Dilmurod Artiqov
Artiqov Dilmurod Raxmatillayevich | |
---|---|
Tavalludi |
1988-yil Yangiqoʻrgʻon tumani, Namangan viloyati |
Fuqaroligi | SSSR→ Oʻzbekiston |
Taʼlimi | |
Kasbi | huquqshunos |
Faoliyat yillari | 2015 – hozirgacha |
Unvoni | Yuridik fanlar boʻyicha falsafa doktori (PhD) |
Artiqov Dilmurod Raxmatillayevich – oʻzbek huquqshunosi. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi V chaqiriq Qonunchilik palatasi deputati[1]. Oʻzbekiston Liberal demokratik partiyasi aʼzosi.
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Dilmurod Artiqov 1988-yilda Namangan viloyati, Yangiqo‘rg‘on tumanida tugʻilgan. 2012-yilda Toshkent davlat yuridik universiteti va Nagoya universitetini tamomlagan, 2014-yilda Toshkent davlat yuridik universitetining magistratura bosqichini yakunlagan. Yuridik fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) va dotsent unvoniga ega. Faoliyatini 2015-yilda Toshkent davlat yuridik universitetida oʻqituvchi sifatida boshlagan. 2015-2022-yillarda Toshkent davlat yuridik universitetida katta oʻqituvchi, shuningdek, Maʼmuriy va moliya huquqi kafedrasi dotsenti lavozimlarida ishlagan. 2022-yildan esa Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabida faoliyatini boshlagan[2].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Qonunchilik palatasining 150 nafar deputatidan 63 nafari qayta saylandi. Ro‘yxat“. Gazeta.uz. Qaraldi: 2-noyabr 2024-yil.
- ↑ „ARTIQOV DILMUROD RAXMATILLAYEVICH“. https://saylov.uza.uz/.+Qaraldi: 3-noyabr 2024-yil.