Dima Ghawi
Dima Ghawi | |
---|---|
Tavalludi |
Dima Ghawi 18-iyul 1975-yil |
Ijod qilgan tillari | Turk tili |
Fuqaroligi | Turkiya, Iordaniya va AQSh |
Taʼlimi | BA Iqtisodiyotdan San Diego Shtati Universitetida |
Veb-sayti | |
dimaghawi.com |
Dima Ghawi (1975-yil 18-iyulda tugʻilgan) – iordaniya-amerikalik mukofotga sazovor boʻlgan muallif, yetakchilik boʻyicha asosiy notiq va amaliy murabbiy. Dima Ghawi, LLC asoschisi hamda "Breaking Vases: Shattering Limitations & Daring to Thrive – A Middle eastern Womanʼs Story" (2018) nomli kitobning muallifi hisoblanadi.
Tarjimai holi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ghawi Turkiyaning Anqara shahrida tugʻilib, Iordaniyaning Amman shahrida oʻsgan va keyinchalik 1996-yilda Kaliforniyaning San Diego shahriga koʻchib kelgan. Yaqin Sharq madaniyati va qadriyatlari ichida oʻsgani uning dastlabki tanlovlariga katta taʼsir koʻrsatgan. Ghawi oʻzining hikoyasi bilan ilk marotaba 2014-yilda TEDxLSU sahnasida oʻrtoqlashgan[1].
Ghawi oʻzining qamoqdan qochish, toʻsiqlarni buzib oʻtish, qitʼalarni kesib oʻtish haqidagi hikoyasini boshqalarga kuch bagʻishlash, bundan tashqari oʻzgaruvchan hayotdagi maqsadlarini kashf qilish hamda yaratishga jur’at eta olishi uchun yordam beradi[2].
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ghawi uch karra TEDx nutq soʻzlovchisi[3] va oʻzining „Breaking Vases: Shattering Limitations & Daring to Thrive – A Middle Eastern Womanʼs Story“ xotira kitobi bilan xalqaro eng koʻp sotilgan kitob muallifi boʻlgan.
Ghawi xizmatlari uchun 2014-yilgi Prezidentning koʻngillilar xizmati mukofoti, 2019-yilgi Baton Rouge Business Report ning „2019-yilda biznesdagi nufuzli ayollar“ mukofoti[4], 2014-yilgi Baton Rouge Business Report ning „Forty Under 40“[5] va 2016-yil Luiziana shtati universitetining „Esprit de Femme mukofoti“ nomli mukofotlar bilan taqdirlangan[6]. Oʻzining professional va xayriya ishlari bilan koʻplab nashrlarda asosiy oʻrinni egallagan.
Kitoblari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Ghawi, Dima. Breaking Vases: Shattering Limitations & Daring to Thrive - A Middle Eastern Woman's Story. Dima Ghawi, LLC., 2018 — 232-bet. ISBN 978-0997809350.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ TEDxTalks. „Breaking Glass - A Leadership Story: Dima Ghawi at TEDxLSU“. YouTube.
- ↑ GoalCast. „Transform Fear Into Power, Take Control of Your Destiny!“. YouTube.
- ↑ Spring Hill College TEDx. „The Secret to Transforming your Dream into Reality“. YouTube.
- ↑ Duchmann. „2019 WIB: Dima Ghawi“. Business Report.
- ↑ Font. „Forty Under 40: Dima Ghawi“. Business Report.
- ↑ „2016 Espirt de Femme Honorees“. LSU Women's Center.