Dioko Kaluyituka
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Alain Kaluyituka | ||
Tavallud sanasi | 2-yanvar 1987-yil | ||
Tavallud joyi | Kinshasa, Zaire | ||
Boʻyi | 1.75 m | ||
Ampluasi | Hujumchi | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2004—2006 | AS Vita | ||
2007—2011 | TP Mazembe | ||
2011—2015 | Al Ahli | 65 | (52) |
2012—2013 | → Al Kharaitiyat (ijara) | 17 | (8) |
2015—2017 | Al-Gharafa | 15 | (5) |
2016 | → Lekhwiya (ijara) | 8 | (5) |
2016—2017 | → Muaither SC (ijara) | 10 | (4) |
Milliy terma jamoa | |||
2004—2013 | Congo DR[1] | 30 | (9) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (1-aprel 2016-yil uchun) |
Alen Kaluyituka (1987-yil, 2-yanvarda tugʻilgan) — Kongo DR assotsiatsiyasi futbolchisi, hozirda hujumchi sifatida oʻynaydi. U oʻz mamlakati Kongo Demokratik Respublikasi sharafini 30 marta himoya qilib, 9 marta raqiblar darvozasini ishgʻol qilgan. U oʻzining sobiq klubi TP Mazembeni xalqaro futbolda CAF Chempionlar Ligasida va FIFA Klublar oʻrtasidagi Jahon chempionatida himoya qilgan.
Klubdagi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Dioko Kinshasada tugʻilgan va 2004-yilda Linafoot klubi AS Vita Club klubini 2 yil himoya qilgan. Keyin u 2007-yilda TP Mazembega oʻtadi va u yerda darhol muvaffaqiyat qozonadi. U klub safida 2007-yilda CAF Chempionlar ligasida oʻynagan va ular FAR Rabat tomonidan musobaqadan chiqazib yuborishdan oldin 1/16 saralash bosqichiga chiqqan. 2008-yilgi CAF Chempionlar ligasida u oʻz klubini himoya qilgan, ammo ular B guruhidan chiqib ketishgan va umumiy hisobda uchinchi oʻrinni egallashgan[2]. Ularning yakuniy muvaffaqiyati 2009-yilgi CAF Chempionlar ligasida boʻlib, Mazembe gʻalaba qozongan. Dioko 8 ta gol urib, Oltin butsa qoʻlgan kiritgan. Bu TP Mazembe birinchi marta 2009-yilgi klublar oʻrtasidagi jahon chempionatiga yoʻllanma olishlariga sababchi boʻldi. Dioko klublar oʻrtasidagi FIFA Jahon chempionatida ishtirok etayotgan klubni himoya qilgan, ular 7 ta klub oʻrasida 6-oʻrinni egallashdi[3].
U 2010-yilgi klublar oʻrtasidagi jahon chempionatining yarim finalidagi ikkinchi golni kiritdi, oʻshanda TP Mazembe Braziliyaning Internacional jamoasini 2:0 hisobida magʻlub etib, Yevropa va Janubiy Amerika tashqarisida FIFA klublar oʻrtasidagi jahon chempionati finaliga chiqqan birinchi jamoa boʻldi. Turnirda Kumush toʻp bilan taqdirlandi.
2011-yilda Dioko Qatarning Al-Ahly Doha klubi bilan uch yillik shartnoma imzoladi[4], u allaqachon Mazembe klubidagidek yangi klubida ham 15-raqamli formada jamoasini himoya qiladigan boʻldi. Transferni yakunlash chogʻida Mazembe va Al Ahly oʻrtasida nizo kelib chiqdi. FIFA Al Ahly foydasiga qaror qildi va futbolchi Qatar Yulduzlar Ligasida oʻynash huquqini qoʻlga kiritdi[5].
2012-yilning iyulida Dioko Al Ahlydan Al Kharaitiyatga bir mavsumlik shartnoma asosida ijaraga berildi. U 2015-yilning iyulida Al Gharafaga oʻtdi[6].
Xalqaro faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Dioko DR Kongo milliy futbol jamoasi sharafini 10 marta himoya qilgan va 3 marta gol urgan. Oʻyinlarning barchasi 2006-yilgi Jahon chempionati saralash bosqichida boʻlgan.
Xalqaro ishtiroki
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Ballar va natijalar birinchi boʻlib Kongo Demokratik Respublikasining gollari roʻyxatini koʻrsatadi.
Son | Sana | Joy | Raqib | Hisob | Natija | Musobaqa |
---|---|---|---|---|---|---|
1. | 2004-yil 3-iyul | Stadio da Varzea, Praia, Kabo-Verde | Kabo-Verde | 1 — 0 | 1-1 | 2006-yilgi FIFA Jahon chempionati saralashi |
2. | 2009-yil 9-may | Milliy stadion, Dar es Salaam, Tanzaniya | Tanzaniya | 1 — 0 | 2-0 | Doʻstona |
3. | 2 — 0 | |||||
4. | 2011-yil 7-oktyabr | Stade des Martyrs, Kinshasa, Kongo DR | Kamerun | 1 — 0 | 2-3 | 2012 Afrika Millatlar Kubogi saralashi |
5. | 2011-yil 11-noyabr | Somhlolo milliy stadioni, Lobamba, Svazilend | Swaziland | 1 — 0 | 3-1 | 2014-yilgi FIFA Jahon chempionati saralashi |
6. | 2011-yil 15-noyabr | Stade des Martyrs, Kinshasa, Kongo DR | Swaziland | 2 — 0 | 5-1 | 2014-yilgi FIFA Jahon chempionati saralashi |
7. | 4 — 0 | |||||
8. | 2012-yil 29-fevral | Stade Linite, Viktoriya, Seyshel orollari | Seyshell orollari | 1 — 0 | 3-0 | 2013 Afrika Millatlar Kubogi saralashi |
9. | 3 — 0 |
Yutuqlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- TP Mazembe
- Linafoot: 2009
- CAF Chempionlar Ligasi: 2009, 2010
- 2010 FIFA Klublar oʻrtasidagi Jahon Chempionati: Ikkinchi oʻrin
Individual
[tahrir | manbasini tahrirlash]- FIFA Klublar oʻrtasidagi jahon chempionati kumush toʻpi: 2010-yil
- Qatar Yulduzlar Ligasining eng yaxshi toʻpurari: 2013-14
- Qatar Yulduzlar Ligasi oyining eng yaxshi futbolchisi: 2014-yil noyabr
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Dioko Kaluyituka National-Football-Teams.com saytida
- ↑ „Congo DR - D. Kaluyituka - Profile with news, career statistics and history - Soccerway“ (inglizcha). int.soccerway.com. Qaraldi: 28-mart 2018-yil.
- ↑ FIFA.com. „FIFA Club World Cup archive - FIFA.com“ (inglizcha). FIFA.com. 2010-yil 17-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 28-mart 2018-yil.
- ↑ „Congolese Kaluyituka for Ahli“. 2011-yil 27-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 17-sentabr 2011-yil.
- ↑ „Fifa says Kaluyituka is free to play in Qatar“ (inglizcha). BBC Sport (14-sentabr 2011-yil). Qaraldi: 28-mart 2018-yil.
- ↑ „Al Ahli to unveil new Congolese signing Firmin Ndombe Mubele to media“. Qatar Stars League (8-iyul 2015-yil). 2015-yil 25-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 24-iyul 2015-yil.