Kontent qismiga oʻtish

Oli Imron surasi

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Niso    3–sura   Baqara
Oli Imron surasi — سورة آل عمران
Qurʼon nusxalaridan biridagi Oli Imron surasi sarlavhasi. Yuqorida oʻngdan: 1. Oyati 200, 2. Markazda qizil rangda sura tartib raqami 3, qora rangda - Oli Imron surasi va Madaniy, qizil rangda nozil boʻlgan tartibi - 89, 3. Rukuʼsi soni - 20; Pastda oʻngdan: 1. Sura:Madaniy, 2. Tilovat tartibi:3, 3. Nozil boʻlish tartibi:89, 4. Rukuʼsi:20, 5. Oyati:200, 6. Porasi (Juzi):3-4 deb koʻrsatilgan.

Suraning arabcha matni
Nomining maʼnosi Imron oilasi[1][2]
Tasnifi Madaniy sura[3]
Statistika
Sahifasi 50–76[4]
Juz 3-4
Sura raqami 3
Oyatlar soni 200
Sajda oyati yoʻq
Rukuʼlar soni 20[5]
Muqattaot harflari Alif, lom, mim.[6]
Soʻzlar soni 3 530
Harflar soni 14 605
Nozil boʻlish tartibi 89[7]

Arabcha matni ar.wikisource.orgda
tanzil.netda
Tarjimalari QuranAcademy.org
quran.uzda
Tilovat tartibi
Niso surasi  Keyingisi 3 Oldingisi  Baqara surasi
Nozil boʻlish tartibi
Ahzob surasi   Keyingisi 89 Oldingisi  Anfol surasi
                                   

Oli Imron surasi (arabcha: سورة آل عمران, nomining maʼnosi — Imron oilasi[8][9]) — Qurʼonning 3-surasi. Madaniy suralardan biri, 200 oyatdan iborat. Bu sura Qurʼonning 50–76[10]-sahifasida va 3-4-juzida joylashgan. 89-boʻlib nozil boʻlgan.

Asosiy mavzusi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ushbu surada Madina shahridagi musulmon jamoatning hijratning ikkinchi yilida boʻlib oʻtgan Badr jangi bilan uchinchi yilidagi Uhud jangi mobaynidagi va undan keyingi davrdagi hayotidan jonli lavhalar tasvirlanadi hamda bu voqealarga munosabat bildirilib, hukmlar bayon qilinadi.

„Oli Imron“da dinning asoslaridan boʻlgan ikki narsa batafsil yoritiladi: birinchisi — aqida va Allohning birligiga aloqador dalilu hujjatlar; ikkinchisi — shariat qonunlari va xususan, Alloh yoʻlidagi kurash — jihodga taalluqli amru farmonlar.

Agar Baqara surasida ahli kitoblarning yahudiy qavmi va ularning kirdikorlari haqida soʻz ketgan boʻlsa, „Oli Imron“da ahli kitoblardan boʻlgan nasroniylar toʻgʻrisida soʻz boradi va ularning Iyso alayhis-salomni xudo deb eʼtiqod qilishlari xato ekanligi ochiq-ravshan dalillar orqali batafsil yoritiladi. Shuningdek, ularning ichida Qurʼon va Muhammad alayhis-salomning paygʻambarliklarini inkor qiluvchilar ham borligi aytilib, bunday munkirlarga aniq xujjatlar bilan javob qilinadi.

Bulardan tashqari, ushbu surada shariatning yana boshqa koʻpdan-koʻp ahkomlariga asos boʻlgan oyatlar ham bor. Bu surada Maryamning otasi boʻlmish Imron va uning ahli oilasi haqidagi qissa zikr qilingani uchun „Oli imron“ — „Imronning xonadoni“ deb nomlangan.

Islomdan boshqa dinlar haqida

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kimda-kim Islomdan oʻzga din istasa, bas (uning „dini“ Alloh huzurida) hargiz qabul qilinmaydi va u oxiratda ziyon koʻrguvchilardandir. (85)[11]

  1. Qurʼoni Karim tarjimasi va sharhi. Abdulaziz Mansur
  2. Qurʼoni Karim maʼnolari tarjimasi. Alouddin Mansur
  3. Qurʼonda koʻrsatilgan tasnif.
  4. 604 sahifali Qurʼonda.
  5. Yuqoridagi sura sarlavhasining tasviridan olingan.
  6. Qurʼondan koʻrilgan.
  7. Yuqoridagi sura sarlavhasining tasviridan olingan.
  8. Qurʼoni Karim tarjimasi va sharhi. Abdulaziz Mansur
  9. Qurʼoni Karim maʼnolari tarjimasi. Alouddin Mansur
  10. 604 sahifali Qurʼonda.
  11. Oli Imron surasi, 2012-06-30da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2012-06-01
Keyingisi: Niso surasi 3-sura — arabcha matni Oldingisi: Baqara surasi