Kontent qismiga oʻtish

Gigiyena

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Qoʻlini yuvayotgan odam
Qoʻlini yuvayotgan odam

Gigiyena (grekcha: ὑγιεινός — „sogʻlom“) — tibbiyotning bir sohasi; kishilar sogʻligʻiga turmush va mehnat sharoitlari taʼsirini oʻrganadi hamda kasalliklarning oldini olish, yashash uchun eng qulay sharoit yaratish, sogʻliqni saqlash va umrni uzaytirish chora-tadbirlarini ishlab chiqadi. Gigiyenaning bir necha sohalari bor. Aviatsion gigiyena, harbiy gigiyena, mehnat gigiyenasi, bolalar va oʻsmirlar gigiyenasi (maktab gigiyenasi), shaxsiy gigiyena, ijtimoiy gigiyena, ovqatlanish gigiyenasi, radiatsion gigiyena va hokazo. Gigiyena fiziologiya, patofiziologiya, epidemiologiya, toksikologiya, fizika, kimyo, shuningdek ijtimoiy-iqtisodiy fanlar bilan chambarchas bogʻlangan, chunki tabiiy omillar bilan birga jamiyatning iqtisodiy ahvoli ham kishi sogʻligʻiga taʼsir etadi. Ehtiyot va kundalik sanitariya nazorati asoslarini ilmiy asosda ishlab chiqish, kishilarning yashash va ishlash sharoiti hamda dam olishini sogʻlomlashtirish boʻyicha sanitariya tadbirlarini asoslab berish, bolalar va oʻsmirlar sogʻligʻini saqpash, sanitariya qonun-qoidalarini ishlab chiqish, oziq-ovqat mahsulotlari va uy-roʻzgʻor buyumlari sifatini sanitariya ekspertizasidan oʻtkazishda qatnashish gigiyenaning vazifasidir. Sogʻliqni saqlash va kasalliklarning oldini olish, unumli ish qobiliyatini taʼminlash va umrni uzaytirish uchun qulay sharoit yaratish maqsadida turar joylar va ishlab chiqarish korxonalari havosi, suv, oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-kechak va poyabzallarning gigiyenik normativlarini ishlab chiqish zamonaviy gigiyenaning eng muhim vazifalaridan biridir. Gigiyenaning amaliy tomonini maxsus boʻlim — sanitariya tashkil etadi. Gigiyenik tadqiqrtlarda tashqi muhit (havo, suv, tuproq), oziq-ovqat mahsulotlari, qurilish materiallari, kiyim-kechak va poyabzallarni fizik-kimyoviy jihatdan oʻrganish usullari, sanitariya statistikasidan foydalangan holda bakteriologik, biokimyoviy, klinik va demografik tekshirish usullari qoʻllanadi.

Gigiyena eng qad. fanlardan. Qadimgi Hindiston qonunlari majmuasida kiyim-kechakni almashtirish, teri va tishni parvarish qilish, oʻsimliklardan tayyorlangan ovqatlar yeyish zarur deb koʻrsatilar, ovqatga ruju qilish taqiqlanar edi. Misrda aholi yashaydigan joylarni sogʻlomlashtirish uchun sanitariya tadbirlari amalga oshirilgan. Qadimgi Xorazm atrofidagi yirik obod shaharlarda hammomlar, toza suv olinadigan inshootlar boʻlgan. Qadimgi yunonlar shaxsiy gigiyenaga qatʼiy amal qilishgan. Gippokrat havo, iqlim va suvni odam sogʻligʻiga taʼsir etadigan muhim omillar deb atagan. Abu Ali ibn Sinoning gigiyenaga doir fikrlari, sogʻliqni saqdash qoidalari koʻp asrlar mobaynida amaliy qoʻllanma boʻlib keldi; u havo va suv orqali tarqalib, kasallikka sabab boʻladigan qandaydir jonivorlar bor, deb faraz qilgan, suvni qaynatish yoki filtrlash kerak, degan talab esa ana shu farazga asoslangan. Gigiyena fani oldiga qoʻyilgan vazifa va talablarning ortishi, gigiyenik tekshirish usullarining murakkablashishi gigiyena sohalarining mustaqil fan sifatida ajralib chiqishiga olib keldi. Ilmiy gigiyena XIX asrning 2-yarmidan rivojlana boshladi. Dastlab maktab gigiyenasi (hozirgi bolalar va oʻsmirlar gigiyenasi), kommunal gigiyena, ovqatlanish gigiyenasi va ijtimoiy gigiyena maydonga keddi. Ionlashtiruvchi nurlar (radiatsiya)dan ishlab chiqarish, q.h. va tibbiyotda keng foydalanish xizmatchilarni radiatsiyadan saqlash va aholini nurlanish xavfidan muhofaza qilish tadbirlarini ishlab chiqish muammosini vujudga keltirdi. Bu masalalar bilan radiatsion gigiyena shugʻullanadi.

Oʻzbekistonda gigiyena fanining rivoji S N. Bobojonov, A. 3. Zoxdsov, Gʻ. M. Mahkamov, Q. S. Zoirov, R. U. Ubaydullayev, Gʻ. N. Nazirov, N. L. Romanchenko kabi olimlar nomi bilan bogʻliq. Hoz. kommunal gigiyena sohasida T. I. Iskandarov, Sh. T. Otaboyev, M. T. Tohirov, N. S. Tojiboyeva, I. I. Ilinskiy, A. H. Komiljonov, I. A. Usmonovlar; mehnat gigiyenasi sohasida N. M. Demidenko, O. I. Ishoqov, O. R. Azizxoʻjayev; umumiy gigiyena boʻyicha L. A. Panomareva, Sh. T. Iskandarova; oziq-ovqat gigiyenasi sohasida N. Q. Boboxoʻjayev, B. A. Doʻschonov, Sh. S Bahriddinov, A. S Xudoyberdiyev; bolalar va oʻsmirlar gigiyenasi boʻyicha S. S. Solixoʻjayev, M. N. Ismoilov, gigiyena T. Shayxova, R. X. Xolmetov; zaharli kimyoviy moddalar gigiyenasi va toksikologiyasi boʻyicha gigiyena T. Iskandarova, A. U. Sodiqovlar; ijtimoiy gigiyena sohasida D. A. Asadov, N.

M. Mahmudova, A. S. Bobojonov, T. U. Oripova, Sh. Sh. Shovahobov, U. Karimov, B. M. Mamatqulov va b. ilmiy tadqiqot ishlari olib boradi. Oʻzbekistonda Sanitariya, gigiyena va kasb kasalliklari ilmiy tadqiqot intida, tibbiyot institutlari hamda Toshkent Vrachlar malakasini oshirish institutining gigiyena kafedralarida gigiyenaning turli sohalari boʻyicha tadqiqot ishlari olib boriladi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000.
  • Mahmudova N. M., Ijtimoiy gigiyenadan qoʻllanma, Toshkent, 1993.
  • Otaboyev Sh. T., Iskanderov T. I., Kommunal gigiyena, Toshkent, 1993.