Kontent qismiga oʻtish

Deysi Cori

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Deysi Cori
Deysi Cori Tello, 2010-yil
Toʻliq ismi Deysi Estela Kori Tello
Mamlakat Peru
Tugʻilgan sanasi

va joyi

(1993-07-02) 1993-yil 2-iyul ( 29 yosh)
Lima, Peru
Unvoni Ayol grossmeyster
Elo reytingi 2444 (2015-yil fevral)

Deysi Estela Cori Tello (1993-yil 2-iyulda tugʻilgan) — perulik shaxmatchi, u ayol grossmeyster (WGM) unvoniga ega va ayollar oʻrtasida uch karra Amerika qitʼa chempioni. Oʻsmirlar darajasida u oʻz yoshidagi qizlar toifasida ikki karra jahon chempioni va olti karra Panamerika chempioni boʻlgan. Cori Peruning eng yuqori reytingli ayol shaxmatchisi boʻlib, 2004-yildan beri ayollar shaxmat olimpiadasida oʻz mamlakati terma jamoasi safida oʻynab kelmoqda. U 2013 va 2015-yillarda FIDE Jahon kubogida, 2010, 2012, 2015 va 2017-yillardagi shaxmat bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi jahon chempionatlarida ishtirok etib kelmoqda.

Deysi Cori Panamerika yoshlar shaxmat festivalida turli toifalarda oltin medalni qoʻlga kiritgan boʻlib, quyida ularning nomlari keltirilgan: 10 yoshgacha boʻlgan qizlar (2003)[1][2], 12 yoshgacha boʻlgan qizlar (2004)[3], 14 yoshgacha boʻlgan qizlar (2007)[4], 16 yoshgacha boʻlgan qizlar (2008)[5] va 18 yoshgacha boʻlgan qizlar (2011)[6]. Shuningdek, 2008-yilda Cori 20 yoshgacha boʻlgan qizlar oʻrtasidagi Panamerika chempionati[7] va 15 yoshgacha boʻlgan qizlar oʻrtasida shaxmat boʻyicha jahon maktab chempionatida gʻolib boʻlgan[8].

2004-yilda, oʻn bir yoshida, Cori 36-shaxmat Olimpiadasida milliy ayollar jamoasida debyut qiladi. U zaxira taxtasida o‘ynaydi va 7 ta oʻyinda 5 ochko (to‘rtta g‘alaba, ikkita durang, bitta mag‘lubiyat) jamgʻaradi[9]. U 2009-yil sentyabr oyida ayollar o‘rtasidagi Amerika qitʼa chempionatida Marta Fierro bilan bellashib, tay-brekda yutqazadi va ikkinchi o‘rinni egallaydi[10][11]. 2009-yil noyabr oyida Cori 20 yoshgacha boʻlgan qizlar oʻrtasidagi jahon chempionatida birinchi oʻrinni egallab, tay-breklarda esa kumush medalni qoʻlga kiritadi[12]. O‘sha oyning oxirida u Turkiyaning Antaliya shahrida shaxmat bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionatida 16 yoshgacha bo‘lgan qizlar o‘rtasida o‘tkazilgan dastlabki o‘nta o‘yinning to‘qqiztasida g‘alaba qozonib, yana bir tur qolganda chempionlikni qo‘lga kiritadi[13]. 2010-yil noyabr oyida Gretsiyaning Porto Karras shahrida boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatining 18 yoshgacha boʻlgan qizlar divizionida Cori ikkinchi oʻrinni egallaydi[14]. Cori birinchi marta 2011-yil iyun oyida Amerika qitʼa ayollar chempionatida gʻolib chiqadi[15][16]. 2011-yil avgust oyida Hindistonning Chennay shahrida boʻlib oʻtgan 20 yoshgacha boʻlgan qizlar oʻrtasidagi jahon chempionatida ham gʻolib chiqdi [17] va bu yutugʻi unga 2012-yilgi shaxmat boʻyicha ayollar oʻrtasidagi jahon chempionatiga yoʻllanmani taqdim etadi.

2013-yilning may oyida Cori akasi Xorxe Cori va argentinalik grossmeyster Diego Flores bilan Amerika qitʼa chempionatida uchinchi oʻrinni egallaydi va natijada shaxmat boʻyicha 2013 yilgi Jahon kubogiga yoʻllanmani qoʻlga kiritadi[18]. 2014-yil dekabr oyida u 5-Lotin Amerika kubogida 7/9 hisobida g‘olib boʻlgan kubalik GM Lazaro Brusondan bir ochko ortda qolib, ikkinchi oʻrinni egallaydi[19]. 2015-yil may oyida u 2.4 zonasi chempionatida uchinchi oʻrinni egallaydi va bu musobaqada eng yaxsh ikki oʻyinchiga 2015-yilgi shaxmat boʻyicha Jahon kubogi uchun yoʻllanma beriladi. Zonal 2.4da birinchi oʻrinni egallagan Corining akasi Xorxe yoʻllanmadan voz kechadi va Cori ikkinchi oʻrinni egallab yoʻllanmaga ega chiqadi[20]. 2016-yil fevral oyida Cori oʻzining tugʻilgan shahri Lima shahrida oʻtkazilgan Amerika qitʼa ayollar chempionatida ikkinchi marta gʻolib chiqadi[21]. 2017-yil sentyabr oyida u Argentinaning Villa Martelli shahrida uchinchi marta ushbu chempionlikni qoʻlga kiritadi[22].

  1. Pan American Youth Festival. FIDE
  2. 5° Campeonato Panamericano u10 (girls). BrasilBase.
  3. 16° Campeonato Panamericano u12 (girls). BrasilBase.
  4. 19° Campeonato Panamericano u14 (girls). BrasilBase.
  5. PANAMERICANO DE LA JUVENTUD DE AJEDREZ SUB 16 FEMENINO. chess-results.com
  6. 20° Campeonato Panamericano u18 (girls). BrasilBase.
  7. Campeonato Juvenil Panamericano Sub20 femenino 2008. chess-results.com.
  8. 4th World Schools Chess Championships 2008 — Girls U15. chess-results.com.
  9. 36th Chess Olympiad 2004 Women: Peru. chess-results.com.
  10. CONTINENTAL FEMENINO AMERICA 2009. chess-results.com.
  11. „Una ecuatoriana se coronó como la mejor del Continental de Ajedrez en Cali“ (es). El Tiempo (2009-yil 7-sentyabr). Qaraldi: 2017-yil 25-oktyabr.
  12. „Vachier-Lagrave, Soumya win World Junior“. ChessBase (2009-yil 4-noyabr). Qaraldi: 2015-yil 11-sentyabr.
  13. „World Youth Championship in Antalya“. Chess News. ChessBase (2009-yil 24-noyabr). Qaraldi: 2017-yil 25-oktyabr.
  14. „2010 World Youth Chess Championship – Final report“. ChessBase (2010-yil 1-noyabr). Qaraldi: 2015-yil 11-sentyabr.
  15. Panamerican Womenʼs Championship 2011 FIDE
  16. „Deysi Cori: campeona del Continental Femenino de Ajedrez“. La República. 2016-yil 29-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 11-sentyabr.
  17. „Swiercz Dariusz and Cori T Deysi are World Junior Champions“. FIDE (2011-yil 15-avgust). Qaraldi: 2015-yil 11-sentyabr.
  18. „Julio Granda convincing winner of the American Continental Championship“. Chessdom (2013-yil 17-may). Qaraldi: 2015-yil 11-sentyabr.
  19. V Copa Latinoamericana. chess-results.com.
  20. „World Cup Announcement“. FIDE. Qaraldi: 2015-yil 24-sentyabr.
  21. „Deysi Cori is American Continental Champion“. Chessdom (2016-yil 29-fevral).
  22. Wittman. „Deysi Cori acaricia la corona americana en Villa Martelli“ (es). Noticias de ajedrez. ChessBase (2017-yil 14-sentyabr). Qaraldi: 2017-yil 24-oktyabr.