Durxonim Rahimova
Durxonim Rahimova | |
---|---|
Tavalludi |
1923-yil Xorazm qishlogʻi, Xonqa tumani, Xorazm viloyati |
Vafoti | 1970-yil (47 yoshda) |
Fuqaroligi | SSSR |
Kasbi | Qishloq xoʻjaligi xodimi, paxtakor |
Unvoni | |
Mukofotlari |
Durxonim Rahimova (1923-yil, Xorazm qishlogʻi, Xonqa tumani, Xorazm viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR — 1970-yil, Xonqa tumani, Xorazm viloyati, Oʻzbekiston SSR) — paxtakor, Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1957), KPSS a'zosi (1946)[1].
Tarjimayi holi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Durxonim Rahimova 1923-yili Xonqa tumani, Xorazm qishlogʻida tavallud topgan. Xonqa tumanidagi „Xorazm“ kolxozida buxgalter (1940—1948), zveno (1949—1955), brigada boshligʻi (1956—1957), rais (1957—1967), qishloq soveti raisi (1967—1970) boʻlib ishlagan. 5-chaqiriq Oʻzbekiston SSR Oliy Soveti deputati (1959—1962) etib saylangan. Rahimova boshliq brigadada 50 gektar maydonning har bir maydonidan 50 sentner paxta yetishtirilgan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ OʻzSE 1977, s. 207
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oʻzbek Sovet Ensiklopediyasi, IX tom, Toshkent: OʻzSE Bosh redaksiyasi, 1977 — 656-bet.