Gwen Stefani
Gwen Stefani | |
---|---|
Stefani 2015-yild | |
Umumiy maʼlumot | |
Tavalludi |
Gwen Renée Stefani 3-oktyabr 1969-yil |
Janrlar |
Rok Pop Ska |
Faoliyat yillari | 1986-bugun |
Guruhlari | No Doubt |
Fuqaroligi | AQSh |
Turmush oʻrtogʻi | Gavin Rossdale[1] va Blake Shelton[2] |
Amplua | vokal |
Veb-sayt | www.GwenStefani.com |
Gwen Renée Stefani (Gven Rene Stefani) (1969-yil 3-oktabrda tugʻilgan) — amerikalik qoʻshiqchi, qoʻshiqnavis, moda dizayneri, aktrisa hamda No Doubt rok-guruhining vokalchisi.
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yoshligi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Gven Stefani Anahaym shahrida tugʻilgan, bu shahr Kaliforniyaning Los Anjelesidan uncha uzoqda emas. Boʻlajak yulduzning otasi — Denis Stefani italyan kelib chiqishga ega amerikalik, onasi Petti Flinn (Patti Flynn) esa irland va shotland ildizlarga ega. Stefani oilada yolgʻiz farzand emas: uning opasi Jill va ikki akasi — Erik va Todd bor. Jill „No Doubt“ning qoʻshigʻi Just A Girlga olingan klipda suratga tushgan.
Stefani Fulertondagi Kaliforniya davlat universitetini hamda Loarning oliy maktabini (1987-yilgi bitiruv) tamomlagan. U yerda Gven suzish boʻyicha komandaning tarkibiga kirar edi. Stefanining birinchi ishi „Dairy Queen“ fast-fudida pol yuvish edi, u shuningdek doʻkonda ham ishlagan.
No Doubt
[tahrir | manbasini tahrirlash]Gven Stefani u paytda ska-guruh boʻlgan „No Doubt“ tarkibiga 1986-yili — guruh tashkil topgan yilning oʻzidayoq qoʻshiladi. Stefani katta akasi Erik tufayli guruhga qoʻshiladi, u kollektivning asoschilaridan biri boʻladi. Avval Stefani „No Doubt“da faqatgina qoʻsh-vokalchi boʻladi, ammo guruhning vokalchisi John Spensning oʻz joniga suiqasdidan soʻng, Gven lider pozitsiyasini egallaydi. Guruhga muvaffaqiyat darrov kelmaydi: dastlabki ikki albom — No Doubt (1992) va The Beacon Street Collection (1995) — tinglovchilar orasida qiziqish uygʻotmaydi. Ammo, uchinchi albom — Tragic Kingdom Just a Girl va Don't Speak hitlari tufayli „No Doubt“ga oldinga katta qadam tashlashga imkoniyat beradi.
„No Doubt“ tarkibida Stefani navbatdagi albomlar — Return of Saturn va Rock Steadylarning yozuvida ishtirok etadi. Koʻp jihatlaridan Stefanining harizmasi tufayli „No Doubt“ dunyo boʻylab mashhur pop-guruhga aylana oladi.
Guruhdan alohida holda qoʻshiqchi 2000-yili ishlay boshladi, u Moby bilan South Side singlini yaratadi, 2002-yili esa Iv bilan hamkorlikda Let Me Blow Ya Mind singlini chiqaradi va bu singl unga „Grammy“ olib keladi.
Love. Angel. Music. Baby.
[tahrir | manbasini tahrirlash]Stefanining debyut yakkahon albomi Love. Angel. Music. Baby. Yevropa va Osiyoda 2004-yil 22-noyabrda, Shimoliy Amerikada 2004-yil 23-noyabrda chiqadi.
