Kontent qismiga oʻtish

Dilorom Ahmedova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Dilorom Ahmedova
Tavalludi 5-fevral 1957-yil (1957-02-05) (67 yosh)
Toshkent, O'zbekiston SSR
Fuqaroligi  Oʻzbekiston
Millati oʻzbek
Sohasi tibbiyot

Dilorom Ilxamovna Ahmedova — (1957-yil, 5-fevral, Toshkent, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — taniqli oʻzbekistonlik olima. Tibbiyot fanlari doktori (1998), professor (2002). Rossiya federatsiyasi Tibbiyot va texnika fanlari akademiyasi akademigi.

Tarjimayi holi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Dilorom Ahmedova 1957-yil 5-fevralda Toshkent shahrida tavallud topgan[1]. U 1980-yil O’rta Osiyo Pediatriya tibbiyot institutini tugatgan. Koʻp yillar mobaynida tibbiyot, pedagogika, siyosiy sohalarda faoliyat yuritib kelmoqda. U 2001—2006-yillar respublika bosh pediatri, 2006—2010-yillar Toshkent pediatriya tibbiyot institutida ilmiy ishlar boʻyicha prorektor, 2010—2012-yillar Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirligi RIPIATM direktori kabi lavozimlarda faoliyat yuritib kelmoqda. Bundan tashqari, Tosh qoshidagi onalik va bolalik boʻyicha Ilmiy kengash raisi oʻrinbosari, „Organizatsiya i upravlenie zdrovoxraneniem“, „Pediatriya“ ilmiy-amaliy jurnali bosh muharriri muovini, „Shoshilinch tibbiyot axborotnomasi“ va „Pediatricheskaya farmokologiya“ (Rossiya) jurnallari tahrir hay’ati aʼzosi, Xalqaro va respublika forumlarining ishtirokchisi va tashkilotchisi[2].

Ilmiy faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Dilorom Ahmedova 400 ga yaqin ilmiy ishlar muallifi. U shuningdek, 4 ta mualliflik guvohnomasi va 2 ta kashfiyotga patent olgan. Dilorom Ahmedova 5 nafar fan doktori, 14 nafar fan nomzodini tayyorlagan. Uning neonatologiya va pediatriya sohasida olib borgan ilmiy izlanishlari dunyo boʻylab keng qoʻllanilmoqda. Olima tomonidan JSST, UNISEF zamonaviy texnologiyalari va ilmiy-tekshirishlar asosida bolalarga sogʻliqni saqlashning birinchi boʻgʻinida tibbiy xizmat koʻrsatishning sifatini oshirish boʻyicha intervensiyalar toʻplami ishlab chiqildi.

Dilorom Ahmedova O’zbekiston Respublikasi fan va texnika sohasidagi I darajali Davlat mukofoti laureate, „Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash aʼlochisi“ unvoni, „Oʻzbekiston mustaqilligiga 20-yil“ esdalik nishoni bilan mukofotlangan.

  1. Заведующая кафедрой Ахмедова Дилором Илхамовна
  2. Jovliyev I, Yaxshiboyeva U, Arzikulova D, Hasanova L. Oʼzbekiston ayollari. Toshkent: Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi, 2019 — 224-bet. ISBN 978-9943-07-694-5.