Dieter Thoma
Dieter Thoma | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Fuqaroligi | Germaniya |
Tavallud sanasi |
19-oktyabr 1969-yil Hinterzarten, Gʻarbiy Germaniya |
Sport | |
Qaysi sport | (Changʻida sakrash) |
Diter Thoma — (1969-yil 19-oktyabrda tugʻilgan) gʻarbiy germaniyalik sobiq chang'ida sakrash yoʻnalishidagi sportchi hisoblanadi[1].
Faoliayti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oʻz davrida Jens Weißflogdan keyin ikkinchi eng yaxshi nemis changʻichisi boʻlgan. Thoma oilada birinchi mashhur changʻida sakarash boʻyicha sportchi boʻlmagan: uning amakisi Georg Thoma shimoliy kombinatsiyada ham jahon, ham Olimpiya chempioni boʻlgan. Toma oʻzining birinchi musobaqasini 1990-yilda Toʻrt tepalik turnirida gʻolib chiqqanida qoʻlga kiritgan. Jumladan, u 1989—1990-yilgi mavsum oxirida Vikersundda changʻi uchish boʻyicha jahon chempionatida gʻolib boʻlgan. 1993—1994-yilgi mavsum boshlanishidan oldin Toma oʻz texnikasini parallel changʻilarda sakrashdan V uslubiga oʻzgartirgan va 1994-yilda Lillexammerda boʻlib oʻtgan Qishki Olimpiada oʻyinlarida jamoaviy musobaqada gʻolib chiqqan Germaniya jamoasining bir qismi boʻlgan[2]. Thoma shuningdek, Lillehammer’da yakkalik bahslarda oddiy tepalikda bronza medalini qoʻlga kiritgan, keyin 1998-yilda Naganoda boʻlib oʻtgan Qishki Olimpiya oʻyinlarida jamoaviy katta tepalik musobaqasida kumush medalni qoʻlga kiritgan. Thoma, 1998-yilda Oberstdorfda boʻlib oʻtgan XCHF changʻi uchish boʻyicha jahon chempionatida bronza medalini qoʻlga kiritgan.
Thoma XCHF Shimoliy changʻi boʻyicha jahon chempionatida beshta medalni qoʻlga kiritgan, bulardan bitta oltin (Jamoaviy katta tepalik: 1999-yil), ikkita kumush (katta jamoaviy tepalik: 1995-yil, yakkalik katta tepalik: 1997-yil) va ikkita bronza (jamoaning katta tepaligi bahslarida: 1991-yil va 1997-yil). medallari kiradi. Hozirgi vaqtda mahalliy barcha musobaqalarga kuzatish uchun tashrif buyurib turadi.
Jahon chempionati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Turnir jadvali
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mavsum | Umumiy natijalar | 4H | SF | NT | JP |
---|---|---|---|---|---|
1985—1986-yil | 58 | 81 | Yoʻq | Yoʻq | Yoʻq |
1986—1987-yil | — | 111 | Yoʻq | Yoʻq | Yoʻq |
1987—1988-yil | 15 | 26 | Yoʻq | Yoʻq | Yoʻq |
1988—1989-yil | 4 | Yoʻq | Yoʻq | Yoʻq | |
1989—1990-yil | 4 | Yoʻq | Yoʻq | Yoʻq | |
1990—1991-yil | 9 | Yoʻq | Yoʻq | ||
1991—1992-yil | 42 | 14 | — | Yoʻq | Yoʻq |
1992—1993-yil | 42 | 20 | — | Yoʻq | Yoʻq |
1993—1994-yil | 11 | 8 | — | Yoʻq | Yoʻq |
1994—1995-yil | 18 | 13 | 22 | Yoʻq | Yoʻq |
1995—1996-yil | 25 | 11 | — | Yoʻq | 25 |
1996—1997-yil | 17 | 10 | |||
1997—1998-yil | 8 | 6 | 28 | 31 | 7 |
1998—1999-yil | 10 | 10 | 21 | 22 | 10 |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Ski jumper Sarah Hendrickson undergoes season-ending knee surgery“ The Salt Lake Tribune. MediaNews Group. August 27, 2015. Retrieved August 28, 2015.
- ↑ Rosen, Karen. „After Years Of Injuries, Ski Jumper Sarah Hendrickson Comes Back To Win Olympic Trials“. Team USA (31-dekabr 2017-yil). Qaraldi: 31-dekabr 2017-yil.