Dilshod Ahatov
Dilshod Hamidovich Ahatov | |
---|---|
Oʻzbеkistоnning Olmoniyadagi elchisi | |
Mansab davri 2023-yil 27-sentyabrdan – hozirgacha | |
Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
Oʻtmishdoshi | Nabijon Qosimov[1] |
Mansab davri 2010-yil 4-iyuldan – 2013-yil 27-aprelgacha | |
Prezident | Islom Karimov |
Oʻtmishdoshi | Baxtiyor Gʻulomov |
Vorisi | Durbek Omonov |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
28-fevral 1972-yil Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on shahri |
Dilshod Hamidovich Ahatov — oʻzbek diplomati. 2023-yil 27-sentyabrdan Oʻzbekistonning Germaniyadagi elchisi[2]. 2010—2013-yillarda Oʻzbekistonning Olmoniya, Shveysariya, Shvetsiya, Chexiya va Ispaniyadagi elchisi[3]. 2020—2023-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining Hindiston, Bangladesh va Nepaldagi elchisi boʻlib faoliyat yuritgan.
Maʼlumoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]1993-yilda Moskva davlat xalqaro munosabatlar institutini, 1995-yilda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini tamomlagan. Nemis, rus va ingliz tillarida gapiradi.
1995-1999 — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Yevropa davlatlari departamenti referenti, attashesi.
1999-2003 — O‘zbekiston Respublikasining Olmoniya Federativ Respublikasidagi elchixonasi uchinchi kotibi.
2003-2007 — O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Yevropa davlatlari bilan hamkorlik boshqarmasi boshlig‘i.
2007-2010 — O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Yevropa va NATO davlatlari bilan hamkorlik boshqarmasi boshligʻi.
2010-2013 — O‘zbekiston Respublikasining Germaniya Federativ Respublikasi, bir vaqtning o‘zida Shveysariya, Chexiya, Shvetsiya va Ispaniyadagi Favqulodda va Muxtor Elchisi.
2013-2016 — O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining BMT va xalqaro tashkilotlar bilan ishlash boshqarmasi boshlig‘i.
2016-2018 — O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Yevropa va NATO mamlakatlari bilan hamkorlik boshqarmasi boshlig‘i.
2018-2018 — O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Ikki tomonlama hamkorlik bosh boshqarmasi boshlig‘i.
2018-2020 — O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari.
2020-yil 18-iyuldan 2023-yil 26-sentyabrgacha O‘zbekiston Respublikasining Hindiston Respublikasi, bir vaqtning o‘zida Bangladesh hamda Nepaldagi Favqulodda va Muxtor elchisi etib tayinlanadi[4][5] va bu lavozimda 2023-yilgacha faoliyat yuritadi.
2023-yil 27-sentyabrda Oʻzbekistonning Germaniyadagi elchisi lavozimiga tayinlangan[6].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Davletov kanali(oʻzb.) Telegram mesenjerida
- ↑ „O‘zbekistonning Germaniyadagi elchisi tayinlandi“. Kun.uz. Qaraldi: 2023-yil 27-sentyabr.
- ↑ „O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi“. 2023-yil 4-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 31-yanvar.
- ↑ „Дилшод Ахатов назначен послом Узбекистана в Индии“.
- ↑ „Dilshod Ahatov O‘zbekistonning Hindistondagi elchisi etib tayinlandi“.
- ↑ „В Берлин прибыл новый посол Узбекистана“. dunyo.info. Dunyo AA. Qaraldi: 2023-yil 27-sentyabr.
- 28-fevralda tugʻilganlar
- 1972-yilda tugʻilganlar
- Samarqandda tugʻilganlar
- Oʻzbekistonning Hindistondagi elchilari
- Oʻzbekistonning Ispaniyadagi elchilari
- Oʻzbekistonning Germaniyadagi elchilari
- Oʻzbekistonning Shveytsariyadagi elchilari
- Oʻzbekistonning Shvetsiyadagi elchilari
- Oʻzbekistonning Chexiyadagi elchilari
- Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti bitiruvchilari
- Yashayotgan insonlar