Dehibolo

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Dehibolo
Qishloq
38°21′0.9612″N 67°27′0.615″E / 38.350267000°N 67.45017083°E / 38.350267000; 67.45017083 G OKoordinatalari: 38°21′0.9612″N 67°27′0.615″E / 38.350267000°N 67.45017083°E / 38.350267000; 67.45017083 G O
Mamlakat Oʻzbekiston
viloyat Surxondaryo viloyati
tuman Boysun tumani
Vaqt mintaqasi UTC+5
Avtomobil kodi 75
Dehibolo xaritada
Dehibolo
Dehibolo

Dehibolo  — Oʻzbekiston Respublikasining Surxondaryo viloyatiga qarashli qishloq. Boysun tumani tarkibiga kiradi[1]. Tuman markazidan 60 kilometr[1] yoki yetti soatlik avtomobil yoʻli masofasida[2] joylashgan.

Xalq deputatlari Boysun tumani kengashining 2022-yil 5-oktyabrdagi VI-54-110-8-110-K/22-sonli qarori bilan Dehibolodagi ikkita nomsiz koʻchaga Sarbaland va Eʼtiqod nomlari berilgan[3].

Qishloq olti oy davomida tashqi dunyodan uzilib qoladi[4].

Nomlanishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Dehibolo tojikchadan tarjima qilinganda „eng baland qishloq“ degan maʼnoni bildiradi[2].

Joylashuvi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Dehibolo qishlogʻi 3000 metrdan ortiq balandlikda joylashgan[2].

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qishloq taxminan 800 yil oldin paydo boʻlgan. 1982-yilda avtomobil yoʻli qurilgan. 1983-yilda esa elektr tarmogʻiga ulangan[4].

Taxminan toʻrt yuz yil oldin qishloqda toshda oʻyib ishlangan 500 metrlik shoti yoʻl qurilgan. Bu ishga homiylik qilgan Bibishoh xonim sharafiga „Bibishoh shotisi“ deb nomlanadi. Qurilishga sangtarosh usta Olim boshchilik qilgan[4]. XX asrning 70-yillarida usta Toshmuhammad boshchiligida bu yoʻl taʼmirlangan. Rejissyor Temurmalik Yunusovning Boysun haqidagi „Unutilgan qoʻshiqlar“ kinosida Bibishoh shotisi tilgan olingan[4].

Iqtisodiyoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qishloq aholisi asalarichilik bilan shugʻullanadi, qoʻy boqadi, meva-sabzavot yetishtiradi, yoz boʻyi koʻmir, oʻtin gʻamlab qoʻyadi[2].

Dehibolo Surxondaryoning quvur orqali gaz yetkazib berilmaydigan qishloqlaridan biri. Qishloqqa Duoba qishlogʻidagi maishiy gaz balonlarni saqlash va tarqatish servis markazidan suyultirilgan gaz yetkazib beriladi[5]. Qishloq markazlashgan ichimlik suvi taʼminotiga ulanmagan. Ichimlik suvi maxsus avtomashinada keltiriladi[6]. Elektrlashtirilgan, vaqti-vaqti bilan markaziy elektr taʼminotidan uziladi[7].

Madaniy hayot[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qishloq yaqinidagi Boybuloq gʻori.

Qishloqda 150 yillik tarixga ega masjid mavjud. „Abu Hanifa“ nomi berilgan ushbu masjid 2021-yil 31-mart kuni Surxondaryo viloyati Adliya boshqarmasi tomonidan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi. 400 namozxonga moʻljallangan masjid qishloq faollari hamda usta Toshmuhammad tomonidan toʻliq qayta taʼmirlangan[1]. Masjid ustunlari va shifti oʻymakor naqshlar bilan bezatilgan yogʻochdan ishlangan[8]. Dehiboloda APU:890175 kodi bilan roʻyxatga olingan qabriston ham mavjud[9].

Boysun tumanidagi 19-maktab Dehibolo qishlogʻida joylashgan[10]. Maktab 2021-yil avgustda taʼmirdan chiqqan. 2020/2021-yilgi oʻquv yilida maktabda 224 nafar oʻquvchi 2 navbatga boʻlingan holda taʼlim olgan[8].

Mashhurligi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Dehibolo Markaziy Osiyoning eng chuqur gʻori — Boybuloqqa eng yaqin qishloq sifatida mashhur.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 „Surxondaryo viloyatining Dehibolo qishlogʻida yangi masjid ochildi“. yuz.uz. Yangi O'zbekiston gazetasi (2021-yil 1-aprel). Qaraldi: 31-mart 2024-yil.
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 „Osiyodagi eng chuqur g‘or: BBC O‘zbekistondagi Boybuloq g‘ori haqida maqola e’lon qildi“. Daryo.uz. Simple Network Solutions (2018-yil 28-dekabr). Qaraldi: 31-mart 2024-yil.
  3. „TUMANNING “DAHNAIJOM”, “DASHTIG‘OZ”, “DEHIBOLO” “DUOBA” VA “INKOBOD” MAHALLA FUQAROLAR YIG‘INLARIDAGI AYRIM KO‘CHALARNING NOMLARINI TASDIQLASH TO‘G‘RISIDA“. lex.uz. Qaraldi: 31-mart 2024-yil.
  4. 4,0 4,1 4,2 4,3 „Bibishoh shotisi“. gulxan.uz. Qaraldi: 31-mart 2024-yil.
  5. „Suyultirilgan gaz ta’minotida muammo bo‘lmaydi“. uza.uz. Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi (2023-yil 18-oktyabr). Qaraldi: 31-mart 2024-yil.
  6. „Surxondaryoda 69 ta mahallada ichimlik suvi ta’minoti yaxshilanadi“. pm.gov.uz (2021-yil 27-iyul). Qaraldi: 31-mart 2024-yil.
  7. „Ertaga Surxondaryoning 14 ta tumanida svet o`chadi(ro`yxat)“. Darakchi.uz. Darakchi.uz (2024-yil 10-yanvar). Qaraldi: 31-mart 2024-yil.
  8. 8,0 8,1 Jakopin, Primož „Boybuloq 2021 Dehibolo“. jakopin.net. Qaraldi: 31-mart 2024-yil.
  9. „Obyekt - Dehibolo“. geonames.kadastr.uz. Qaraldi: 31-mart 2024-yil.
  10. „Boysun tuman 19-maktab“. emaktab.uz. Qaraldi: 31-mart 2024-yil.