Detektiv film
Detektiv film (inglizcha: detective – „izquvar“; lotincha: detego – „ochmoq“, „fosh qilmoq“) – chigal, jinoiy va davlatga qarshi ishlarning fosh etilishi haqida hikoya qiluvchi kino sanʼati asari.
Dastlabki detektiv filmlardan biri „Bir jinoyat tarixi“ (rejissyor Ferdinand Zecca, 1901). Bu janr asoschisi fransuz rejissyori Victorin-Hippolyte Jasset 1908–1909-yillarda izquvar Nick Carter haqida film-serial ishlagan. 1913–1914-yillarda Fransiyada „Fantomas“ (5 seriyalik, rejissyor Louis Feuillade) filmi ekranga chiqdi.
1930-yillar komediya va chuqur psixologik talqinli detektiv filmlar paydo boʻldi. Bu janrning uzluksiz rivoji 1940-yillardan boshlandi:
- „Malta lochini“ (rejissyor John Huston);
- „Shanxaylik ledi“ (Orson Welles);
- „Arqon“ (Alfred Hitchcock).
Detektiv film, shuningdek, „josuslik“ filmlari hamda trillerlarni ham oʻz ichiga oladi.
Mashhur detektiv filmlar:
- „Soʻnggi patron“ (Ruminiya),
- „Oltin tish“ (Bolgariya),
- „Jinoyat joyi – Berlin“ (Germaniya),
- „Garovga tikilgan hayot“ (Polsha),
- „Oʻlik mavsum“ (Rossiya)
Oʻzbek detektiv filmlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]„Oʻlim qudugʻi“ (1933, ssenariychi va rejissyor N. Klalo) birinchi oʻzbek detektiv filmidir.
Eng yaxshi oʻzbek detektiv filmlari:
- „Falokat oyoq ostida“,
- „Ehtiyot boʻling! Ilon!“ (rejissyor Zohid Sobitov),
- „Oltin teri“ (M. Ogʻamirzayev),
- „Parol– Regina mehmonxonasi“ (Yoʻldosh Aʼzamov, Z. Royzman),
- „Haqiqatgoʻylikning achchiq mevasi“ (Z. Royzman),
- „Karaxtlik“ (E. Eshmuhamedov).
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.