Kontent qismiga oʻtish

Dilorom Rafiqova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Dilorom Rafikovadan yoʻnaltirildi)
Dilorom Rafikova
Qirgʻiziston Oliy Kengashining 7-8-chaqiriq deputati
Mansab davri
1967 – 1975
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1940-yil 8-mart
Oʻsh, Qirgʻiziston, SSSR
Siyosiy partiyasi KPSS
Otasi Rafiq Turgʻunov
Faoliyati SSSR Qirgʻiziston Respublikasi paxtachilik
Mukofotlari

Dilorom Rafiqovna Rafiqova (oʻzbekcha: Дилором Рафиқовна Рафиқова)— Qirgʻiziston SSRda xizmat koʻrsatgan qishloq xoʻjaligi xodimi, Aravon tumani Lenin nomidagi kolxoz raisi, Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1971), 7- va 8-chaqiriq Qirgʻiziston SSR Oliy Kengashi deputati (1967 – 1975).

Dilorom Rafiqova 1940-yil 8-martda dehqon oilasida tugʻilgan, millati oʻzbek. Mehnat faoliyatini 1954-yilda Aravon tumanidagi kolxozda oddiy kolxozchi sifatida boshlagan.

1960-yildan mexanizatorlik kursini tamomlab, paxta terish mashinasi haydovchisi boʻlib ishlagan. 1965-yildan kolxozda paxtachilik brigadasini boshqargan. Uning brigadasi paxta hosildorligini yildan-yilga oshirib borgan. 1971-yilda har gektardan 55 sentnerdan hosil olingan. Rafiqovaning oʻzi oʻsha yili paxta terish mashinasi bilan 250 tonna paxta terib olgan. SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1971-yil 8-apreldagi farmoni bilan qishloq xoʻjaligini rivojlantirish va besh yillik rejani amalga oshirishda erishilgan ulkan muvaffaqiyatlari uchun unga Sotsialistik Mehnat Qahramoni unvoni, Lenin ordeni hamda Oʻroq va Bolgʻa oltin medali bilan taqdirlangan[1].

1971-yilda Oʻsh sovxoz texnikumini va 1981-yilda Andijon paxtachilik institutining agronomiya fakultetini tamomlagan. 1982-yildan biologik laboratoriya mudiri va 1983-yildan kolxoz raisi oʻrinbosari sifatida faoliyat yuritgan.

1984—1988-yillarda kolxoz boshqaruvi raisi.

1988—1992-yillarda „Moskva“ kolxozi kasaba uyushmasi qoʻmitasi raisi va 1992-yildan Chekobod qoshidagi kasaba uyushma qoʻmitasi raisi etib tayinlandi. Oʻsh viloyati rahbarining xalq maslahatchisi boʻlgan.

Qirgʻiziston SSR Oliy Kengashining 7- va 8-chaqiriq deputati (1967—1975), bir necha bor Oʻsh viloyat, Aravon tuman, Chekobod va Tepeqoʻrgʻon qishloq kengashlari deputati etib saylangan.

Otasi Rafiq Turgʻunov Stalingrad jangida halok boʻlgan. Rafiqovaoilada bir oʻgʻil tarbiyalagan[2][3].

  1. Ukaz Prezidiuma Verxovnogo Soveta SSSR "O prisvoenii zvaniya Geroya Sotsialisticheskogo Truda peredovikam selskogo xozyaystva Kirgizskoy SSR" ot 8 aprelya 1971 goda
  2. „Qirgʻiz yurtining qizlari“.
  3. Xudojestvennie filmi (1975—1984)[sayt ishlamaydi]
  • „Qirgʻiziston“. Uluttuk ensiklopediyasi. Boshlar ed. Asanov Y. A., B.: Mamlekettik til jana ensiklopediya borboru, Bishkek
  • Borbugulov M., Oʻsh viloyatlari ensiklopediyasi, Frunze 1989-yil .
  • Qoʻl ostida Juraeva B. J. „Qirgʻiziston ravnaqi yoʻlida“ Qirgʻizistonning koʻzga koʻringan oʻzbeklari haqida entsiklopedik nashr, 336 bet, „Rizvon“, Oʻsh shahri, 2017-y .