Kontent qismiga oʻtish

Doʻlana kapalagi

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Doʻlana kapalagi
Biologik klassifikatsiya
Olam: Oʻsimlik

Doʻlana kapalagi (Aporia crataegi L.) — oq kapalaklar oilasiga mansub, meva daraxtlari (olma, nok, olxoʻri, oʻrik va b.)ga katta zarar yetkazadigan zararkunanda hasharot. Yevrosiyo, Shim. Amerikaning moʻʼtadil mintaqalarida tarqalgan. Oʻrta Osiyoning togʻli zonalarida uchraydi, daraxt kurtagi, bargi, guli bilan oziqlanadi. Koʻp urchigan yillari mevali daraxtlarini yalan-gʻochlab, xoʻjalikka jiddiy zarar yet-kazadi. D.k.ning kattaligi qanotlari yozilganda 6—6,5 sm, oq. Qanotlari xira oqish, qanot tomirlari qora va yoʻgʻon. Qurti 4,5 sm, tanasi kalta tuklar bilan qoplangan. Qurtining orqa tomonida uzunasiga oʻtgan uchta kul-rang va ikkita sargʻish yoʻli bor, ost-ki va yon tomonlari kulrang . Gʻumbagi koʻp qirrali, uz. 2 sm, rangi sargʻish-oq yoki och yashil, qora dogʻchalari bor. D. k. daraxt shoxlarida qurtlik davrida qishlaydi. Apr.da uyasini tashlab chiqib, dastlab kurtak, keyinroq yosh barglar bilan oziqlanadi. Qurtlar may boshlarida gʻumbakka aylanadi, 1,5 haftada kapalak chiqadi. Urgʻochi kapalaklar barg ustiga 30 dan 200 tagacha tuxum qoʻyadi, ikki haftada tuxumdan qurt chiqadi. D. k. yiliga bir marta nayel beradi.

Kurash choralari: D. k. ningqish-ki uyalari yigʻib olinadi, daraxtlar nugor, molfos, mitak, fozalon preparatlari bilan dorilanadi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil