Kinshasa
Kinshasa fransuzcha: Kinshasa | |
---|---|
poytaxt shahar | |
4°19′19″S 15°18′43″E / 4.32194°S 15.31194°E | |
Mamlakat | Kongo Demokratik Respublikasi |
Provintsiya | Kinshasa |
Hukumat | |
• Gubernator | Djentini Mbaka Ngobila[1] |
Asos solingan | 1881-yil |
Avvalgi nomlari | Leapoldville |
Maydon | 9,965 km2 (3,848 kv mi) |
Markazi balandligi | 240 m |
Iqlim turi | Ekvotrial |
Rasmiy til(lar)i | fransuzcha |
Aholisi (2021) |
14 740 000 |
Zichligi | 1162 kishi/km2 |
Etnoxoronim | kinshasalik |
Vaqt mintaqasi | UTC+1 |
Telefon kodi | +24312 |
|
Kinshasa (1966-yilgacha Leopoldvil) — Kongo Demokratik Respublikasining poytaxti. Shahar Kongo daryosining soʻl sohili boʻylab 15 km ga choʻzilgan. Kinshasa provinsiya huquqiga tenglashtirilgan alohida maʼmuriy birlikdir. Aholisi 14,7 mln. kishi (2021). Iqlimi subekvatorial. Iyulning oʻrtacha harorati 22° ni, aprelniki esa 27° ni tashkil qiladi. Yillik yogʻin miqdori 1359 mm ga teng[2].
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Shahar 1881-yildan qurila boshlagan va Belgiya qiroli Leopold II nomiga qoʻyilgan. Shahar 1926—1960-yillarda Belgiya mustamlakasining maʼmuriy markazi boʻlgan. 1960-yildan Kongo Respublikasi (1964-yildan Kongo Demokratik Respublikasi), 1971—1997 yillar Zair Respublikasi poytaxti boʻlgan[2].
Iqlimi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Transport
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kinshasa mamlakatning asosiy savdo, transport, sanoat, moliya va madaniyat markazi. Avtomobil yoʻllari tuguni. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Mamlakat tashqi savdosining koʻp qismi K. orqali oʻtadi. K. portida yillik yuk ortib-tushirish 2 mln. t atrofida. Kinshasa orqali Kongo daryosi quyi qismidagi Matadi dengiz porti bilan bogʻlangan. K.dan Brazzavil shahriga parom qatnaydi[2].
Sanoat
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oziq-ovqat, toʻqimachilik, tikuvchilik, koʻn poyabzal, kimyo, mashinasozlik, yogʻochsozlik, kemasozlik sanoati, kema remonti, elektr priborlari ishlab chiqarish, qurilish materiallari korxonalari, oyna va shisha idishlar zavodi bor. Maluku rayonida yirik metallurgiya kompleksi qurilgan[2].
Taʼlim
[tahrir | manbasini tahrirlash]Milliy universitet, institutlar, Nafis sanʼat milliy akademiyasi, Geografiya ilmiy tadqiqot instituti, Geologiya xizmati ilmiy muassasasi, Tropik tibbiyot instituti (1899), Afrika sanʼati muzeyi, hayvonot bogʻi va boshqa bor.[2]
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Kinshasa : la lutte contre l’insécurité et l’insalubrité, priorités de Gentiny Ngobila“ (fr). 2019-yil 11-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-17-02.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 2,3 2,4 OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |