Doʻst Muhammad

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Doʻst Muhammad (15–16-asrlar) – hirotlik forsiynavis shoir. Nomi “Majolis un-nafois”ning uchinchi majlisida tilga olinadi. Alisher Navoiy uning Margʻaniy mahallasidan ekanligini aytib, ham she'rni, ham muammoni yaxshi aytishi haqida ma'lumot beradi. “Majolis un-nafois”da uning “Safiy” ismiga bitilgan bir muammosi va quyidagi bayti keltirilgan:

Balost az tu ba dil har zamon jafoyi digar,

Jafoki, bar digare mekuni, baloyi digar.

(Mazmuni: Dilimga doimo jafo yetkazasan. Boshqalarga yetkazgan jafoying ham men uchun yana bir balodir)[1][2].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. "Alisher Navoiy: Qomusiy lugʻat". 
  2. "Majolis un-nafois".