Dilorom Fayziyeva
Dilorom Fayzieva | |
---|---|
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati | |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
13-iyul 1962-yil Toshkent shahri, Oʻzbekiston SSR, SSSR |
Maʼlumoti | Toshkent davlat tibbiyot instituti |
Dilorom Xusnitdinovna Fayzieva (tugʻ. 13-iyul 1962-yil, Toshkent shahri, Oʻzbek SSR, SSSR) — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati[1], Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qoʻmitasi raisi.
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Fayziyeva Dilorom Xusnitdinovna 1962-yil 13-iyulda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Millati o‘zbek, ma’lumoti oliy. 1985-yilda Toshkent davlat tibbiyot institutini tamomlagan. Ixtisosligi - sanitariya, gigiyena va epidemiologiya vrachi. Tibbiyot fanlari nomzodi.
Mehnat faoliyatini 1985-yilda Toshkent davlat tibbiyot instituti bolalar va o‘smirlar gigiyenasi kafedrasi assistenti lavozimidan boshlagan. 1987-1995-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining ilmiy xodimi, 1996-2010-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Suv muammolari instituti yetakchi ilmiy xodimi, laboratoriya rahbari lavozimlarida ishlagan.
2020-yildan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qo‘mitasining raisi lavozimida faoliyat yuritmoqda.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Депутаты“. parliament.gov.uz. 2021-yil 13-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 28-sentyabr.