Nuakshot
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Nuakshot — Mavritaniya poytaxti. Mamlakatning iqtisodiy va madaniy markazi. Atlantika okeani sohilida. Iqlimi tropik choʻl iqlimi. Yanvarda oʻrtacha temperatura 21°, iyulda 28°. Yillikyogʻin 150 mm. Aholisi 667 ming kishi (1999), asli barbar arablaridan kelib chiqqan mavrlar.
Nuakshot 17-asrda portugal mustamlakachilarning harbiy qalʼasi yonida vujudga kelgan. Keyinrok, fransuzlarning Mavritaniyani bosib olishda asosiy tayanch bazalaridan boʻldi. 1950-yilda Senegal daryosining kuchli toshqinidan Nuakshot butunlay vayron boʻlgan. 1957-yilda undan 1 km shim.roqda shu nomda yangi shahar bunyod etildi. 1958-yilda mamla-kat poytaxti Sen-Luidan (Senegal) Nuakshotga koʻchirildi.
Nuakshot — dengiz porti. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Sanoati oziq-ovqat, yogʻochsozlik, metallsozlik, kichikroq kemalar quruvchi verflar, ishqor fabikasi, bosmaxona, dengiz suvini chuchu-tuvchi qurilma, mayda hunarmandchilik korxonalari va ustaxonalaridan ibo-rat. Universitet, Milliy kutubxona, issiqlik elektr stansiyasi bor. Meʼmoriy binolardan Prezident saroyi, Adliya saroyi, Milliy majlis binolari qurilgan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |