Kontent qismiga oʻtish

Diapirizm

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Diapirizm (yun. diapeiro — sanchib teshayapman) — plastik choʻkindi togʻ jinslari (tuzlar, gips, gil va sh. k.)ning ular ustida yotgan qattiqroq togʻ jinslariga botib kirish jarayoni. Diapirizm Yer poʻstida sodir boʻladigan kuchlanish taʼsiridan paydo boʻladi. Diapirizm natijasida diapir struktura (diapir burma)lar tarkib topadi. Ular bor joylarda neft va gaz konlari mavjud. Oʻzbekistonda diapir strukturalar Hisor togʻida koʻp. Diapirizmni oʻrganish neft va gaz konlarini izlashda ahamiyatli.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil