Kontent qismiga oʻtish

Hud surasi

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Yusuf    11–sura   Yunus
Hud surasi — سورة هود
Qurʼon nusxalaridan biridagi Hud surasi sarlavhasi. Yuqorida oʻngdan: 1. Oyati 123, 2. Markazda qizil rangda sura tartib raqami 11, qora rangda - Hud surasi va Makkiy, qizil rangda nozil boʻlgan tartibi - 52, 3. Rukuʼsi soni - 10; Pastda oʻngdan: 1. Sura:Makkiy, 2. Tilovat tartibi:11, 3. Nozil boʻlish tartibi:52, 4. Rukuʼsi:10, 5. Oyati:123, 6. Porasi (Juzi):11-12 deb koʻrsatilgan.

Suraning arabcha matni
Nomining maʼnosi Hud (nom)[1][2]
Tasnifi Makkiy sura[3]
Statistika
Sahifasi 221–235[4]
Juz 11-12
Sura raqami 11
Oyatlar soni 123
Sajda oyati yoʻq
Rukuʼlar soni 10[5]
Muqattaot harflari Alif, lom, ro.[6]
Soʻzlar soni 1947
Harflar soni 7633
Nozil boʻlish tartibi 52[7]

Arabcha matni ar.wikisource.orgda
tanzil.netda
Tarjimalari QuranAcademy.org
quran.uzda
Tilovat tartibi
Yusuf surasi  Keyingisi 11 Oldingisi  Yunus surasi
Nozil boʻlish tartibi
Yusuf surasi   Keyingisi 52 Oldingisi  Yunus surasi
                                   

Hud surasi (arabcha: سورة هود, nomining maʼnosi — Hud (nom)[8][9]) — Qurʼonning 11-surasi. Makkiy suralardan biri, 123 oyatdan iborat. Bu sura Qurʼonning 221–235[10]-sahifasida va 11-12-juzida joylashgan. 52-boʻlib nozil boʻlgan.

Asosiy mazmuni

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bu surada ham yolgʻiz Allohga, u zot yuborgan paygʻambarlarga va ular keltirgan dinlarning haq ekaniga iymon keltirish, qiyomat kunida qayta tirilib, bu dunyoda qilib oʻtgan barcha yaxshi-yomon amallariga yarasha mukofot-jazo olishga ishonish islomiy aqidaning mohiyat-haqiqati ekani borasida soʻzlanadi. Bu surada Nuh, Hud, Solih, Lut, Shuʼayb, Muso va boshqa paygʻambarlarning qissalari ancha mufassal hikoya qilinadiki, bundan murod birinchidan, barcha moʻminlarga ilgari oʻtgan paygʻambarlar va ularni yolgʻonchi qilishlari sababli halokatga uchragan qavmlar haqida maʼlumot berish boʻlsa, ikkinchidan, yaqinda ikki aziz kishisidan — amakisiAbu Tolib hamda jufti haloli Hadichadan ajralib qolgan va mudom Makka mushriklari tomonidan ozor-aziyatlarga roʻbaroʻ boʻlayotgan Muhammad alayhissalomga oʻtmishdoshlarining hayotlari va ularning Haqqa daʼvat qilish yoʻlida chekkan mashaqqatlarini bayon qilish bilan taskin- tasalli berishdir.

Bu sura Qurʼoni Karimning aybu nuqsonlardan pok va nazmu magʻziga hech qachon, hech kim tomonidan xalal yetmaydigan ilohiy Kitob ekanini taʼriflash bilan boshlanib, Alloh taoloning bandalariga paygʻambarlar yuborishdan koʻzlagan hikmatini bayon etish bilan tugallanadi. Bu sura Alloh taolo tomonidan Od Qavmiga yuborilgan Hud paygʻambar nomi bilan atalgandir.

  1. Qurʼoni Karim tarjimasi va sharhi. Abdulaziz Mansur
  2. Qurʼoni Karim maʼnolari tarjimasi. Alouddin Mansur
  3. Qurʼonda koʻrsatilgan tasnif.
  4. 604 sahifali Qurʼonda.
  5. Yuqoridagi sura sarlavhasining tasviridan olingan.
  6. Qurʼondan koʻrilgan.
  7. Yuqoridagi sura sarlavhasining tasviridan olingan.
  8. Qurʼoni Karim tarjimasi va sharhi. Abdulaziz Mansur
  9. Qurʼoni Karim maʼnolari tarjimasi. Alouddin Mansur
  10. 604 sahifali Qurʼonda.

HUD SURASI (Wayback Machine saytida 2012-06-30 sanasida arxivlangan)

Keyingisi: Yusuf surasi 11-sura — arabcha matni Oldingisi: Yunus surasi