Dwight D. Eisenhower
Qiyofa
Dwight D. Eisenhower | |
---|---|
Tavalludi | 14-oktyabr 1890[1][2] |
Vafoti | 28-mart 1969[1][2] |
Fuqaroligi | AQSh |
Otasi | David Jacob Eisenhower |
Onasi | Ida Stover Eisenhower |
Imzosi | |
Dwight David Eisenhower (talaffuzi: Duayt Devid Eyzenhauer; 1890.14.10, Denison, Texas shtati — 1969.28.3, Vashington) — AQShning 34-prezidenti (1953—61). Respublikachilar partiyasidan saylangan. Armiya generali (1944). Ittifoqchilarning Gʻarbiy Yevropadagi ekspeditsion qoʻshinlari oliy bosh qoʻmondoni (1943-yil, dekabr); AQShning Germaniyadagi okkupatsion qoʻshinlari qoʻmondoni (1945-yildan); NATO qurolli kuchlari oliy bosh qoʻmondoni (1950—52). Eisenhower 1961-yil harbiysanoat kompleksi taʼsirining kuchayishi xavfini oldini olishga chaqirgan. AQSH hukumatining Yaqin va Oʻrta Sharqdagi tashqi siyosatini ifodalovchi Eyzenxauer doktrinasi tashabbuskori[3].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |