Echoes of Silence – kanadalik qoʻshiqchi The Weekndning XO tomonidan 2011-yil 21-dekabrda chiqarilgan uchinchi miksteypidir[2]. Oʻzining debyut miksteypi House of Balloons va ikkinchi miksteypi Thursday kabi, The Weeknd musiqachi Illangelo bilan hamkorlik qildi; loyihaning aksariyat qismini ushbu ijodkor ishlab chiqargan[3]. Loyihada, shuningdek, Clams Casino va DropXLife prodyuserlari bilan birinchi marta hamkorlik qilish va repper Juicy J ning ogʻzaki nutqi bor boʻlgan interlude mavjud[4]. Lirik jihatdan Echoes of Silence The Weekndning avvalgi loyihalariga oʻxshash mavzularni oʻz ichiga oladi, uning giyohvand moddalarni isteʼmol qilishi va sevgi bilan bogʻliq kechinmalar bor. Loyihadan oldin 2011-yil 10-oktabrda „Initiation“ promosingli chiqdi[5].
Postpank va trip-hop elementlaridan iborat alternativ R&B va ambient-pop loyiha – Echoes of Silence keng koʻlamli olqishlarga sazovor boʻldi[6]. U 2012-yilgi Polaris musiqa mukofoti uchun nomzodlar longlistiga kiritilgan[7]. Echoes of Silence keyinchalik Trilogy (2012) kompilyatsiya albomining bir qismi sifatida tijoriy ravishda chiqarildi va „Till Dawn (Here Comes the Sun)“ bonus trekini oʻz ichiga oldi. Uning oʻn yilligi munosabati bilan asl mikslar illyustrator Hajime Sorayama tomonidan ishlab chiqilgan cheklangan nashrlar qatori bilan birga chiqarildi[8]. 2021-yil 21-dekabrda yuqorida tilga olingan illyustrator rejissyor sifatida „Echoes of Silence“ treki uchun klip chiqardi[9].
Echoes of Silence tanqidchilar tomonidan olqishlandi. Metacriticda, asosiy nashrlarning sharhlariga 100 tadan meʼyorlashtirilgan reyting beradigan nashrda, miks 17 ta sharhga asoslanib, oʻrtacha 82 ball oldi.