Dora Biro
Dora Biro | |
---|---|
Tavalludi |
|
Ish joylari | Rochester universiteti, Oksford universiteti, Kioto universiteti |
Institutlar | Oksford universiteti |
Tashqi videofayllar | |
---|---|
“Dora Biro - Collective Action at the Cognition-culture Interface”, ASAB Summer, September 16, 2019. |
Dora Biro — inson xulq-atvorini oʻrganuvchi biolog hamda Rochester universitetida inson miyasini tadqiq qilish boʻyicha professor[1][2]. Avval Oksford universitetida hayvonlarning xulq-atvorini oʻrganuvchi professor boʻlib ishlagan[3] va Yaponiyaning Kioto universitetiga sut emizuvchilarni oʻrganuvchi professor sifati tashrif buyurgan[4]. Biro ijtimoiy xulq-atvor, muammolarni hal qilish hamda qushlar va sut emizuvchilarni oʻrganish boʻyicha oʻqigan.
Taʼlimi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Biro 1997-yil biologiya sohasi boʻyicha bakalavr diplomini olgach, hayvonlar xulq-atvorini oʻrganish boʻyicha doktorlik ishini Oksford universitetida yoqlaydi[5].
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Biro 2002—2003-yillarda Yaponiya ilm-fanni targʻib qilish jamiyatining doktorlikkacha boʻlgan izlanishlar guruhi aʼzosi boʻlgan. 2003—2006-yillarda Oksford universitetida muhandislik va fizika fanlari tadqiqot kengashiga aʼzo boʻlgan. 2007-yilda Yaponiyaning Kioto universitetiga sut emizuvchilarni oʻrganish boʻyicha professor sifatida tashrif buyurgan. 2013-yilda Biro hayvonlar xulq-atvori boʻyicha Hug kollejida zoologiya fanidan professor sifatida dars oʻtib beradi.
Tadqiqotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Biro ijtimoiy xulq-atvor, muammolarni hal qilish hamda qushlar va sut emizuvchilarni oʻrganish boʻyicha alohida guruhlarda taʼlim olgan. Keyinchalik zamon bilan hamnafas boʻlib shimpanzelarning yuz harakatlarini aniqlash boʻyicha sunʼiy intellektga aloqador izlanishlar olib borgan. Matematik modellashtirish, GPS kuzatuv akselerometrlarini ham hayvonlarga aloqador qismlari boʻyicha koʻplab izlanishlar olib borgan[6].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ https://www.pressreleasepoint.com/eight-faculty-members-appointed-named-professorships
- ↑ http://www.sas.rochester.edu/bcs/people/faculty/biro_dora/index.html
- ↑ Vernimmen, Tim (29 Iyul 2022). „Cultural transmission makes animals flexible, but vulnerable“. Knowable Magazine | Annual Reviews (inglizcha). Qaraldi: 10 August 2022.
{{cite magazine}}
:|doi-access=
requires|doi=
(yordam); Unknown parameter|do=
ignored (yordam) - ↑ „Dora Biro“ (en). Center for Academic Research and Training in Anthropogeny (CARTA). Qaraldi: 2022-yil 10-avgust.
- ↑ „Dora Biro“ (en). Oxford Mosaic. Qaraldi: 2022-yil 11-avgust.
- ↑ https://www.smithsonianmag.com/innovation/how-scientists-are-using-robotic-animals-to-learn-about-real-ones-180979017/