Kontent qismiga oʻtish

Dmitriy Poznanskiy

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Dmitriy Poznanskiy
Tavalludi 1904-yil
Vafoti 28-fevral 1943-yil
Bazaliivka, Xarkov viloyati, Ukraina SSR, SSSR
Fuqaroligi Rossiya imperiyasining bayrogʻi Rossiya imperiyasi SSSR bayrogʻi SSSR
Kasbi rejissyor, ssenariynavis

Dmitriy Alekseyevich Poznanskiy (1904-yil, Toshkent – 1943-yil 28-fevral, Ukraina SSR, Xarkov viloyati Chuguyevskiy tumani Bazaliivka, SSSR) – sovet kinorejissyor, Odessa kinostudiyasi direktori (19401941).

Dmitriy Poznanskiy 1927-yilda Davlat kinematografiya kollejining (DKK) rejissyorlik fakultetini tamomlagan. 1929-yilda Aleksandr Strijak bilan birgalikda suratga olingan „Yeyo put“ filmida debyut qildi.

Dmitriyning navbatdagi „Nenujnaya vrajda“ (1930) filmi ekranga yuzini koʻrmadi ham, saqlanmadi ham[1].

1931-yilda „Zabit nelzya“ filmini suratga oldi. Dmitriy „Mejrabpomfilm“ kinofabrikasida direktori oʻrinbosari lavozimida faoliyat olib borgan[2].

Dmitriy Alekseyevich 1934-yilda Butunittifoq Bolsheviklar Kommunistik partiyasi Markaziy Komiteti Poznanskiyni Tojikiston SSRga rahbarlik qilishga yubordi. 1934-yil apreldan 1935-yil iyulgacha Tojikiston SSR Xalq Komissarlari Soveti huzuridagi Kino va fotosanoat boshqarmasi boshligʻi[3][4] hamda „Tojikkino“da direktor boʻlib ishlagan[2].

KPT Markaziy Komiteti Byurosining 1935-yil 13-iyuldagi qarori bilan Dmitriy Alekseyevich „ishning barbod boʻlishiga yoʻl qoʻygani, apparatni sinfiy yot elementlar bilan toʻsib qoʻygani, davlat mablagʻlarini isrof qilgani, ishda qarindosh-urugʻchilikka yoʻl qoʻygani uchun“ lavozimidan chetlashtirilgan.

Rejissyor Dmitriy 1936-yilda Yuriy Vasilchikov bilan birgalikda „Ay-Gul“ filmini suratga olgan.

1938-yilda uning Albert Gandelshteyn bilan birgalikda „Poyezd idyot v Moskvu“ filmi chiqdi. Dmitriy 1939-yilda mustaqil ravishda „Vozdushnaya pochta“ filmini suratga oldi.

Dmitriy 1940–1941-yillarda Odessa kinostudiyasining direktori boʻlgan.

Dmitriyning rafiqasi Polina Yevseyevna Poznanskaya rejissyor yordamchisi boʻlib ishlagan. Oʻgʻli Vladimir Dmitriyevich Poznanskiy (1932-yilda tugʻilgan) fuqaro aviatsiyasi navigatori va jurnalist boʻlgan. Kichkina oʻgʻli Aleksey Dmitriyevich Poznanskiy (19391999) rejissyor va nabirasi Dimitriy Alekseyevich Poznanskiy (19742010) ruhoniy boʻlgan.

  1. Margolit Ye., Shmirov V. Izʼyatoe kino. M., 1995, s. 14.
  2. 2,0 2,1 Kinovedcheskie zapiski. – Moskva, 2008. – № 86, s. 92.
  3. „ПОЗНАНСКИЙ | TsentrAziya“. centrasia.org. Qaraldi: 2023-yil 9-noyabr.
  4. Xabur V. P. Kak molodi mi bili… / Jizn v kino: Veterani o sebe i svoix tovariщax: sbornik. Vip. 3-y / Soyuz kinematografistov SSSR. Komissiya veteranov; sost. O. T. Nesterovich. – M. : Iskusstvo, 1986, s. 299.