Don't Speak
„Don't Speak“ | ||||
---|---|---|---|---|
No Doubt qoʻshigʻi | ||||
„Tragic Kingdom“ albomidan | ||||
B tomon |
| |||
Chiqarilgan sanasi | 15-aprel, 1996-yil | |||
Yozib olingan | 1995 | |||
Janr | Alternativ rok | |||
Davomiyligi | 4:24 | |||
Leybl | Interscope | |||
Matn muallif(lar)i | ||||
Prodyuser(lar) | Matthew Wilder | |||
No Doubt xronologiyasi | ||||
| ||||
Klipi | ||||
"Don't Speak" YouTubeda |
„Donʼt Speak“ (inglizchadan tarjimasi: „Gapirma“) AQShda tuzilgan No Doubt rok guruhi ijro etgan qoʻshiqdir. 1996-yilning 15-aprelida guruhning Tragic Kingdom nomli uchinchi studiyaviy albomining uchinchi singli oʻlaroq chiqarilgan. Qoʻshiq soʻzlarini guruh solisti Gwen Stefani va uning akasi Eric Stefani (sobiq No Doubt guruhi aʼzosi) yozishgan. Avvalboshda muhabbat haqida boʻlgan ushbu tarona matni bir necha bor oʻzgartirilgan. Soʻngida, Gwen guruhdoshi va sobiq yigiti Tony Kanal bilan yetti yillik munosabatini tugatgagani ortidan qoʻshiq matnini ajralish haqidagi ashulaga oʻzgartirgan.[1][2]
Mashhur boʻlishiga qaramay, „Donʼt Speak“ Billboard Hot 100 chartidan oʻrin olishga muvaffaq boʻlmadi, ammo Hot 100 Airplay chartida 16 hafta davomida birinchi pogʻonani egallab turdi.[3] AQShdan tashqarida, ashula Avstraliya, Birlashgan Qirollik, Kanada, Irlandiya, Islandiya, Niderlandiya va Yangi Zelandiya kabi mamlakatlar hit-paradlarida choʻqqiga erishgan (birinchi pogʻonani egallagan) va No Doubt guruhining hit ashulasiga aylangan. Bundan tashqari, „Donʼt Speak“ „Yil qoʻshigʻi“ va „Eng yaxshi pop ijro“ nominatsiyalarida Grammy mukofotiga nomzod boʻlgan.[4][5]
„Donʼt Speak“ qoʻshigʻi Blender jurnalining „Eng buyuk 500 ashula“ roʻyxatida 495-oʻrinni egallagan.[6] Bundan tashqari, Band Hero, Rock Band 2 va Guitar Hero III kabi videooʻyinlarga kiritilgan.[7][8][9]
Trek-list
[tahrir | manbasini tahrirlash]UK, European CD single UK cassette single
- "Don't Speak" – 4:23
- "Greener Pastures" (The Beacon Street Collection albomidan) – 5:05
UK, European, Australian and Japanese CD maxi single
- "Don't Speak" – 4:23
- "Don't Speak" (Alternate Version) – 4:23
- "Hey You" (Acoustic Version) – 3:25
- "Greener Pastures" (The Beacon Street Collection albomidan) – 5:05
UK limited 7-inch vinyl single
- A. "Don't Speak" – 4:23
- B. "Greener Pastures" – 5:05
Reliz tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mamlakat | Sana |
---|---|
AQSh | 15-aprel, 1996-yil |
Niderlandiya | 30-noyabr, 1996-yil |
Birlashgan Qirollik | 10-fevral, 1997-yil |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Nostro, Lauren „No Doubt Tells All: The Stories Behind Their Classic Records“. complex.com (25-sentyabr 2012-yil). 2022-yil 27-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 26-noyabr 2017-yil.
- ↑ Sieczkowski, Cavan „Gwen Stefani And Tony Kanal Talk About 'Brutal' Breakup & The Pain Of Performing 'Don't Speak'“. Huffington Post (24-sentyabr 2012-yil). Qaraldi: 31-mart 2014-yil.
- ↑ „No Doubt“. Billboard. Qaraldi: 26-iyun 2016-yil.
{{cite magazine}}
: CS1 maint: date format () - ↑ Strauss, Neil. „Grammy Nominations Yield Surprises, Including Newcomer's Success“. The New York Times (7-yanvar 1998-yil). Qaraldi: 24-aprel 2010-yil.
- ↑ „List of Grammy award nominations“. CNN (6-yanvar 1998-yil). 22-oktyabr 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 11-avgust 2020-yil.
- ↑ „The 500 Greatest Songs Since You Were Born: 451-500“. Blender. Alpha Media Group Inc (2005-yil oktyabr). 14-dekabr 2007-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-dekabr 2007-yil.
- ↑ Reilly, Jim „Band Hero Track List Revealed“. IGN (2009-yil 19-oktyabr). Qaraldi: 2020-yil 11-avgust.
- ↑ Burg, Dustin „No doubt, No Doubt Rock Band DLC now available“ (en). Engadget (2008-yil 9-dekabr). Qaraldi: 2020-yil 11-avgust.
- ↑ Hryb, Larry „Guitar Hero III: No Doubt Track Pack“. Major Nelson's Blog (2008-yil 28-fevral). 2008-yil 1-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 28-fevral.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Qoʻshiq soʻzlari, Wayback Machine saytida (11-fevral 2007-yil sanasida arxivlangan).