Maryam surasi
Bu maqolada manbalar <ref></ref> teglariga olinmagan yoki umuman koʻrsatilmagan. |
Maryam surasi — سورة مريم | |||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Suraning arabcha matni | |||||||||||||
Nomining maʼnosi | Maryam (nom)[1][2] | ||||||||||||
Tasnifi | Makkiy sura[3] | ||||||||||||
Statistika | |||||||||||||
Sahifasi | 305–312[4] | ||||||||||||
Juz | 16 | ||||||||||||
Sura raqami | 19 | ||||||||||||
Oyatlar soni | 98 | ||||||||||||
Sajda oyati | 58-oyat[5] | ||||||||||||
Rukuʼlar soni | 6[6] | ||||||||||||
Muqattaot harflari | Kaf, ha, yo, ayn, sod.[7] | ||||||||||||
Soʻzlar soni | 972 | ||||||||||||
Harflar soni | 3835 | ||||||||||||
Nozil boʻlish tartibi | 44[8] | ||||||||||||
| |||||||||||||
Arabcha matni |
ar.wikisource.orgda tanzil.netda | ||||||||||||
Tarjimalari |
QuranAcademy.org quran.uzda | ||||||||||||
| |||||||||||||
Maryam surasi (arabcha: سورة مريم,) — Qurʼoni Karimning 19-chi surasi. Makkada nozil boʻlgan 98 oyatdan iborat.
Asosiy maʼnosi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu surada ham bir qancha paygʻambarlar qissalari zikr qilinadi. Boshlab Zakariyo va uning keksalik chogʻida koʻrgan farzandi Yahyo haqida soʻzlanib, soʻngra eng ajib va gʻarib qissa — Maryam va uning beota dunyoga kelgan va beshikda yotgan chogʻidayoq tilga kirib oʻzining kimligini aytgan farzandi Iysoning qissasi hikoya qilinadi va Yaratgan nazdida bu oson ish ekanligi taʼkidlanadi. Suraning Maryam deb nomlanishiga ham sabab shudir.
Yana bu surada Alloh taoloning paygʻambarlaridan Ibrohim, Ishoq, Yaʼqub, Muso, Horun, Ismoil, Idris va Nuhlarning nomlari ham zikr qilinib, ularning barchalari bir zanjirning halqalari ekanliklari, yaʼni Yagona Allohning diniga daʼvat etganliklari yana bir bor eslatib oʻtiladi.
Shuningdek, bu surada qiyomatning ayrim manzaralari, u kunning dahshatlari — jahannamga tashlanishlarini kutib, tiz choʻkib turgan kofirlarning ahvoli ilohiy qalam bilan chizib beriladi. Lekin U zotning yolgʻiz Allohga bandalik qiladigan kishilarga bu dunyoda ham, u dunyoda ham rahm-shafqatli ekanligi taʼkidlanib, suraning bir necha oʻrinlarida Alloh kalimasining oʻrniga Rahmon-Mehribon soʻzi qoʻllanadi.
Sura nihoyasida Alloh taoloning farzand va sherikdan pok — tengi yoʻq zot ekani yana bir karra uqtirib oʻtiladi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Qurʼoni Karim tarjimasi va sharhi. Abdulaziz Mansur
- ↑ Qurʼoni Karim maʼnolari tarjimasi. Alouddin Mansur
- ↑ Qurʼonda koʻrsatilgan tasnif.
- ↑ 604 sahifali Qurʼonda.
- ↑ Qurʼonda sajda oyati belgisi qoʻyilgan oyatlar raqami.
- ↑ Yuqoridagi sura sarlavhasining tasviridan olingan.
- ↑ Qurʼondan koʻrilgan.
- ↑ Yuqoridagi sura sarlavhasining tasviridan olingan.
MARYAM SURASI (Wayback Machine saytida 2012-06-30 sanasida arxivlangan)
Keyingisi: Toha surasi | 19-sura — arabcha matni | Oldingisi: Kahf surasi |
- Makkiy suralar
- Sajda oyati bor suralar
- Muqattaot harflari bor suralar
- 16-juz suralari
- 90 oyatdan koʻp oyatli suralar
- 80 oyatdan koʻp oyatli suralar
- 70 oyatdan koʻp oyatli suralar
- 60 oyatdan koʻp oyatli suralar
- 50 oyatdan koʻp oyatli suralar
- 40 oyatdan koʻp oyatli suralar
- 30 oyatdan koʻp oyatli suralar
- 200 oyatdan kam oyatli suralar
- 150 oyatdan kam oyatli suralar
- 100 oyatdan kam oyatli suralar
- 5 rukuʼdan koʻp rukuʼli suralar
- 10 rukuʼdan kam rukuʼli suralar
- 15 rukuʼdan kam rukuʼli suralar
- 20 rukuʼdan kam rukuʼli suralar
- Suralar
- Suralar haqidagi chala maqolalar