvonli qilib bunyod etilgan. Masjid ikki tomonida imom Hasan va Husanlarning ramziy qabri mavjud boʻlgan. Masjid XVI asrda joʻyboriy Xoja Saʼd mablagʻlari va tashabbusi bilan bunyod etilgan. 1860-yilda masjidda taʼmirlash ishlari olib borilgan. Bu haqida masjidda saqlanib qolgan bitikda qayd etilgan. Taʼmirlash ishlarida nurotalik Abdurahim Turdiyev sangtarosh va Abdurahim Turdiyev (1870—1938) boshchilik qilgan va qatnashgan. Oʻzbekiston mustaqillikkka erishgach, masjidda 1998—1999-yillarda taʼmirlash ishlari olib borilgan[1]. 2007-yilda masjid qayta taʼmirlangan[2]. Masjidda marmar lavh boʻlib, 1999-yilgi taʼmirlash natijasida kirish eshigi tepasidan olib qoʻyilgan va hozirda ayvonda saqlanmoqda. Marmar lavhda nastaʼliq va nasx xatida bitiklar yozilgan. Bitikda Qur’oni Karimning „Oli Imron“ surasining 18-19-oyatlari keltirilgan[3]. Naqshinkor lavhning yuqori qismida „Shahodat“ va „Tayyiba“ kalimasi yozilgan[4]. Bitikning oʻrtasida esa nastaʼliq xatida tarixiy baxshida bitilgan[5]. Masjid Oʻrta Osiyo uslubida bunyod etilgan. Masjid qurilishida pishgan gʻisht, yogʻoch, ganch va boshqa materiallardan foydalanilgan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ilmiy adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Абдухолиқов Ф, Ртвиладзе Э, Ҳакимов А, Абдуҳалимов Б, Мансуров А, Маннонов А, Муҳамедов Н, Раззоқов А, Раҳимов К. Ўзбекистон обидаларидаги битиклар: Навоий. Тошкент: Uzbekistan Today, 2015 — 376-bet. ISBN 978-9943-4509-5-0.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- „Имом Ҳасан имом Ҳусайн жомеъ масжиди“. Qaraldi: 2023-yil 27-iyul.