Dumpalma
Qiyofa
Dumpalma | ||
---|---|---|
Biologik klassifikatsiya | ||
|
Dumpalma (Hyphaene) – palmadoshlar oilasiga mansub oʻsimliklar turkumi. 30 dan ortiq turi bor, ayniqsa, Afrikada, MARda koʻp tarqalgan. Shoxshabbasi keng yoyilgan. Barglari shoxlarining uchida yelpigʻichsimon joylashgan. Toʻpguli kuchalasimon, gullari ayrim jinsli, sargʻish yoki qizil. Mevasi danakli, eti yumshoq, shirin. D.ning mashhur turlari: asl dum-palma (N. thebaica) va dasht dum-palmasi (N. coriacea). Asl D. Misrning daryo sohillaridagi oʻrmonlarda, dasht D.si esa Sharqiy Afrika savannalarida, Madagaskar orolida oʻsadi, ular tropik mamlakatlarda koʻplab ekiladi. Bargidan savat, boʻyra va chipta toʻqiladi hamda toʻshaklarga solinadi.
Adabiyot
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |