Drew Larman
Tugʻilgan joyi |
15-may 1985-yil Canton, Michigan, AQSH | ||
---|---|---|---|
Boʻyi | 6 ft 3 in (191 cm) | ||
Ogʻirligi | 180 lb (82 kg; 12 st 12 lb) | ||
Pozitsiyasi | markaziy hujumchi | ||
Oʻynagan jamoalari |
Florida Panthers Boston Bruins | ||
Jamoalardagi faoliyat | 2005—2011 |
Drew Robert Larman (talaffuzi: Dryuv Robert Lorman) (1985-yil 15-mayda tugʻilgan) — amerikalik sobiq professional xokkeychi boʻlib, Milliy Xokkey Ligasining (NHL) „Florida Panthers“ va „Boston Bruins“ xokkey jamoalarida 26 ta oʻyin oʻtkazgan.
Oʻyin faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yoshligida Drew Larman 1999-yilda Quebecdagi Xalqaro Pee-Wee xokkey turnirida Detroit Honeybaked kichik xokkey jamoasi bilan oʻynagan[1].
Shundan soʻng, Drew Larman 2005-yilda OHLda Sarnia Sting va Memorial Kubogi chempionligini qoʻlga kiritgan „London Knights“ xokkey klubi bilan faoliyatini davom ettirdi.
2005-yil 25-sentyabrda Larman „Florida Panthers“ xokkey klubi bilan erkin agent sifatida shartnoma imzoladi. Drew Larman oʻzining professional debyutini 2005—2006-yilgi mavsumda „Panthers“ xokkey klubi filiallari, ECHLning „Florida Everblades“ va AHLning „Rochester Americans“ xokkey klublari bilan oʻtkazdi.
Drew Larman oʻzining NHLdagi debyutini keyingi 2006—2007-yilgi mavsumda „Panthers“ jamoasi bilan 16 ta oʻyinda oʻtkazdi.
2009-yil 13-iyulda Larman „Boston Bruins“ xokkey klubi bilan bir yillik shartnoma imzoladi[2]. Drew Larman 2009—2010-yilgi mavsumni AHLda „Providence Bruins“ xokkey klubi shoʻbasi bilan boshlash uchun tayinlandi. Sinov oʻyinlarida Larman „Providence“ xokkey klubi bilan 55 oʻyinda oʻzining hisobiga 6 gol va 12 ochko qoʻshib oldi.
Erkin agent sifatida va NHLga unchalik qiziqmagan Drew Larman 2010-yil 11-noyabrda oʻzining birinchi professional klubi „Florida Everblades“ xokkey klubi bilan ECHLda bir yillik shartnoma imzoladi. Larman „Everblades“ klubi bilan 57 ta oʻyinda maydonga tushdi va 2010—2011-yilgi mavsum yakunida oʻzining professional xokkeychilik faoliyatini yakunladi.
Xokkeydan keyin
[tahrir | manbasini tahrirlash]Drew Larman hozir Florida shtatining Fort-Myers shahrida yoga oʻqituvchisi boʻlib ishlaydi[3].
Faoliyat statistikasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Muntazam mavsum | Pley-off oʻyinlari | |||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Mavsum | Klub | liga | O'yin | Gol | Golli uzatma | Ochko | Penalti | O'yin | Gol | Golli uzatma | Ochko | Penalti | ||
2002—2003 | Sarnia Sting | OHL | 67 | 4 | 14 | 18 | 25 | — | — | — | — | — | ||
2003—2004 | Sarnia Sting | OHL | 68 | 9 | 18 | 27 | 13 | 5 | 0 | 1 | 1 | 0 | ||
2004—2005 | Sarnia Sting | OHL | 12 | 2 | 0 | 2 | 6 | — | — | — | — | — | ||
2004—2005 | London Knights | OHL | 58 | 11 | 10 | 21 | 28 | 18 | 3 | 4 | 7 | 8 | ||
2005—2006 | Florida Everblades | ECHL | 6 | 0 | 0 | 0 | 4 | 8 | 4 | 2 | 6 | 4 | ||
2005—2006 | Rochester Americans | AHL | 44 | 7 | 8 | 15 | 24 | — | — | — | — | — | ||
2006—2007 | Rochester Americans | AHL | 54 | 17 | 11 | 28 | 35 | — | — | — | — | — | ||
2006—2007 | Florida Panthers | NHL | 16 | 2 | 0 | 2 | 2 | — | — | — | — | — | ||
2007—2008 | Rochester Americans | AHL | 54 | 10 | 12 | 22 | 44 | — | — | — | — | — | ||
2007—2008 | Florida Panthers | NHL | 6 | 0 | 1 | 1 | 2 | — | — | — | — | — | ||
2008—2009 | Rochester Americans | AHL | 61 | 10 | 13 | 23 | 40 | — | — | — | — | — | ||
2009—2010 | Providence Bruins | AHL | 55 | 6 | 6 | 12 | 26 | — | — | — | — | — | ||
2009—2010 | Boston Bruins | NHL | 4 | 0 | 0 | 0 | 0 | — | — | — | — | — | ||
2010—2011 | Florida Everblades | ECHL | 57 | 3 | 8 | 11 | 30 | 4 | 0 | 2 | 2 | 2 | ||
Jami | 26 | 2 | 1 | 3 | 4 | — | — | — | — | — |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Pee-Wee players who have reached NHL or WHA“. Quebec International Pee-Wee Hockey Tournament (2018). 6-mart 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 13-fevral 2019-yil.
- ↑ „Bruins sign four players“. Boston Bruins (13-iyul 2009-yil). 2009-yil 16-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 13-iyul 2009-yil.
- ↑ „DREW - The Shiva Yoga Shala“. theshivayogashala.com. 2016-yil 14-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan.