Kontent qismiga oʻtish

Dilorom Saidaminova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Dilorom Saidaminova
Tavalludi 27-fevral 1943-yil (1943-02-27) (81 yosh)
Kasbi Kompozitor
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi OʻzSSROʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston

Dilorom Saidaminova (1943-yil 27-fevral, Toshkent, OʻzSSR) — oʻzbekistonlik kompozitor[1].

Dilorom Saidaminova 1943-yil 27-fevralda Toshkent shahrida tavallud topgan. Dastlab Toshkentdagi “Uspenskiy” nomidagi akademik litseyda, soʻng O‘zbekiston konservatoriyasida musiqa yo‘nalishida tahsil olgan. Keyinchalik “Chaykovskiy” nomidagi Moskva konservatoriyasida aspiranturada oʻqigan. U yerda Edison Denisov, Yuriy Fortunatov, Abraham Litvinov va Boris Zaydman qoʻlida tahsil olgan. Uning Tigran Shiganyan ismli skripkachi oʻgʻli bor[1].

Dilorom Saidaminova 1967–1985-yillar va 1988–1995-yillarda O‘zbekiston konservatoriyasida fortepianodan dars bergan. 1985–1988-yillarda Oʻzbekiston Davlat telekompaniyasida musiqiy muharrir boʻlib ishlagan. Dilorom Saidaminova Amerika bastakorlar, mualliflar va noshirlar jamiyati (ASCAP), Oʻzbekiston bastakorlar uyushmasi va Rossiya bastakorlar uyushmasi aʼzosi hisoblanadi[2].

Ijodiy faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Saidaminova 70 dan ortiq bolalar uchun qoʻshiqlar yaratgan[2].

Yil Nomi Izoh
Kamer orkestri uchun
Ascending to Light skripka joʻrnavozligida[3]
Dance of the Rain kamer orkestri uchun[4]
Mirage Xalq cholgʻulari uchun[4]
Shadow of the Woman violonchel va kamer orkestri uchun[4]
Smell of the NIght kamer orkestri uchun[4]
Sonata No. 2 skripka va fortepiano uchun[4]
Where There is No Time klarnet, skripka va fortepiano joʻrnavozligida[5]
Orkestr uchun
Amir Temur orkestr va perkusiya (solo)[4]
Fortepiano uchun 2-kontsert [4]
Saksafon uchun konsert [6]
Fanfare [4]
Holiday Overture [1]
In Memory of My Friends [4]
Path to Enlightenment orkestr va xor uchun[4]
Simfonik poema [7]
Fortepiano uchun
Dialog with Khayam [4]
Fortepiano uchun ikki pyesa [4]
Walls of Ancient Bukhara [4]
Vokal uchun
Azon xor, organ, fortepiano va skripka joʻrligida[6]
Saraton xor (soprano), skripka va anʼanaviy cholgʻular uchun[4]
Oʻzbekiston [1]
  • 1977-yil — Oʻzbekistondagi eng taniqli yosh kompozitor;[3]
  • 1983-yil — Toshkentdagi “Bayram uverturasi” tanlovida 1-oʻrin;[1]
  • 1991-yil — O‘zbekiston madaniyati va musiqasiga qo‘shgan ulkan hissasi uchun;[3]
  • 1998-yil — “By the Sound of Francesca” Germaniya/Avstriya ayollari sanʼat tashkiloti (GEDOK) tanlovida 2-oʻrin;[1]
  • 2002-yil — “Open Society Institute/Soros” jamgʻarmasi granti;[1]
  • 2002-yil — „Azon“ musiqasi uchun Pitsburgdagi Bax xorining komissiyasi;[6]
  • 2021-yil — skripkachi Igor Kalninning “Ascending to Light” musiqasi uchun komissiya[3].
  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 1,5 1,6 „Dilorom Saidaminova – The Living Composers Project“. composers21.com. Qaraldi: 2023-yil 10-sentyabr.
  2. 2,0 2,1 Saidaminova. „When There is No Time“. verdehr.com (2013).
  3. 3,0 3,1 3,2 3,3 Dilorom Saidaminova. "Ascending to Light" for Solo Violin (2021) - world premiere (inglizcha), qaraldi: 2023-09-10
  4. 4,00 4,01 4,02 4,03 4,04 4,05 4,06 4,07 4,08 4,09 4,10 4,11 4,12 4,13 „Dilorom Saidaminova“. youtube.com. Qaraldi: 2023-yil 10-sentyabr.
  5. „Commissioned Trios by Verdehr Trio“. verdehr.com. Qaraldi: 2023-yil 10-sentyabr.
  6. 6,0 6,1 6,2 „Dilorom Saidaminova“. cci.musicaneo.com (2012).
  7. Cohen, Aaron I.. International encyclopedia of women composers. 2: Sai - Zyb, Appendices, 2. ed., revised and enl, New York: Books & Music, 1987 — 608-bet. ISBN 978-0-9617485-1-7.