Kontent qismiga oʻtish

Kioto universiteti

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Kioto universiteti
yaponcha: 京都大学
Asos solingan sanasi 1897-yil
Prezidenti Nagahiro Minato
Talabalari 22,426

Kioto universiteti (yaponcha: 京都大学) – Yaponiyadagi yetakchi va ikkinchi qadimiy milliy universitetlardan biri. 1897-yil Yaponiya imperatori farmoniga muvofiq, fizika-matematika va muhandislik kolleji sifatida tashkil etilgan. Filologiya, pedagogika, huquq, iqtisod, tabiiy fanlar, tibbiyot, farmatsevtika, qishloq xoʻjaligi, muhandislik boʻyicha mutaxassislar tayyorlaydi. Kioto universitetida oʻnta bakalavriat uchun, oʻn sakkizta aspirantura uchun fakultetlar va oʻn uchta ilmiy tadqiqot institutlari tashkil qilingan. Kioto universitetida 16 mingdan ortiq talaba taʼlim oladi[1]. Osiyodagi universitetlar orasida eng koʻp Nobel mukofotiga sazovor boʻlgan universitetdir.

Kioto universitetining taʼlim va tadqiqot faoliyati Kiotodagi uchta asosiy kampusda olib boriladi. Bular: Yoshida, Uji va Katsura kampuslaridir. Kampuslarning har biri universitet ilmiy faoliyatida alohida ahamiyatga ega. Kioto universiteti kampuslari boʻylab tarqalgan kutubxonalar tarmogʻi 40 dan ortiqdir[2]. Universitet kutubxonasi 7,49 milliondan ortiq kitoblar toʻplamiga ega[3] va bu uni mamlakatdagi ikkinchi yirik universitet kutubxonasi ekanligining isbotidir[4]. Ushbu kampuslardan tashqari, universitet mamlakat boʻylab taʼlim va tadqiqot obyektlari va yerlarga egalik qiladi[5].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. „Kyoto University Library Network“. www.kulib.kyoto-u.ac.jp. Qaraldi: 2024-yil 11-fevral.
  3. „蔵書数等“ (ja). Kyoto University. Qaraldi: 2024-yil 11-fevral.
  4. „図録▽大学図書館蔵書数ランキング“. honkawa2.sakura.ne.jp. Qaraldi: 2024-yil 11-fevral.
  5. „大学の施設“ (ja). Kyoto University. Qaraldi: 2024-yil 11-fevral.