Kontent qismiga oʻtish

Dorothy Olsen

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Dorothy Olsen
Tavalludi
Dorothy Eleanor Kocher

10-iyul 1916-yil (1916-07-10) (108 yosh)
Vafoti 23-iyul 2019-yil(2019-07-23)
(103 yoshda)
Washington
Fuqaroligi AQSh
Otasi Ralph Chiston Kocher

Dorothy Olsen (qizlik familyasi: Kocher; 1916-yil 10-iyul – 2019-yil 23-iyul) – amerikalik uchuvchi va Ikkinchi Jahon urushi davrida AQSh harbiy-havo kuchlari ayol uchuvchilar boʻlimi (WASPs) aʼzosi boʻlgan. Olsen Oregon shtatining Woodburn shahrida tavallud topgan va aynan shu shahardagi oilasiga tegishli boʻlgan fermada yoshlik davrini oʻtkazib shu yerda ulgʻaygan. Uni yoshligidan aviatsiyaga va uchuvchilikka qiziqishi yuqori boʻlgan. 1939-yilda ayollarning uchuvchi boʻlishi odatiy holga aylangan paytda uchuvchilik guvohnomasini, qoʻlga kiritgan. 1943-yilda Olsen yangi tashkil etilgan WASPlarga davlat xizmatichisi (xodimi) sifatida ishga tayinlangan. Texasdagi mashgʻulotdan soʻng Kaliforniyaning Long-bich shahridagi Sixth Ferrying guruhiga qoʻshiladi va u yerda yangi samolyotlarni ular qurilgan zavodlardan AQSh aviabazalariga yetkazishga koʻmaklashgan. Olsen 20 dan ortiq turdagi harbiy samolyotlarda, jumladan P-51 Mustang va ikki dvigatelli P-38 Lightning kabi yuqori samarali qiruvchi samolyotlarda uchgan, ular bombardimonchilar kabi kattaroq samolyotlardan koʻra afzal koʻrilgan. U ayniqsa P-51 Mustang da uchishni yoqtirgan. Urushdan keyin Olsen uchuvchilikdan nafaqaga chiqqan va Vashington shtatiga koʻchib oʻtgan, u yerda Olsen turmushga chiqgan, oila qurgan va umrining oxirigacha yashagan. 2009-yilda u urush davridagi xizmatlari uchun Kongress oltin medali bilan taqdirlangan. Olsen 2019-yilda 103 yoshida vafot etgan.

Dorothy Eleanor Olsen 1916-yil 10-iyulda Oregon shtatining Portlend shahri yaqinidagi Woodburn shaharchasida Ralf va Frensis (Zimmering) Kocher oilasida tugʻilgan va oilaning kichik fermasida ulgʻaygan[1]. Sakkiz yoshida u „Germaniyaning Qizil Ritsari“ni, Floyd Gibbonsning Birinchi jahon urushi haqidagi uchuvchi Manfred fon Rixthofenning tarjimayi holini oʻqib chiqib, samolyotlarda uchishga qiziqishi ortgan va uchib koʻrishga qaror qilgan[2][3][4]. Olsenning birinchi marotaba parvoz qilganida olgan xissiyotlari uni uchish saboqlarini olishga undagan. Xabarlarga koʻra, parvoz uchun u hamyonidagi bor pullarini sarflab yuborgan.

Oʻrta maktabni tugatgandan soʻng, Olsen qisqa vaqt davomida raqs oʻqituvchisi boʻlib ishlagan. 1939-yilda shaxsiy uchuvchilik guvohnomasini olgan. Xabar qilinishicha, Portlend hududida shaxsiy uchuvchilik guvohnomasiga ega boʻlgan uchta ayoldan biri, Flying Club (u oʻn toʻqqiz erkak orasida yagona ayol uchuvchi boʻlgan) va Civil Air bilan uchgan yagona ayol uchuvchi boʻlgan.

1942-yil sentyabr oyida Nensi Harkness Love boshchiligidagi ayollar yordamchi parom otryadi tuzilgan. Eskadron oʻrtacha 1100 soatlik uchish tajribasi bor boʻlgan, tijorat uchuvchi litsenziyasiga ega ayollarni qoʻshimcha mashgʻulotlar oʻtkazmagan holatda, harbiy samolyotlarni parom qilish uchun yollagan. Xuddi shu oyda Jaklin Kokran boshchiligida Ayollar uchishi boʻyicha oʻquv otryadi tuzilgan. Bu guruh u qadar yuqori tajribaga ega boʻlmagan uchuvchi ayollarni oʻz tarkibiga olgan va ularga Harbiy havo kuchlari oʻquv qoʻmondonligining kursantlar oʻquv dasturi bilan taqqoslanadigan harbiy samolyotlarda uchish boʻyicha qoʻshimcha taʼlim bergan. 1943-yilning yozida bu ikki birlik AQSh harbiy-havo kuchlari ayol uchuvchilar boʻlimini (WASP) tashkil qilish uchun birlashtirilgan. WASPlar davlat xizmati xodimlari sifatida jangovar boʻlmagan uchish amaliyotlarini oʻtkazganlar, jumladan parvoz boʻyicha koʻrsatmalar, planerlarni tortib olish va oʻq otish amaliyoti, muhandislik sinov parvozlarini amalga oshirish va samolyotlarni tashish bilan shugʻullanishgan.