Albomning yozilish vaqtida qoʻshiqchi Linda Perri, Farrel Uilyams, Andre 3000 va boshqalar bilan hamkorlik qilgan. Hamkorlik ishining mahsuli jiddiy muvaffaqiyatga erishadi: birinchi haftasidayoq AQShda albomning 310 000 nushasi sotiladi, bu „No Doubt“ning boshqa ixtiyoriy albomining sotuvlaridan koʻproq edi. Albom „Billboard Top 200“ hit-paradining 5 qatoriga koʻtariladi, Kanada chartining 5 pogʻonasiga, Buyuk Britaniya chartida 4 va Avstraliya chartida birinchi oʻringa chiqadi.
Musiqiy planda Gven Stefanining yakkahon faoliyati „No Doubt“ ishlaridan sezilarli darajada farq qiladi: „Love. Angel. Music. Baby.“ uchun 1980-yillar pop musiqasining jarangi hos. Koʻpchilik tanqidchilar musiqiy materialni Madonnaning ilk ishlariga oʻxshatishadi, bundan tashqari Stefani-mallasoch obrazi aniq „klassik“ Madonnani eslatadi. Maʼlumki, Gven Stefanini yangi Madonna „unvon“iga asosiy talabgor deb nomlashadi, shu ham aniqki, Madonnaning oʻzi Stefanini isteʼdodli va qiziqarli qoʻshiqchi deb hisoblaydi va bu „unvon“ga loyiq deb topadi.
Love. Angel. Music. Baby. albomidan 6ta singl chiqarilgan: What You Waiting For?, Rich Girl, Hollaback Girl, Cool, Luxurious va Crash. Kommers jihatdan eng muvaffaqiyatli boʻlib uchinchi singl Hollaback Girl boʻlib chiqdi, shuningdek u oʻziga hos rekord oʻrnatdi: qoʻshiq „iTunes“ doʻkonidan milion martadan ortiq yuklangan birinchi kompozitsiya boʻladi hamda „iTunes“ doʻkonining 2005-yili eng koʻp yuklangan qoʻshigʻi boʻladi. Yakunlarga koʻra Billboard jurnali bu qoʻshiqni Amerika bozorida eng koʻp sotiladigan kompozitsiya deb topadi. Bundan tashqari, bu qoʻshiq „Grammy“ mukofotiga 2 nominatsiyada koʻrsatiladi.
Oilaviy hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]2002-yili Gven Stefani britaniyalik „Bush“ rok-guruhining vokalchisi va gitarachisi Gevin Rosdeylga turmushga chiqadi.
Kinokaryera
[tahrir | manbasini tahrirlash]Gven Stefani — boshlovchi aktrisa. Uning yagona ishi — bu Martin Skorseze (Martin Scorsese)ning Aviator (2004) filmida epizodik roldir. U bu filmda Hollivud kinoyulduzi Jin Harlou (Jean Harlow) rolini ijro etadi. Suratga olish maydonchasida uning hamkorlari Leonardo DiKaprio (Leonardo DiCaprio), Keyt Bekinseyl (Kate Beckinsale), Keyt Blanshett (Cate Blanchett) va Alek Bolduin (Alec Baldwin) kabi mashhur aktyorlar boʻladi.
Ayrim faktlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- „L.A.M.B“ nomli muvaffaqiyatli yoshlar kiyim-kechak markasini yaratgan.
- Uning laqablari — Sunshine va G-loc.
- Hewlett-Packard kamerasining dizaynini ishlab chiqdi.
- Sevimli guruhlari: Sublime, 311, Blur, Radiohead, Madness va Jamiroquai.
- Yaqin dugonasi — Garbage guruhining yakkahoni Shirley Manson.
- Keng tarqalgan mish-mishlarga teskari uning haqiqiy ismi Gvendolin emas, balki Gven.
- Italyan tili talaffuzlari qoidalariga koʻra Stefani familiyasida urgʻu ikkinchi boʻgʻinga tushadi.
Diskografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Studiyaviy albomlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yil | Albom | AQSH | Buyuk Br. | Kanada | Avstral. | Germ. | AT | Xitoy | Niderl. | Yev.It. | Dunyoviy sotuvlar |
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
2004 | Love. Angel. Music. Baby. Love. Angel. Music. Baby. |
5 | 4 | 5 | 1 | 11 | 12 | 17 | 14 | 5 | 7.000.000 |
2006 | The Sweet Escape The Sweet Escape |
3 | 14 | - | 2 | 35 | - | - | - | - | 3.000.000 |
Singllar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yil | Nomi | Albom | AQSH | Buyuk Br. | Kanada | Avstral. | Germ. | Avstriya | Xitoy | AQSHda sotuvlar |
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
2000 | „South Side“ (Moby bilan) |
Play | 14 | - | - | - | - | - | - | Kumush |
2001 | „Let Me Blow Ya Mind“ | Scorpion | 2 | 4 | - | - | 5 | 6 | 1 | 2 karra platinaviy |
2004 | „What You Waiting For?“ | Love. Angel. Music. Baby. | 47 | 4 | 4 | 1 | 22 | 7 | 17 | Platinaviy |
2005 | „Rich Girl“ |
Love. Angel. Music. Baby. | 7 | 4 | 4 | 2 | 14 | 10 | 5 | 2 karra platinaviy |
2005 | „Hollaback Girl“ | Love. Angel. Music. Baby. | 1 | 8 | 1 | 1 | 3 | 5 | 4 | 5 karra platinaviy |
2005 | „Cool“ | Love. Angel. Music. Baby." | 13 | 11 | 1 | 10 | 20 | 15 | 3 | Oltin |
2005 | „Can I Have It Like That“ |
In My Mind | 48 | 3 | - | 22 | 37 | - | 67 | Kumush |
2005 | „Luxurious“ | Love. Angel. Music. Baby. | 21 | 44 | 11 | 25 | 67 | 66 | 39 | Oltin |
2006 | "Crash" | Love. Angel. Music. Baby. | 49 | — | 87 | — | — | — | — | +50.000 |
2006 | „Wind It Up“ | The Sweet Escape | 6 | 3 | 18 | 5 | 21 | 18 | 14 | Oltin |
2007 | „The Sweet Escape“ | The Sweet Escape | 3 | 2 | 3 | 2 | — | — | — | Platinaviy |
Grammy mukofotlarining tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kategoriya | Janr | Ish | Yil | РNatija |
---|---|---|---|---|
Best Pop Female Vocal Performance | Pop | "Hollaback Girl" | 2006 | Nominatsiya |
Yil yozuvi | Umumiy | "Hollaback Girl" | 2006 | Nominatsiya |
Eng yaxshi pop-albom | Pop | Love.Angel.Music.Baby | 2006 | Nominatsiya |
Best Rap/Sung Collaboration | Rep | "Rich Girl" | 2006 | Nominatsiya |
Yil albomi | Umumiy | Love.Angel.Music.Baby | 2006 | Nominatsiya |
Best Pop Female Vocal Performance | Pop | "What You Waiting For?" | 2005 | Nominatsiya |
Best Rap/Sung Collaboration | Rep | "Let Me Blow Ya Mind" | 2002 | Gʻalaba |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Rasmiy sayt (ingl.)
- 3-oktyabrda tugʻilganlar
- 1969-yilda tugʻilganlar
- Qoʻshiqlari Billboard Hot 100 xit-paradida eng yuqori pogʻonaga koʻtarilgan ijrochilar
- AQSh musiqachilari
- Amerikalik aktrisalar
- Amerikalik ayol qoʻshiqchilar
- Amerikalik televideniye aktrisalari
- Amerikalik ovoz aktrisalari
- Yashayotgan insonlar
- Grammy mukofoti sovrindorlari
- Brit mukofoti sovrindorlari
- Amerikalik ayol pop-qoʻshiqchilar
- Amerikalik hip hop-qoʻshiqchilar
- Amerikalik rok-qoʻshiqchilar